Muqaddima
ANALIZ AT ORLAR FIZIOLOGIYASI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
ANALIZ AT ORLAR FIZIOLOGIYASI
Tirik organizm o‗z hayotini va turini davom ettirish, xavf-xatarlardan o'zini himoya qilish, maqsadiga erishish uchun vaqt va fazoni, tashqi muhitning asosiy xossalarini yaxshi his etishi zarur. Sensor tizimlar (analizatorlar) ana shunday imkoniyatni yaratadi Sensor tizimning tuzilishi sodda yoki murakkab bolishiga qaramay, uning tarkibida kamida quyidagi uch qism ajratiladi: 1) ta‘sirotlarni qabul qiluvchi, ixtisoslashgan retseptor neyron; 2) retseptor neyronlar biriigi (bloki) yoki bir guruh birliklardan kelgan malumotlarni qabul qiluvchi birlamchi markaz; 3) birlamchi markazlardan olgan malumotlarni qabul qiluvchi bitta yoki bir nechta ikkilarnchi va birlashtiruvchi markazlar. Yuqori darajada rivojlangan organizmlarda birlashtiruvchi markazlar bir- 245 biriga boglangan. Ularning o'zaro munosabatlari natijasida ichki va tashqi muhit o‗zgarishlari idrok etiladi. Sensor tizim faoliyati ta‘sirotlarni retseptorlar qabul qilish! bilan boshlanadi Ixtisoslashgan retseptorlar fizikaviy omillarni (nur, tovush, issiqlik, bosim va boshqalarni) harakat potensialiga aylantiradi. Bu harakat potensiallari yoki nerv impulslari malum sezgini shakllovchi markazga tizatiladi. Markazga yetib kelgan impulslardan malumot olinadi, markazga impulslar yetib kelishining o'ziyoq mazkur sensor tizimga daxldor o`zgarish ro'y berganidan xabardor qiladi. Markazga o‗tkazilayotgan impulslar tezligi rag‘bat kuchi va his qilina$ r otgan jismning katta-kichikligini ifodalaydi. Masalan, gulni ko'rganimizda uning rang!, shakli, katta- kichikligini va ungacha bo`lgan masofani baholaymiz. Bu maliraiotlar birlamchi markazdan ikkilarnchi va integrativ (birlashtiruvchi) markazlarga olkaziladi va ularda his qilinayotgan narsa to'grisida fikr shakllanishi davom etadi. Integrativ markaalarda bu malumotlarga qo'shni markazlardan kelgan va xotiradagi malumotlar qo'shiladi, shunda narsa, voqeani his etish mujassamlashadi. Iviasalan, o'sha gul to ‘ g s risida ko'ruv analizatori orqali olingan malumotlarga hid bilish analizatori orqali olingan malumotlar qo‗shiladi. Gul to`g‗risidagi tuyg‘n toliqlashadi, shu gulni ilgari ko'rilgan gullarga taqqoslash mumkin bo`ladi, Odam nur, tovush, ta‘m, hid. paypaslash, yeming tortish kuchi, hamratni sezadi. Bulardan tashqari, uncha yaqqol bo'lmagan hissiyotlar yordamida organizm qol- oyoqlarning fazodagi va tanaga nisbatan xolatini nazorat qilish, natijada qoqilmasdan yurish, bumita tegmoqchi bolganda, ko'zga qol tiqib olmasllk imkoniyatga ega. Sezgilarning hammasi vaqt to‗grisida malumot beradi, ta‘sirot qachon paydo bolgani va qancha vaqt davom etganini bildiradi. Ko ‘ ruv, eshituv, hid bilish va taktil sensor tizimlar, bundan tashqari ta‘sirot manbaining fazodagi o'rni to ‘ g'risida axborot yetkazadi Sensor tizimlarning har biri qabul qilinadigan signalning bitta yoki bir nechta xossasini ajratadi, Masalan, ko'ruv analizatori yordamida rang va yoruglik sezilsa, ta‘m bilish analizatori achchiq, nordon, shirin, sho'mi sezish imkonini beradi. Sensor tizimlar bularni bir-biridan ajratgan holda sezishi, har qaysisini ajratishga ixtisoslashgan retseptor mavjudligidan dalolat beradi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling