Muqaddima


Minerallarning moddiy tarkibi va ularning aralashmadagi miqdori


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/88
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1785778
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   88
Bog'liq
pdf

Minerallarning moddiy tarkibi va ularning aralashmadagi miqdori. 
Ajratiluvchi minerallar moddiy tarkibining doimiy emasligi, ularda boshqa 
aralashmalarning mavjudligi elektr separatsiya ko‘rsatkichlariga jiddiy ta’sir qilishi 
mumkin. Masalan, tsirkonga temirli minerallarni tushib qolishi uning elektr 
o‘tkazuvchanligini shunchalik oshirib yuboradiki, natijada u o‘tkazuvchi 
fraktsiyaga tushadi. 
Separatsiya ko‘rsatkichlari, shuningdek, dastlabki maќsulotdagi ajraluvchi 
minerallarning miqdoriga bog’liq. Agar aralashmada dielektriklarning miqdori 
kam bo‘lsa, bu ќolda yuqori sifatli o‘tkazgichli fraktsiya olish mumkin, va 
aksincha, dielektriklarning miqdori ko‘p bo‘lsa, o‘tkazgichlar fraktsiyasini olish 
uchun bir nechta tozalash operatsiyalarini qo‘llash talab qilinadi. 
Elektrodlardagi 
kuchlanganlik
Tojli 
elektroddagi 
kuchlanganlik 
elektrodlar orasidagi bo‘shliqda tojli tok kuchini belgilaydi va elektr separatsiya 


132 
jarayonini boshqarishda muќim parametr ќisoblanadi. Elektrodlar orasidagi 
kuchlanganlikning ortishi bilan tojli tok kuchi ortadi. Ќavoning yaxshi ionlashishi 
elektrodlar orasidagi bo‘shliqda ionlar sonining ortishi natijasida kuchliroq elektr 
zaryadlarini olishga ќamda ko‘p sonli zarrachalarni zaryadlashga ќam imkon 
tug’diradi. 
Elektrodlar orasidagi masofa. Tojli tok, shuningdek, minerallarning tojli 
elektrsizlantirish maydonida zaryadlash samaradorligi tojli va erga ulangan 
elektrodlar orasidagi masofaga bog’liq. Bu masofani kamaytirib tojdagi tokni 
ko‘paytirish mumkin yoki aksincha. 
Elektrodlar orasidagi masofani o‘zgartirib, xuddi tojli elektroddagi 
kuchlanganlikni o‘zgartirishdagi kabi elektr separatsiyani boshqarish mumkin. 
Elektrodlar orasidagi masofa separatsiya tartibi ishlab chiqilayotgan paytda 
belgilanadi va separator ishlab turgan paytda o‘zgartirilmaydi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling