Muqaddima
BO‘SHLIQDAGI, HUJAYRAICHIDAGI VA MEMARANA YUZASIDAGI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- HUJAYRALAR ICHIDAGI HAZM
BO‘SHLIQDAGI, HUJAYRAICHIDAGI VA MEMARANA YUZASIDAGI
HAZMLAR. BO‘SHLIQDAGI HAZM Ogiz bo‗shiig‗i va me‘dada oziq moddalarning kimyoviy jihatdan qayta ishlanishi quyidagicha izoxlanadi: iste‘mol qilingan ovqatning parchalanishi zarur bo`lgan moddalari (substratlar) shu bo‗shliqlarga ajralgan shira tarkibidagi fermentlar bilan to‗qnashadi, natijada tuzilishi soddaroq bo`lgan hazm mahsulotlari hosil boladi. Haqiqatan ham og‗iz bo‗shlig‗i va me‘dada bo‗shliq hazmi deyiladigan shu jarayonni 196 uchratamiz. Fermentlarni sintezlaydigan hujayralar ko‗pincha hazm ro‗yobga chiqadigan bo‗shliqlardan ancha narida joylashganidan bu hazimi distant hazm ham deydilar (50- rasm). Og‗iz, me‘da va ingichka ichakda kuzatiladigan bo‗shliq hazmi oziq moddalar parchalanishinmg dastlabki bosqichini ta‘minlaydi. Bo‗shliq suyuqligida erkin holatda 50-rasm. Hazmning asosiy turlari., A—hujayradan tashqaridagi (bo'shliqdagi) hazm, В—hujayra ichidagi hazm, Y— membranadagi hazm. 1-—hujayradan tashqaridagi miihit (ichak bo'shlig‘i); 2—hujayra ichidagi muhit; 3—hujayra ichidagi hazm vakuoli; ‗—lizosoma; 5—yadro; 6— membrana; 7—fermentlar; 8—substradar va ularning parchalanish mahsuloti. bo'Igan ferment va substrat molekulalarming to`qnashishi ehtimollikka bog‘liq. HUJAYRALAR ICHIDAGI HAZM Hazmning yana ikki turi mavjud. Ulardan bin hamma tirik mavjudotlarda uchraydigan hujayra hazmi, Bu jarayon parchalanmagan yoki qisman parchalangan oziq moddalarning hujayra ichiga kirishiga va bu yerdagi fermentlar tomonidan parchaianishidan iborat. Hujayra hazmining ikki turi ajratiladi: sitoplazmatik hujayra hazmi va vakuol hujayra hazmi. Sitoplazmatik hujayra hazmi membrana orqali hujayraga kirgan kichik molekulalarni sitozol fennentlari yordamida parchalanishini ta‘minlaydi. Shu yo'l bilan ba‘zi dipepiidlar o'zlashtiriladi, Hujayra ichidagi hazm fagotsitoz yoki pinotsitoz (endositoz) natijasida hosil bo'ladigan maxsus bo‗shliqlarda ham yuzaga chiqishi mumkin. Hujayra hazmining bu ikkinchi xilida lizosomalardagi turli gidrolitik fermentlar ishtirok etadi Bu fermentlar endotsitoz natijasida hosil bo`lgan vakuollar ichiga o'tgan zarraclxalar yoki eritmadagi oziq moddalarni parchalaydi. Hujayra ichidagi hazmni membranalarning o ‘ tkazuvchanligi va endotsitozning tezligi chegaralaydi. Bu jarayonning odamning hazm tizimida sust bo'lishini e‘tiborga olsak, hujayra hazmining ovqatni o‘zlashtirishdagi amaliy ahamiyati kam ekani tushunarli bo`ladi. Faqat emizikli bolalarda hazmning bu turi sut tarkibidagi moddaJar o'zlashtirilishida muhira ahamiyat kasb etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling