Murakkablashgan sodda gaplar
Uyushiq bo`laklar, ularning qo`llanish usullari
Download 37.66 Kb.
|
murakkab sodda gaplar sayda
Uyushiq bo`laklar, ularning qo`llanish usullari. Gap tarkibida bir turdagi bo`laklar birdan ortiq xolda qator keladi. Bu turdagi bo`laklar gapning uyushiq bo`laklarini tashkil etadi. Bunday bo`laklar ishtirok etgan gap uyushiq bo`lakli gap sanaladi: G`ijjak, tanbur, chang, ud, nay, daf va x.k yangradi (Oybek).
Uyushgan bo`laklar bir xil so`roqqa javob bo`lib, bir xil sintaktik vazifani bajarib, teng bog`lovchilar yoki sanash intonatsiyasi yordamida birikadilar. Uyushgan bo`laklar o`zaro tenglashish, boshqa gap bo`laklari bilan tobelanish asosida sintaktik aloqaga kirishadilar: Sen menga havodan, suvdan xam zarursan, sen mening quvonchimsan, fikrim va orzu-umidim, baxtimsan, Po`lat! (“Sharq yulduzi”). Bu gapda havodan, suvdan, quvonchimsan, fikrim va orzu-umidimsan, baxtimsan, tenglashish asosida, birinchi gruppa uyushgan bo`laklar esa sen bilan moslashuv yo`li bilan sintaktik aloqaga kirishgan. Uyushiq bo`lak komponentlari odatda bir xil grammatik shaklda bo`ladi va bir xil sintaktik vazifani bajaradi. Uyushiq bo`laklar biror morfologik format yoki ko`makchi bilan kelishi kerak bo`lsa, ular ba`zan xar bir komponentga alohida-alohida qo`shiladi: Odamlar qorga ham, bo`ronga ham ayni fidokorlik bilan ishlar edilar (Oybek). Aka bilan ukani bir-biridan judo qilasan (S.Ahmad). Uyushiq bo`laklar ifodalangan narsa predmet ifodalangan narsa-predmetlarga alohida diqqat qilganda, har bir komponenti grammatik formant oladi. Bunday vaqtda har bir komponent mantiqiy urg`uli bo`lib, kuchli ta`kid bilan aytiladi: Na otasini, na akasini taniydi (“Sharq yulduzi”). Grammatik shaklning bo`laklarining har biriga yoki faqat oxirgisi qo`shilish bog`lovchilarining turiga, ularning qo`llanish xususiyatiga ham bog`liqdir: Ibodullo ayvonga chiqqach, Bo`ronbek bilan O`tapning yo`lini tusdi (X.G`ulom). Grammatik shaklning uyushiq bo`lak komponentlarning faqat bittasiga yoki hammasiga alohida-alohida qo`shilishi nutqning logik-grammatik va stilistik xususiyatlari bilan belgilanadi. Xullas, bir xil sintaktik qiymatga ega bo`lgan va ular gapning boshqa bo`lagiga tegishli bo`lib, shu bo`lakka nisbatan birday sintaktik munosabatda bo`lgan birdan ortiq gap bo`laklari uyushiq bo`laklari sanaladi: Gapning uyushiq bo`laklarni turli xil atama bilan ataydilar.7 Ayrim atamalar olimlarning asarlarida “uyushiq bo`laklari gaplar”, “gapning uyushiq bo`laklari”, “murakkab gaplar”, “uyushiq kurilmalar” atamalari ishlatiladi. Hozirgi o`zbek tilida gap uyushiq bo`laklarining qo`llanishi tasodifiy bo`lmay, balki tarixan shakllangan sintaktik xodisalardir. U o`zining quyidagi xususiyatlari bilan harakatlanadi: Uyushiq bo`lak gapda bir xil sintaktik vazifani bajaradi. Uyushiq bo`lak komponentlari o`zaro teng bo`ladi va teng bog`lovchilar yordamida bog`lanadi. Uyushiq bo`lak o`zi uchun umumiy hisoblangan bo`lak bilan bir xil munosabatda bo`ladi. Uyushiq bo`laklar sanash intonatsiyasi orqali talaffuz qilinadi. Uyushiq bo`laklar, odatda, bir xil so`z turkumlaridan sanaladi. Download 37.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling