Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
YOG’LARNING SO’RILISHI
202 Neytral yoglar parchalanishi natijasida hosil bo`lgan glitserin va kalta hamda o ‘ rta zanjirli yog ‘ kislotalarning so ‘ rilishi uchun maxsus mexanizmlar kerak emas. Ulаr enterotsit membranasi orqali diffuziyalanib o ‘ tadi. Uzun zanjirda yog ‘ kislotalar va xolesterinni so ‘ rilish ro ‘ y beradigan yuzaga (enterositlarning apikal membranasiga) aralash mitsellalar yetkazadi. Aralash mitsellalar o ‘ t-safro mitsellalari asosida ularga uzun zanjirli yog ` kistotalar, xolesterin va lizoletsitin so'rilishi natijasida hosil bo`ladi Aralash mitsella enterotsit membranasiga to ‘ qnashganida tarkibidagi yog ‘ kislotasi maxsus tashuvchi oqsil molekulasi bilan birikadi va enterotsit ichiga o ‘ tkaziladi. Enterotsitlarning endopmazmatik retikulumida yoglar parchalanishi mahsulotlaridan neytral yog' va fosfolipidlar qayta sintezlanadi. Sintezlangan yog‘ Goldji aparati sohasida oqsillar bilan birikib,xilomikronlar va zichligi juda past bo`lgan, lipoproteinlar hosil qiladi. Bu zarrachalar lateral va bazal membranalar orqali enterotsitdan chiqib, vorsinkaning markaziy limfa tomiriga o'tadi. Yoglar so'rilishini boshqaruvchi mexanizmlar uglevodlar so'rilishini boshqaruvchi mexanizmlardan,deyarli farq qilmaydi. Binobarin, ichak gormonlari sekretin va xolesistokmin-pankreozimin yog‘ so ‘ rilishini tezlashtiradi, deyish mumkin. Limfa bilan umumiy qon aylanishiga tushgan yoglar asosan yog‘ zahiralariga o'ladi va zaruriyatga qarab energiya manbai hamda plastik material sifatida ishlatiladi. Yog‘da eriydigan vitamin (A,D,E,K) va boshqa moddalarning sorilishi yog'ning so'rilishiga bog`liq. Yog ‘ yaxshi so ‘ rilmasa, bularning o ‘ zlashtirilishi kamayib ketadi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling