Muqaddima


UGLEVODLARNING SO‘RILISHI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

UGLEVODLARNING SO‘RILISHI 
Polisaxaridlar va disaxaridlar ingichka ichakda deyarli so'rilmaydi. Ularning 
parchalanishi natijasida hosil bo`lgan va ovqat bilan qabul qilingan monosaxaridlar faol 
va sust tashilish mexanizmlari asosida so'riladi. Molekulyar massasi yaqin bo`lgan 
geksozalar so'rilish tezligi teng emas. Molekulasi kichikroq bo`lgan pentozalar 
geksozalardan sekinroq so‗riladi. Bu maiumotlar ba‘zi monosaxaridlar faol tashiladi, 
boshqalarining so

rilishi sust kechadi degan xulosaga olib keladi. 
Qand faol so

rilishi uchun uning tuzilishi ma‘lum ‘sharoitlarga javob berishi kerak: 1) 
— 
shaklga va ikkinchi uglerod atomida gidroksil guruxga ega bo`lishi; 2)olti a‘zoli 
pironoz xalqaga ega bo'lishi; 3) beshinchi uglerod atomi metil yoki boshqa radikalga ega 
bo`lishi kerak. 
Bir vaqtning o‗zida so

rilayotgan monosaxaridlar o'rtasida malum aloqadorlik bor. 
Glyukoza va galaktoza bir-birining so'rilishini toimozlaydi. Bu faol tashiladigan 
geksozalarning so'rilishiga sust tashiluvchi fruktoza va sorboza ta‘sir ko'rsatmaydi. 
Geksozalarning faol tashilishi natriyga bog'liq. Bu ishni bajaradigan tashuvchi ayni 
vaqtda tashqi muqitdan (ichak bo

shlig‘idan) glyukoza va natriy molekulalarini o

ziga 
biriktiradi. Tashuvchi, glyukoza va natriydan iborat bo`lgan kompleks elektrokimyoviy 
gradient boricha membrananing ichki yuzasi,tomon diffuziyalanadi, glyukoza va natriy 
enterotsit sitoplazmasiga chiqariladi, tashuvchi esa membrananin tashqi yuzasiga 
qavatidi. Enterotsitdan glyukoza va faol tashiluvchi boshqa geksozalar bazal va lateral 
membranalar orqali chiqib ketadi. Bu tashilish natriyga bog‘liq emas. 
Glyukoza bilan birga enterotsitga o‗tgan natriyni kaliy- natriy nasosi tashqariga 
chiqarib tashlaydi. 
Monosaxaridlarning ingichka ichakning turli qismlarida so'rilish-tezligi har xil. 
Masalan, glyukoza ingichka ichak nayining proksimal qismida distal qismidagidan uch 
marta tez so'riladi. Uglevodlarning so

rilish tezligiga ovqatniiig tarkibi, organizmning 
umumiy holati, tashqi muhit omillari ta‘sir qiladi. 
Uglevodlarning ingichka ichakda so'rilishini boshqarishda ichki sekretsiya bezlarining 
ahamiyati katta. Gipofiz, qalqonsimon bez| me‘da osti bezi, buyrak usti bezi gormonlari 
glyukoza so'rilishmi tezlashtiradi. Serotonin va asetilxolin ham bu jarayonni 
tezlashtiradi, gistamin va somatostatin, aksincha, tormozlaydi. 
Ichak tomirlarida qonning harakatiga vorsinkalar va umumao ichak harakatlariga 
ta‘sir qiluvchi omillar glyukoza so'rilishini o'zgartiradi. MNT ning - turli qismlari 
so'rilish jarayoniga, jumladan uglevodlar so
<
rilishiga ham ta‘sir qiladi, Bu ta‘sir 
parasimpatik va simpatik nervlar orqali yuzaga chiqadi. Parasimpatik ta‘sirlar uglevodlar 
so

rilishini tezlashtiradi; simpatik nervlar tormozlaydi. 
So‘rilgan glyukoza qopqa vena orqali jigarga keladi va bu yerda qisman glikogenga 
aylanadi. Umuman kerakligidan ko

p ovqat iste‘mol qilinsa va ovqat uglevodlarga boy 
bo`Isa, so'rilgan glyukozaning ko
`
p qismi yog

ga aylanib, yog‘ zahiralarida to'planadi. 
Qonda glyukoza miqdori turg‘im bo`ladi. Qondagi glyukoza birinchi galda energiya 
manbai sifatida to‘planadi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling