Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
UYQUNING BUZILISHLARI AQSh kongressining aholi uyqusini baholash maxsus komissiyasining rasmiy ma‘lumotlariga kola, faqat birgina AQSh ning o'zida ‗0 millionga yaqin odamda uyquning turli buzilishlari kuzatilar ekan. Uyqusirash odamni ojiz qilib qo'yadi va fojialarga sabab bo`ladi. Avtomobil halokatlarining 10% ga yaqini uyqusirashdan kelib chiqadi. Kam uxlash va qattiq charchash uyqusirashga sabab bo`ladi. Kam uxlash jamiyatning hayot tarziga bog ‘ hq. Hozirgi kunda aholining ko ‘ p qismi (yoshidan qatiy nazar) asr boshidagiga nisbatan 1,5—2 soat kam uxlaydi. Hayotning jadalligi, MNT ga behisob axborotlar yog ‘ ilishi miriqib uxlashga xalaqit beradi. Natijada odam to ‘ yib uxlarnaydi, uyqu qarzdorligi rivojlanadi. Uyquga to ‘ ymaslik natijasida yuzaga chiqqan jismoniy va aqliy ish faoliyatining susayib ketishini birinehi galda uyqu yordamida davolash mumkin. Yetarli miqdorda uxlab, uyqu qarzdorligidan qutulish kerak. Mutaxassislar uyqu buzihshining 15 dan ko ‘ p turmi ajratadilar. Ulardan eng xavflisi — uxlab yotganda vaqti bilan nafasning to ‘ xtab qohshidir. Bu holat emizikli bolalarda ko ‘ proq uchraydi, bolalarning to ‘ satdan o ‘ hb qoli- shiga sabab bo`ladi. Odamning doimo uyqusirab yurishi, uyquga to ‘ ymashgi narkolepsiya deyiladi. Muttasil uyqusizlik (insoniya) odamning sillasini quritadigan, esankiratadigan, ish qobiliyati yo ‘ qolishiga olib keladigan og ‘ ir xastalik. Uyqu buzilishlariga katta ijtimoiy muammo, deb qarash ularni o ‘ rganish va davolashga yetarli ahamiyat berish kerak, TUSH KO‘RISH Uyquda malum taassurot va obrazlarni idrok etish holati ko ‘ p uchrab turadi. Ongning o ‘ ziga xos bu holati tush ko ‘ rish deyiladi. Tush ko ‘ rish uyquning tez davrida sodir bo`lishi uning 302 po ‘ stloq hujayralari faolligi natijasi ekanini ko ‘ rsatadi. Bu faollikni doimo mavjud bo`lgan kuehsiz ta‘sirotlar (xonaning isib yoki sovib ketishi, to'shak ostidagi narsaning botishi, tovushlar, chanqash va boshqalar) kuchaytiradi. Ular turli tuyg ‘ ularni yuzaga chiqaradi, bu tuyg'ular ko'rilayotgan tushga aralashib ketadi. Tushning mavzusi ongda birin-kefm namoyon bo`ladigan ko‗ruv va eshituv obrazlaridan iborat. I. P. Pavlovning fikricha, tush ko'rishning asosi awal kechirgan qo ‘ zg ‘ alishlarning uyqu vaqtida o ‘ ziga xos faollikda bo`lgan po‗stloq hujayralarida qayta tiklanishidir. Ma‘lumki, ko‗rgan- eshitganimiz po'stloq hujayralarida qayd qilinadi, izsiz yo'qolib ketmaydi, nerv tizimida iz qoldiradi Bedorlik holatida bu izlar paydo qiladigan qo ‘ zg ‘ alishlar ko ‘ pincha tormozlangan bo`lib, faqat eslaganda tormozlanishdan chiqishi mumkin. Uyqu vaqtida bu iz qo"zg ‘ alishlarnmg toraiozlarnshdan chiqishi osonlashadi, ularning kuchi shunchalik ortadiki, tushimizda- bo fi lib oigan voqealarni bevosita ko'rayotgandek bo`larniz. Tush ko'rishga boshdan kechirilgan voqealar izlarimng miyada qayta tiklanishi asos bo`lishini ba‘zi dalillar isbotlaydi. Masalan, koV bo`lib tug ‘ ilgan bola tushida hech qachon ko ‘ ruv obrazlarni ko‗rmaydi. Es-hushini tanib olgandan keyin ko ‘ r bo`lgan odamning tushida ko ‘ ruv obrazlar namoyon bo`ladi. Tushda awal boshdan kechirilmagan, ko'ril- magan, eshitilmagan hodisalar uehramaydi. Bo`lib o ‘ tgan hodisalar izining markaziy nerv tizimida- tiklanishi turli xarakterga ega bo`lishi mumkin. Ba‘zan tushda o'tgan hodisalarning vaqtdagi va fazodagi tartibi saqlanib qoladi. Ko'pincha tushda ancha ilgari sodir bo`lgan hodisalar kechagi-bugungi hodisalarga aralash-quralash bo`lib ketadi. Masalan, tushda ko ‘ p yillar oldin oiib ketgan odamni yaqinda tugilgan bola bilan ko ‘ rish mumkin. Tushda umuman ko ‘ rilmagan odam yoki tabiatda uchramaydigan hayvon qiyofasini, boshdan o'tmagan hodisalarni ham ko ‘ rish mumkin, degan fikr bor. Ammo, bu fikr haqiqatdan uzoq. Sinchiklab tekshirilsa, tushda ko'rilgan notanish odam yoki antiqa hayvon haqida qayerdadir o ‘ qilgani, kim bilandir gaplashilgani. bo`lmagan hodisani odam xayolidan o ‘ tkazgam ma‘lum bo`ladi. GIPNOZ Gipnoz uyquga yaqin o ‘ ziga xos holat. Bu sun‘iy holat odam yoki hayvonga boshqa odam tomonidan faol ta‘sir qilish yo`li bilan paydo qilinadi. I. P. Pavlovning fikricha. gipnotik holatning rivojlanishi tormozlanish jarayonining miya po ‘ stlog ‘ iga yoyilishi natijasidir. Gip- noz va uyqu bir xil sharoitda yuzaga chiqadi. Uyquga o ‘ xshab, gipnozni kuehsiz, ritmik ravishda takrorlanadigan ta‘sirotlar yuzaga chiqaradi. Gipnozga odatda uyqu chaqiradigan shartli ta‘sirotlarni («uxlang, uxlang» degan so ‘ zni) qayta-qayta takrorlash bilan erishiladi. Gip- nozning uyqudan farqi shundaki, gipnoz vaqtida gipnotik ya‘ni, gipnoz qilinayotgan odam bilan gipnozchi ya‘ni, gipnoz qiluvchi shaxs o'rtasida nutq orqali aloqa saqlanib qoladi. Gipnozda uch davr ajratiladi: 1) mudrash davri, bu vaqtda gipnotik gipnozchining gapiga qarshilik ko ‘ rsatib, ko'zlarini ochishi mumkin; 2) yuzaki uyqu davri —gipnotik gipnozchining ishontirishiga qarshilik ko ‘ rsata olmaydi, ko ‘ zlarini ocha olmaydi; 3) somnambulizm, chuqur uyqu davri, gipnotik gipnozchiga butunlay bo ‘ ysunadi va bo`lgan hodisalarni eslab qolmaydi. Gipnozga moyillik odamning yoshL jinsi, sabmatligi, charchaganligi, idroki va boshqa shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq. Gipnoz vaqtida gipnozchi gipnotikning ongiga ta‘sir o'tkazadi, uning xohishi bilan hisoblashmasdan, o‗zi xohlagan narsaga ishontiradi. Gipnoz ming yillar davomida qo`llab kelinayotganiga qaramay, uning mexanizmlarida ko'pgina noanihliklar bor, gipnoz nazariyasi hozirgacha toia ishlab chiqilmagan. Psixologiya nuqtai nazaridan, gipnoz odam idrokining taslim bo`lishi va gipnozchining buyraqlarim ko ‘ r-ko ‘ rona bajarishidan iborat, Gipnoz vaqtida odanming oliy nerv faoliyati keskin o'zgaradi, uni sezgilari o ‘ zgarganiga, jumladan, og ‘ riq yo ‘ qolganiga ishontirish mumkin. Gipnotikka u boshqa yoshdaligini, boshqa 303 kayfiyatdaligini ishontirish va gipnozchi xohlagan xatti-harakatlarni bajarishga majbur qilish mumkin. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling