Murakkablashgan sodda gaplar


Uyushiq bo`laklarning o`zaro bog`lanishi


Download 37.66 Kb.
bet4/7
Sana23.12.2022
Hajmi37.66 Kb.
#1047595
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
murakkab sodda gaplar sayda

Uyushiq bo`laklarning o`zaro bog`lanishi. Gapning uyushiq bo`laklari sinash intonatsiyasi va teng bog`lovchilar vositasida bog`lanadi. Sinash intonatsiyasi uyushiq bo`laklarning har qanday turida ham ishtirok etadi, chunki u uyushiq bo`laklarning doimiy xususiyatidir: Abdukarim aka, O`tap, Mavlon aka, Sodiq temirchi qishloqning turli tomonlarga yo`l olishdi (X.G`ulom). Botiralining aniq va soda so`zlari xonadagilarning qalbiga o`t yoqdi (X.G`ulom).
Ifodalangan grammatik munosabatlarga ko`ra, teng bog`lovchilar to`rt gruppaga bo`linadi: 
Biriktiruv bog`lovchilari (va, ham, hamda) yordamida va bog`lovchi vazifasida kelgan -u, -yu, -da yuklamalari yordamida mazmun jihatdan uyg`un, bir xil sintaktik munosabat ifodalovchi uyushiq bo`laklar bog`lanadi: Abay murdadek oqarib, g`azab ham ozordan, achinish ham qayg`udan qaltirab ketdi (M.Avezov). Abdurasul bilan Xolmurod bir oz kitob varaqladilar (P.Tursun). 
Zidlov bog`lovchilari (ammo, lekin, biroq, balki) uyushiq bo`laklar orasidagi zid munosabatni ko`rsatadi: Butun kuchimni ikki ko`zim orasiga yig`im-da uning bevafo biroq g`amgin, sho`x, lekin ma`yus ko`zlariga tikildim (G`.G`ulom). Zidlov bog`lovchilari ba`zan –u, -yu yuklamalari ham keladi. efim Danilovich xuddi gapiradigan bir qiyofada turib xalqqa kiradi-yu, gapiradi (A.Muxtor).
Ayiruv bog`lovchilarida: yo, yoki, dam, goxo, gox, ba`zan, bir, xali. Ayiruv bog`lovchilaridan dam, gox, goxo, ba`zan, bir hamma vaqt uyushiq bo`laklar oldidan takrorlanib keladi va uyushiq bo`laklarida ifodalangan xodisalarning galma-gal yuz berishini ko`rsatadi: Gulnor ko`zlarini dam ochib, dam yumib, uyquga qarshilik ko`rsatadi (Oybek). Yo`lchi gox bunga shubxalanadi, gox ishonadi (Oybek). Yo, yoki, yohud ayiruv bog`lovchilari uyushgan bo`laklarning birini ikkinchisidan ajratib ko`rsatish yo`li bilan bog`laydi: aftidan, xurjunda yo qatlama, yo yong`oq yoki xolva bo`lishi kerak (M.Xusayn). Ovqat puli yo tegar, yo tegmas edi (S.Ayniy).
Inkor bog`lovchisi (na, na) yordamida gap bo`laklari uyushib keladi va shu bo`laklar orqali anglashilgan voqelikning bo`lishsizligini anglatadi: Bu yerda na g`urbat, na ofat, na g`am. Bunda bor: harorat, muxabbat, shafqat (G`.G`ulom).
Gap bo`laklarini uyushtirib kelgan bog`lovchilarning tabiati ikki xil: biriktiruv, zidlov bog`lovchilari takrorlanmaydi: ayiruv, inkor bog`lovchilari takrorlanib keladi. Gapning hamma bo`laklari uyushib kelishi mumkin. 

Download 37.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling