Muqaddima
OQSILLAR PARCHALANISHI MAHSULOTLARINING SO‘RILISHI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
OQSILLAR PARCHALANISHI MAHSULOTLARINING SO‘RILISHI
Chaqaloqning ichagida parchalanmagan oqsillar, jumladan globulinlar ham pinotsitoz yo‗li bilan qonga o‗tadi, katta yoshli odamlarda oqsil parchalanmasdan deyarli so‗rilmaydi.Awal ular hazm tizimi bo‗shIiqlarida peptik va triptik gidrolizga uchraydi, ichak membranasidagi peptidazalar, aligopeptidlarni aminokislotalarga parchalaydi. Aminokislotalarning so‗rilishini enterotsitlarning apikal membranasidagi to'rtta faol tashilish tizimlari ta‘minlaydi: 1) neytral aminokislotalarning (valin, fenilalanin, alanin) tashish tizimi; 2) asosli aminokislotalarning (arginin, sistein, lizin, omitin) tashish tizimi; 3) dikarbon aminokislotalarning (glutamin va asparagin) tashish tizimi; ‗) aminokislotalarning (prolin va gidroksiprolin) tashish tizimi. Bu tashish tizimlarining faolligi natriy ionlariga qaram bo`lib, energiya manbai sifatida ATF talab qiladi. Ayni bir vaqtning o‗zida so ‘ riladigan aminokislotalar o`rtasida murakkab munosabatlar mavjud. Ba'zi aminokislotalar bir-birining so‗rilishini tezlashtirsa, boshqalari tormozlaydi. Aminokislotalar so ‘ rilishiga ta‘sir qilishi mumkin bo`lgan nerv va gumoral mexanizmlar yaxshi o'rganilmagan. Enterotsit sitoplazmasida aminokislotalar miqdori ortishi natijasida ular bazal membranadan diffuziya yo`li bilan to‗qima suyuqligiga, keyin qonga o'tadi. Aminokislo- talarning bazal membrana orqali enterotsitdan chiqishida boshqa mexanizmlar ham ishtirok etadi. Enterotsitlar so'rilgan aminokislotalarning bir qismini oqsil sintezlashga sarflaydi. Bu oqsil so'rilavotgan yog‗ zarrachalarini ustidan qoplash va xilomikronlar hosil qilish uchun zarur. So‗rilgan aminokislotalar qopqa vena orqali jigarga yetkaziladi. Bu yerda ularning ko ` p qismi albuminlar, globulinlar, qonning boshqa oqsillari sintezlanishi uchun sarflanadi. Qon bilan hamma a‘zolarga keltirilgan aminokislotalar turli to'qima oqsillari, fermentlar, gormonlar va boshqa oqsil tabiatli birikmalarning sintezlanishida ishlatiladi. 201 Aminokislotalarning bir qismi energiya manbai sifatida sarflanishi mumkin, Bu jarayon oqsil yetishmovchiligida tezlashadi. , , Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling