Muqaddima


INGICHKA ICHAKNING HARAKAT FAOLIYATI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

INGICHKA ICHAKNING HARAKAT FAOLIYATI 
Ingichka ichakning murakkab harakatlarini lining ko'ndalang (ichki qavat) va 
uzunasiga (tashqi qavat) joylashgan silliq muskullari yuzaga chiqaradi. Bu harakatlar 
ximusni hazm shiralariga aralashishini. ichak bo

у lab siljishini, bevosita shilliq parda 
yuzasidagi ximusning almashinishini, ichak bo‗shligida ma‘lum bosim hosil bolishini 
ta‘minlaydi. Hazm tizimi bo'sh bo`lganda (nahorda), ingichka ichakka davriy harakatlar 
xos. Osqvishtalik davrida o‗n ikki barmoq ichakda ‗0—50 daqiqa davomida qisqarishlar 
kuzatilmaydi. Keyin qisqarishlar davri boshlanib, 65—90 daqiqa davom etadi (53- rasm). 
Bu davrda yuqori amplitudali chastotasi bir daqiqada 17—20 bo‗lgan ritmik qisqarishlar 
va kichik amplitudali tonik to`lqinlar qayd qilinadi. Ish davrining oxirgi 8—15 
daqiqalarida ichak tonusi sezilarli darajada ortadi, kuchli va tekis ritmik qisqarishlar 
kuzatiiadi 
Pastdagi qator yuqari qatoming davomi. Ikkinchi va uchinchi qatorlar o‗rtasidagi 
yozuvdagi uzilish 20 daqiqa. Vaqt chizigldagi belgilar oraligi 15 sekund. 
53-rasm. Ingichka ichakning davriy harakatlari. 
Kimogrammalarda qisqarishlar amplitudasi tengligi va ritmining qat‘iyligi bilan 
ajralib turadigan bubosqich ish davrining yakunlovchi bosqichi nomini olgan. 


204 
Odam kun davomida bir necha marta ovqatlanadi, shu tufayli ingichka ichakda 
deyarli doimo ximus bo`ladi. Shuning uchun ichak harakatlari davriyligini maxsus 
sharoitda, 15—20soat ovqat iste‘mol qilmagandagina kuzatish mumkin. 
Ovqatni iste‘mol qilish jarayoni ingichka ichak harakatlarini kuchaytiradi (5‘-rasm). 
Tinch holatda bo`lgan ichakning ovqat istemol qilish natijasida faol holatga o
`
tishi shartli 
reflekslarga bog'liq. 
Agar ovqat ingichka ichak faol harakatda bo`lganda yeyilsa, uning. qisqarishlari 30— 
‗0 sekundga tormozlanadi, keyin tiklanadi va bir necha soat uzluksiz davom etadi. 
Ovqat yeyila boshlaganda kuzatiladigan ichak motorikasining tormozlanishi og

iz 
bo
`
shligidagi retseptorlardan yuzaga chiqadigan shartsiz reflekslarga bog`liq. Hazm 
vaqtida ingichka ichak qisqarishlarining bir necha xilini kuzatish mumkin. Ammo, 
hozirgacha ularning yagona tasnifi yo‗q. Oqibat natijasiga qarab, ximusning aralashishini 
va ezilishini ta‘minlovchi mahalliy (chegaralangan) va katta masofaga tarqalib, ximusni 
ichak bo‘ylab siljitadigan qisqarishlar tafovut qilinadi. 
5‘-rasm. Tinch holatdagi ingichka ichakning ovqatga javobi. A—sogiom itda; В—12 
кип; V—21 kun davomida fistula orqali o‘t-safro yo'qotganida. Ovqat berish vaqt 
chizigida ko

rsatilgan. 
P. G, Bogach tasnifi bo‗yicha ovqat hazmi vaqtida kuzatiladigan ingichka ichakning 
qisqarishlari uch turga bo`linadi. Birinchi turdagi qisqarishlar — bir fazali ritmik 
qisqarishlar (mayatniksimon qisqarishlar. ritmik segmentlanish) ximusni deyarli 
siljitmaydi, ammo uni yaxshi aralashishini ta‘minlaydi. Bu xildagi qisqarishlarning 
chastotasi bir daqiqada 17—20 ga teng. 
Ximusning ichak bo‗y lab tez siljishini ikkinchi turdagi qisqarishlar ta‘minlaydi. Ular 
birinchi turdagi qisqarishlarni qamrab otgan ichak tonusi ortishini ifodalovchi 
toiqinlardir. Bu qisqarishlarni peristaltik qisqarishlar ham deyishadi (55-rasm). Bunday 
qisqarishlar 20—‘0—60 sekund davom etishi mumkin. To

q hayvonlarda bir necha 
minut davom etuvchi uchinchi turdagi tonik qisqarishlar ham kuzatiladi. 
55-rasm. Ingichka ichakning mayatniksimon(a) va peristaltik. (b)qisqarishlari 
Ingichka ichak harakatlarining xususiyati shuki, ritmik qisqarishlari juda turg'un 
chastotaga ega. Ichak tashqi nervlarini kesish, nikotin yordamida ichak devoridagi nerv 
chigallarini falajlash, narkotik moddalarni qollash ritmik qisqarishlar sonini uncha 
o'zgartirmaydi. Bu o‗n ikki barmoq ichakka umumiy o

t yo`li ochiladigan segmentda 
joylashgan ritm yetakchisining faoliyatiga bog`liq. Ingichka ichakning ritmik 
qisqarishlarini yuzaga chiqaradagan impulslar mana shu ritm yetakchisida paydo bo`lib, 
asosan uzunasiga joylashgan silliq muskul tolalari orqali tarqaladi. 
Bu tolalar kesilsa, impulslarning o

tishi to'xtaydi, ichakning kesimdan yuqori qismi 
oldingi ritmda. kesimdan distalroq qismi esa ancha past chastotada qisqaradi. 
Ritm yetakchisining avtomatiyasiga ichakning tashqi nervlari ham, o'zidagi nerv 
chigallari ham sezilarli ta‘sir o‗tkaza olmagan bir paytda organizmining jumladan, ichak 
to'qimalarnmg modda almashinuviga ta‘sir qiluvchi omillar ritmik qisqarishlar sonini 
o'zgartiradi. Tajribalarda ot-safroni fistula yordamida tashqariga chiqarib qo'yish, 
qalqonsimon bezni olib tashlash, yuqori harorat va quyosh nurlari bilan ta‘sir etish 
ingichka ichakning ritmik qisqarishlari sonini ancha kamaytiradi, 
Nerv tizimi ritmik qisqarishlar soniga ta‘sir qilmasada, amplitudasi va ichak 
muskullari tonusini boshqarishda ishtirok etadi. Parasimpatik nervlar va ularning 
oxirlarida ajraladigan asetilxolin ichak harakatlarini kuchaytiradi. Simpatik nerv tizimi 
va uning mediatorlari—adrenalin va noradrenalin odatda ichak silliq muskullari 


205 
qisqarishlarini tormozlaydi. Shu bilan bir qatorda, noradrenalin va adrenergik nerv 
tolalarining qo

zg

alishi sfinkterlarni qisqartiradi. 
Parasimpatik va simpatik tolalar hazm tizimining turli qismlaridan yuzaga chiqib, 
ingichka ichak harakatlariga ta‘sir qiladigan reflekslarning efferent yo`li bo`lib xizmat 
qiladi. Bu reflekslarga qo‗zg‗atuvchi qizilo

ngach-ichak, qo‘zg

atuvchi me‘da-ichak, 
qo‗zg

atuvchi va tormozlovchi yo

g

on ichak-ingichka ichak reflekslari kiradi. Bu 
reflekslar yuzaga chiqaradigan natija ma‘lum qoidaga bo'ysunadi: hazm tizimining qaysi 
nuqtasi ta‘sirlanmasin, bu nuqtadan yuqoridagi qismlarining harakatlari tormozlanadi, 
undan distalroq qismlarda harakat tezlashadi. 
Adrenergik tormozlanishdan tashqari, ingichka ichakda tabiati noadrenergik va 
noxolinergik bo`lgan tormozlanish ham kuzatiladi. Bu tormozlanishning yuzaga 
chiqishida mediator vazifasini vazoaktiv ichak peptidi bajarsa kerak. 
Markaziy nerv tizimining turli qismlari ichak harakatlarini boshqarishda ishtirok 
etadi. Gipotalamusning oldingi va oraliq yadrolarini qo

zg

atish ichak harakatlarini 
tezlashtirsa, orqa gipotalarnik yadrolarning qo`zg

alishi tormozlaydi. Katta yarim 
sharlarning po

stlog

i gipotalamus va limbik tizim orqali ichak harakatlariga ta‘sir qiladi. 
Bu ta
?
sirlar ikkinchi signal tizimi orqali yuzaga chiqishi mumkin: tansiq ovqat 
to

g

risidagi gapning o

ziyoq ichak harakatlarini kuchaytiradi, ovqatga bog`liq noxush 
gaplar aksincha, ichak motorikasini tormozlaydi. KaxdRyatning o

zgarishlari 
(g

azablanish, - zerikish, qo

rqish) ham ichak harakatlarini susaytiradi. 
Ichki sekretsiya bezlarining ingichka ichak motorikasiga ta‘siri ancha kuchli. 
Qalqonsimon bez gormonlari miqdorining qonda ko

payishi ingichka ichak harakatlarini 
jadallashtiradi va ovqatni ichakdan olish vaqtini qisqartiradi. Bu gormonlar miqdori 
qonda kamayib ketsa, ichak harakatlari tormozlana boshlaydi: ritmik qisqarishlar soni va 
amplitudasi kamayadi. Qalqonsimon bez olib tashlangandan keyin ingichka ichakning 
reflektor reaksiyalari ham oVzgaradi. Odatda ovqat iste‘mol qilish bir necha 
sekunddayoh tinch turgan ingichka ichakni harakatga keltiradi. Bu harakatlar bir necha 
soatgacha uzluksiz davom etadi. Qalqonsimon bezi olib tashlangan hayvonlarda ichak 
harakatlari ovqat berilganda 1,5—2,0 daqiqadan keyin boshlanib, bir ikki daqiqada 
tugaydi. 10—12 
daqiqa o'tgacha, qisqarishlar yana paydo bolib, uzoq davom etadi. Bu qisqarishlar 
amplitudasi va chastotasi pastligi yaqqol bilmadi. 
Buyrak usti bezining kortikoid gormonlari va ularning qonga o'tishini tezlashtiradigan 
AKTG ingichka ichak tonusini orttiradi. Gipofizning orqa bo'lagi gormonlari ichak 
harakatlarini tormozlash xususiyagtiga ega. Bir qator ichak gormonlari (motilin, 
xolesistokinin-pankreozimin, R-modda, gastrin) ichak harakatlarini jadallashtiradi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling