Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

TERI FIZIOLOG1YASI 
Teri — odam badanini tashqaridan qoplagan a'zo. U organizmni hiraoya qiladi va 
turli fiziologik faoliyatlarni bajaradi. 
Terming sathi odamning bo‘yi yoshi, jinsiga,qarab 1,5-2 m
2
chamasida, o‗rta 
hisobda— 1,73 m2. U epidermis, derma va teri osti yog` qavatlaridan iborat. Teri qon, 
limfa tomirlarga va nerv uchlariga boy. Organizmning barcha a‘zo va tizimlari bilan 
aloqador. Teri himya, sezuvchi, chiqaruv, nafas, so'rish, tana haroratini idora qilish, 
almashinuv qonning qayta taqsimknish jarayonlarida ishtirok etadi. 
Terming himoya faoliyati ko‗p qirrali. U mustahkam bo'lganidan organizmni 
shikastlovchi mexanik tasirotlardan saqlaydi. Teri infraqizil, ultrabinafsha va ma‘lum 
miqdorda radioaktiv nurlarni o'tkazmaydi Kimyoviy moddalar uchun ham ishonchli 
to`siq. Shikastlanmagan teri orqali mikroblar о‘ta olmaydi. Teri yuzasida lizotsim, olein 
kislota va boshqa bakteritsid moddalar bolib, unga tushgan mikroblar 15—30 daqiqada 
o‗ladi. 
Teri organizmni tashqi muhit bilan bog'lovchi juda katta retseptiv soha, organizmning 
og

riqqa, issiq-sovuq javob reaksiyalari teridagi turli retseptorlar ishtirokida yuzaga 
chiqadi Teri retseptorlarim qo`zgatib, maxsus teri reflekslarini paydo qilish mumkin. Bir 
necha xil teri sezgilari tafbvut qilinadi Og‘riqga sezgir retseptorlarini mexanik, termik, 
elektrik, kimyoviy ta‘sirlanishi natijasida yuzaga chiqadi. Haroratni sezish issiq va 
sovuqni sezuvchi retseptorlaniing qo'zg‘alishiga bog‘liq. Merkel disklari, tuk follikullari 
qo'zg‘alsa, tegish seziladi (taktil sezgi). Teridagi retseptorlarning o

ta qo'zg‘alishi 
og‘riqni paydo qiladi. 
Teri retseptorlaridan vujudga keladigan shartsiz va shartli reflekslar organizm 
faoliyatida muhim rol o'ynaydi. Bu retseptorlardan markaziy nerv tizimiga boradigan 
afferent impulslar skelet muskullari tonusini ta‘minlaydi. Xilma-xil turi muskul 
reflekslari 
harakatlarni a\tomytik ravishda aniq bo`lishi uchun muhim. Juda ko

p teri-nafas, teri- 
tomir
?
teri-ichki a‘zo reflekslari mavjud. 
Og'riq retseptorlarining qo

zg‘alishi gipofiz, buyrak usti bezlaridan gormonlar 
ajralishini o

zgartirib, butun organizm faohyatiga ta‘sir ko

rsatadi. 
Odamning terisi orqali bir kechayu kunduzda 7,0—9,0 g C02 ajratilib, 3,0-—‘,0 r 
kislorod o'zlashtiriladi. Bu miqdor gaz almashinuvining 2% iga teng. Teri orqali 
olinadigan nafas issiq haroratda, ovqat yeyilganidan keyin, jismoniy ish vaqtida va 
boshqa sharoitlarda jadallashadi. 
Teri orqali ba‘zi moddalar, xususan yog‘ni erituvchi va yog

da eruvchi moddalar, 
qonga o

tishi (so

rilishi) mumkin. Moddaning teri orqali so

rilishi uning tabiati. 
konsentratsiyasi, eruvchanligiga, terming holatiga va boshqa omillarga bog‘liq. 
Teri modda almashinuvida ancha keng ishtirok etadi. Gazlar almashinuvidan tashqari, 
oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar almashinuvida muhim rol o'ynaydi. Boshqa 
a‘zolarga nisbatan teri tez va ко
й
р miqdorda suv yig'adi va qonga ajratadi, teri orqali 
yo

qotiladigan suv nafas bilan chiqariladigan suv miqdoridan ikki baravar ko

p. Tuzlar 
muvozanatida ham terming ahamiyati katta. Teri melanin ishiab chiqarib, pigmentlar 
almashinuvida ishtirok etadi. 
Terming ajratuv faoliyati juda katta fiziologik ahamiyatga ega. Bu faoliyat ter va yog

bezlarming mahsulot ajratishidan iborat Yog‘ bezlari tarkibiga xolesterin, yog

kislotalari 


244 
va boshqa yog'simon moddalar, jinsiy gormonlar, kazein va tuzlar kiradigan sekret, 
ishiab, ajratadi. 
Ter bezlari mahsuloti bo'lmish ter modda almashinuvi qoldiqlarini chiqarib tashlashda 
malum ahamiyatga ega. Ter ta‘mi sho

r bo`lgan. rangsiz tiniq suyuqlik. Xona haroratida 
katta yoshli odam bir kunda ‗00—600 ml ter ajratadi. 98— 99% i suv, tarkibida 
siydikchil, siydik kislota, ammiak, 
oz miqdorda oqsil va erkin aminokislotalar, xolesterin, sovunlar, glyukoza
vitaminlar, biogen aminlar, steroid gormonlar uchraydi. Kationlardan ter bilan ko


miqdorda natriy, kaliy, malum miqdorda magniy, kalsiy, anionlardan xlor, fosfor va 
karbonat kislotalarming qoldig‘i ajraladi. Terming faol reaksiyasi kuchsiz kislotali. 
Ter odam va ba‘zi hayvonlar uchun issiq sharoitda tana harorati barqarorligini 
saqlashning asosiy omilidir. 
Odatda ter issiqni sezuvch termoretseptorlarning issiq havo, issiq ovqat va 
suyuqliklar, achchiq ovqatlar (qalarnpir) ta‘sirida qo

zg‘alishi natijasida reflektor yoi 
bilan ajraladi. Organizmda hosil bo`lgan issiqlik miqdorining oshishi ham (jismoniy 
mehnat, isitmalash) terlashni jadallashtiradi. Bundan tashqari hissiyotlarga (qo

rqish, 
hijolat bo`lish va h. k.) bog‘liq terlash o

z xususiyatlariga ega. 
Ter bezlaraing efferent nervlari simpatik nervi tizimiga mansub. Ammo, ularning 
uchlaridan atsetilxolin ajraladi. Shuning uchun atsetilxolin va xolinomimetik moddalar 
ter ajralishini tezlashtiradi, atropin esa tormozlaydi. 
Adrenalin ham uzoq davom etuvchi ter ajralishiga olib keiishi mumkin. Balki ter 
bezlarini adrenergik tolalar ham nervlar. Terlashni boshqarishda ishtirok etadigan 
neyronlar markaziy nerv tizimining hamma pog‘onalarida joylashgan. 
Yuqori haroratda ter miqdori odatdagi 0,‘—0,6 1 dan 10—12 у a gacha ko

shvishi 
mumkin Agar bu sharoitda jnsmoniy ish bajarilsa, terlash bundan ham jadallashadi. 
Issiq joyda uzoq vaqt bo`lish, issiq iqlimda uzoq vaqt yashash organizmni shu 
sharoitda, moslashtiradi. Bu, vahtda organizmdagi boshlia o'zgarishlar bilan bir qatorda, 
ter ajratish ancha kamayadi, terda organik va anorganik moddalar miqdori kamayib, 
suyuqlashadi. 
Yuqori haroratda ko

p mihdorda ajralgan terdagi suv teri yuzasidan bug‘ larnb, 
issiqlik yo'qotishini ta‘minlaydi. Atmosfera havosi harorati tana haroratidan yuqori 
bo`lgan sharoitda bu jarayon fizikaviv issiqlikning. boshqarishning yagona yoli bolib 
holadi. 
Yilning issiq faslida ter ajralishining bu xususiyatini e‘tiborga olish zarur. Yetarli 
miqdorda suv ichish, ter bilan yo‗qotilgan tuzlar va vitaminlar o'mini ovqat hisobiga 
toldirib turish kerak. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling