Murakkablashgan sodda gaplar


Download 37.66 Kb.
bet5/7
Sana23.12.2022
Hajmi37.66 Kb.
#1047595
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
murakkab sodda gaplar sayda

Uyushiq gaplar. Uyushiq gaplar grammatik tomonidan o`zaro teng bo`lib, boshqa bo`laklarni-aniqlovchi va kesimni ergashtiradi: O`zining kechmish bolaligi, qishlog`i, o`rtoqlari yodiga tushadi (Oybek). Bu gapda uchta ega uyushib kelgan bo`lib, ularning hammasi “O`zining” aniqlovchisini va “yodiga tushadi” kesimini ergashtirai. Lekin “kechmish” aniqlovchisini hammasi barobar ergashtirmaydi, uni faqat “bolaligi” egasi ergashtiradi.
Uyushiq egalar ot va olmosh orqali ifodalanishi bilan birga, otlashgan sifat, sifatdosh, son, fe`l bilan ham ifodalanadi: 
Uyushiq egalar otlangan sifatlar bilan ifodalanadi: Har bir vijdonsiz, har bir iflos, har bir muttaxam, har bir yritqich uning satira qilichiga duch keldi (G`.G`ulom)
Sifatdoshlar bilan ifodalanadi: Bu voqeani ko`zi bilan ko`rganlar, quloq bilan eshitganlar gapiradi (X.G`ulom). 
Uyushiq egalar otlashgan fe`llar bilan ifodalanadi: Tinchliksevar mumlakatlar bilan oldi-berdi, bordi-keldimiz kun sayin kuchaymoqda (“O`zbekiston ovozi”).
Uyushiq egalar undov va tashkiliy so`zlar bilan ifodalanadi: Dod-voy, ox-uf borgan sari kuchaymoqda (S.Ayniy). 
Uyushiq kesimlar. Uyushiq kesimlar grammatik tomonidan o`zaro teng bo`lib, umumiy egaga erishadilar va ikkinchi darajali bo`laklarni ergashtiradi. Ular ifodalanish materialiga ko`ra ikki xil bo`ladi: 

  • Uyushiq fe`l kesimlar: U nortuyaning terisini shilib oldi, go`shtini nimtaladi, tuzladi, qoplarga joyladi (X.G`ulom). Uyushiq fe`l kesimlarning hosil bo`lishida fe`l zamoni muhim rol uynaydi.1 Uyushiq fe`l kesimlar fe`l zamoni shakllarining barchasi bilan ifodalandi. Raximdod qatiq qo`rqdi va birdan chirrillab yubordi (S.Ayniy).

  • Uyushiq ot-kesimlar: Boy – pishiq, mug`ombir odam (Oybek). Uyushiq ot-kesimlarning yetakchi qismi o`z leksik ma`nosini to`liq saqlagan ot, olmosh, harakat nomi, son, sifat bilan ifodalanadi: Bu – ajoyib intilish ijodga ishtiyoq, yangiliklar qidirish! (A.Muxtor). reja yetmish, yo sakson (Oybek). 


Download 37.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling