Muqaddima
OLIY NERV FAOLIYATINING SHIKASTLANISHLARI NEVROZLAR
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
OLIY NERV FAOLIYATINING SHIKASTLANISHLARI NEVROZLAR
Ko'pgina asab kasalliklarining asosiy sababi markaziy nerv tizimida qo ‘ zg ‘ alish va tormozlanish jarayonlarining buzilishiga bog‘liq. Bu xulosaga kelishda tajribada nevrozlarni o ‘ rganishning roli katta boldi. Tajribada nevroz chaqirish uchun qo ‘ zg‗alish yoki tor- mozlanish jarayonlarining kuchini haddan tashqari oshirib yuborish yoki bujarayonlarni to ‘ qnashtirish kerak. Qo'zg'alishnmg juda kuchayib ketishi qanday salbiy oqibatlarga olib bo`lishini 192‘ yildagi Leningradda suv toshqinidan keyin tirik qolgan Tajriba tibbiyoti ilimgohi (Institut eksperimentalnoy meditsinn) itlarida yaqqol ko'ringan. Toshqindan oldin bu itlarda mavjud bo`lgan mustahkam shartli reflekslar vivariy yertolasini suv bosganidan so ‘ ng yuqolib ketgan. Ikki-uch oydan keyin shartli reflekslarning tiklanishiga erishilgan. Ammo, it oqayotgan suvning tovushini eshitishi bilanoq, bu shartli refleks yana buzilgan. Tormozlanish o ‘ ta zo'riqishning oliy nerv faoliyatiga ta‘sirini tajribadagi itdan bir- biriga juda yaqin bo`lgan shartli ta‘sirotlarni farqlash talab qilinganida kuzatish mumkin. Shartli reflektor faoliyatning buzilishini, nevrotik holat yuzaga kelishini musbat shartli signalni manfiyga aylantirishda, stereotiplar buzilganda ham kuzatish mumkin. Qo ‘ zg ‘ alish va tomiozlanish jarayonlarining MNTda to'qnashishi ham nevrozga olib keladi. Tajribaviy sunly nevrozlar birinchi marta shu yol bilan I. P. Pavlov la- boratoriyasida paydo qilingan. Masalan, maymunlarda shartli reflekslarni paydo qilish jarayonida ovqat beriladigan idish tagiga yasama ilon qo ‘ yib qo ‘ yish hayvonlarni nevroz holatiga olib kelgan. Kundalik hayotimizda bunga o ‘ xshagan «to ‘ qnashishlar» ko ‘ p uchrab turadi. Nevrozga ko ‘ proq xolerik va melanxoliklar uchraydi. Ruhiy iztiroblar, hayotdagi qiymchiliklar, surunkali charchash, asab buzilishlari unga sabab bo`lishi mumkin. Nevrotik holat faqat oliy nerv faoliyatining buzilishi shaklida emas, balki xilma-xil vegetativ o'zgarishlar shaklida ham namoyon bo`ladi. Arterial qon bosimining ortishi, hazm shiralari ajralishining buzilishi, gormonal boshqamvdagi o ‘ zgarishlar ana shular jumlasidandir. Tajribaviy nevrozlarni o'rganish gipertoniya va me‘da yarasi kasalliklari, erta qarish va boshqa hoiatlarning kelib chiqish mexanizmlar ini tushunishda yordam beradi. Nevrozni davolashda dori-darmonlardan tashqari, tinch vaziyatda uzoq dam olish, to ‘ yib uxlash kerak. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling