Muqaddima


INGICHKA ICHAKNING OVQATNI XAZM QILISHDA VA


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

INGICHKA ICHAKNING OVQATNI XAZM QILISHDA VA 
O’ZLASHTIRISHDAGI ISHTIROKI 
Hazm tizimi bo

shlig‘ini tashqi muhit, deb hisoblash mumkin. Undagi oziq moddalar 
va xazm maqsulotlari qonga so‘rilmaguncha o'zlashtirilgan hisoblanmaydi, ba‘zi 
sharoitda (qayt qilinganda) tashqariga chiqarib tashlanishi ham mumkin. Oqsillar, yoglar 
va uglevodlarning oxiragacha parchalanishini va hosil bo`lgan maxsulotlarning 
so'rilishini asosan ingichka ichak shilliq pardasi ta‘minlaydi. Bu o

zaro bog

liq bo`lgan 
jarayonlarga ichak harakatlari ko'maklashadi. 
ICHAK SEKRETSIYASI VA UNING TARKIBI 
Ingichka ichak shirasining ajralishi boshqa shiralar ajalishidan farq qiladi. Solak, 
me‘da, me‘da osti va boshqa bezlarning sekretor hujayralari shira ajratganida umuman 
yemirilmaydi yoki faqat apikal qismi oldindan bu yerga yigilgan sekretor granulalar 
bilan birga shiraga uzilib o

tadi. Shikastlanmagan yoki massasining oz miqdorini 
yo'qotgan hujayralar tiklanib, sekretor jarayonda ko

p martalab ishtirok etadi. Sunday 
sekretor jarayonlar morfostatik va morfokinetik deyiladi. 
Ingichka ichakda morfonekrotik sekretor jarayon kechadi. Ichak vorsinkalarini 
qoplagan epitelial hujayralar juda tez almashinadi. Bu hujayralar vorsinkalarning asosi— 
kripta sohasida bolinish yoli bilan hosil bo`ladi va vor- sinkaning uchi tomon siljib, 
sidirilib ichak bo
`
shlig‘iga tushadi. Shu tarzda ichak bo'shlig‘iga bir kechayu kunduzda 
250 g epitelial hujayralar ajraladi. Filtrlanish yoli bilan ajralgan suyuqlikka qo'shilib, bu 
enterotsitlar ichak shirasini hosil qiladi. 
Ichak shirasi ajralishi mexanizmidagi farq uning tarkibiy xususiyatlarini belgilaydi. 
Bu shira suyuq va quyuq qismlardan iborat. Uning quyuq qismini butun va yemirilgan 
enterotsitlar va qadahsimon hujayralar ajratgan shilimshiq hosil qiladi. Ichak 
fermentlarining asosiy qismi shiraning quyuq qismida bo
`
ladi. Unda oqsil, fosfolipidlar 
vanuklein kislotalar ko

p. 
Anorganik moddalardan natriy, kaliy, kalsiyning bikarbonat, fosfat, xloridlari 
uchraydi. Shira ishqoriy muhitga ega, uning pH 7,2—3,6 chamasida. 
Ichak sekretsiyasi ovqat iste‘mol qilgandan keyin, ba‘zi bir gormonlar ta‘sirida 
kuchayadi. Ichak shilliq pardasini mexanik ta‘sirlash suyuqlik ajralishini tezlashtiradi. 
Oqsil va yog

larning parchalanish mahsulotlari, me‘da osti bezi shirasi, xlorid va boshqa 
kislotalar ichak sekretsiyasining kimyoviy qo

zgatuvchilari hisoblanadi. 
Markaziy nerv tizimining ichak shirasi ajralishiga ta‘siri uncha sezilarli emas; , 
ICHAK FERMENTLARI 


195 
Ichak shilliq pardasida va shirasida 20 ga yaqin gidrolitik fermentlar bor. Ular oqsillar 
va polisaxaridlarning parchalanishi natijasida hosil bo`lgan oligomerlarini, yoglar 
parchalanishi mahsuloti monoglitseridlarni va ovqat tarkibidagi disaxaridlar va ba‘zi 
boshqa moddalarning parchalanishini oxiriga yetkazadi. 
Ichakning proteolitik fermentlari orasida enterokinaza alohida ajralib turadi. Bu 
ferment tripsinogen molekulasida lizin va izoleysin aminokislotalari o'rtasidagi 
aloqadorlikni uzib, undan geksapeptid ajratadi. Natijada fermentning faol markazi 
ochilib, tripsinga aylanadi. Enterokinaza o‗n ikki barmoq ichak va ingichka ichakning 
yuqori qismida sintezlanadi. Ingichka ichakning hamma qismida bir guruh peptidazalar 
aniqlangan. Ular di- tri- va oligopeptidlarning aminokisotalarga parchalanishini 
ta‘minlaydi. 
Ovqat tarkibidagi polisaxaridlarni parchalashda ingichka ichakning gamma-amilazasi 
ma‘lum ahamiyatga ega. Bu fermentning pankreatik alfa-amilazadan farqi shuki, uning 
ta‘sirida polisaxarid molekulasining uchidagi glyukoza yaxshi ajraladi. Shuning uchun 
gamma-amilaza ta‘sirida polisaxaridlardan oligo-disaxaridlar bilan bir qatorda, sezilarli 
miqdorda glyukoza ham hosil bo`ladi. 
Disaxaridlarni parchalovchi fermentlar ham bir nechta. Maltaza va izomaltaza 
kraxmaldan amilazalar ta‘sirida hosil bo`lgan dekstrinlar va oligosaxaiidlarning a -1,6— 
glyukozid,a —1,‘— glyukozid bog‘lamlarim uzadi, maltozani ikki glyukoza 
molekulasiga parchalaydi. 
Saxaroza iste‘mol qilinadigan lavlagi yoki shakarqamish qandini —- saxarozani 
glyukoza va fruktozaga parchalaydi. Bu ferment maltozani ham parchalash qobilivatiga 
ega. 
Sut tarkibidagi laktozani laktaza fermenti glyukoza va galaktozaga ajratadi, iaktoza 
boshqa disaxaridazalar tomonidan parchalarnnasligini etiborga olsak, laktazani sut bilan 
ovqatlanish davridagi ahamiyati tushunarli bo‗ladi, 
Ingichka ichakning yarn bir disaxaridazasi — tregalaza — qo‗ziqorin va suv
o‗simljklarida uchraydigan tregalozani parchalaydi 
Yuqori faollikka ega bo`lgan ichak fermentlariga ishqoriy fosfataza ham kiradi. Bu 
ferment ishqoriy muhitda (Ph-optimumi 9—10 atrofida) fosfor kislotasi efirlarirti 
parchalaydi. 
ishqoriy fosfataza tabiiy sharoitda parchalaydigan moddalari fosfoserin, xolinfcefat va 
etanolarninfosfatlardir. Bu moddalar fosfoproteinlar va fosfolipidlarning parchalanish 
jarayonida oraliq mahsulotlar sifatida paydo bo'ladi. 
Ingichka ichak lipaza ham sintezlaydi. Bu lipaza monoglitseridlarga nisbatan juda 
faol va uchglitseridlardan pankreatik lipaza ta‘sirida kelib chiqqan monoglitseridlarni 
erkin glitserin va yog‗ kislotaga parchalaydi. 
Demak, ingichka ichak fermentiari asosiy oziq moddalari oqsil, yog‗ va uglevodlar 
parchalanishinmg oxirgi bosqichini bajaradi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling