Muqimiy toshkent «MA’naviyat» 2009


Yo‘q zarr-u siymi, lekin samimiy


Download 361.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/52
Sana01.11.2023
Hajmi361.85 Kb.
#1738240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
httpwww.ferlibrary.uzfmuqimiy saylanma.pdf

Yo‘q zarr-u siymi, lekin samimiy, 
Oshiq Muqimiy kelsa duog‘a.
5


FARHOD AYLADING
Bog‘ aro, jono, o‘shal kim jilva bunyod aylading, 
Kabk ila tovusni raftoringga minqod aylading.
Maqsading shamshod shoxin bo‘lmasa gar sindirish, 
Qomatingni muncha mundoq sarvi ozod aylading.
Gah salom aylab o‘tib shirin tabassumlar bilan, 
Ko‘hi g‘am qozsam meni ham misli Farhod aylading.
Hech oshiqlami ohi sanga ta’sir etmadi,
Ne balo ko‘nglungni qattig‘lig‘da po‘lod aylading.
Bog‘lar sahnida javlonlar qilib yuz noz ila,
Har qadam qo‘yding chaman tarhini ijod aylading.
Fasli asr aylab chiqib ag‘yorlarga boqmading,
Yaxshi qilding shul tag‘ofildin dilim shod aylading.
Saxt ko‘ngullar, Muqimiy, g‘am bilan vayron edi, 
Bir boqib, yolg‘on emas, lekin chin obod aylading.
6


AYLADING KETDING
Ko‘ngulni g‘uncha yanglig4 tah-batah qon aylading ketding, 
Xaloyiq ichra ma’yus-u parishon aylading ketding.
Otib tiyra jafo dillarga har yondin solib rahna,
Nachuk sultonki, tan mulkini vayron aylading ketding.
Judolig‘ kunjida yetmasmudi hasratda qolg‘onim,
Yana sha’nimga bir ortuqcha bo‘hton aylading ketding.
Agar tosh bo‘lsa ham ko‘ngling erib lozim edi rahming, 
Ko‘zicha dushmanim yer birla yakson aylading ketding.
Avaldin oshnolig‘ qilmasamchi, oxiri tashlab,
Umidim shulmidikim, zor-u hayron aylading ketding.
Duoyi davlating ko‘zlar Muqimiy, garchikim mahrum, 
ВоЧакка ne’mati vasling farovon aylading ketding.



Download 361.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling