Murakkablashgan sodda gaplar


Uyushiq bo`laklarining ma`no munosabatlari


Download 37.66 Kb.
bet3/7
Sana23.12.2022
Hajmi37.66 Kb.
#1047595
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
murakkab sodda gaplar sayda

Uyushiq bo`laklarining ma`no munosabatlari. Uyushiq bo`laklar gapda o`zaro teng bog`lovchilar bilan, pauza va sinash intonatsiyasi bilan aloqaga kirishadi. O`zaro bir-biri bilan teng bog`langan uyushiq bo`laklar o`rtasida, asosan, quyidagi ma`no munosabatlari mavjud bo`ladi: 
Uyushiq bo`laklar o`rin, joy jihati bilan o`zaro munosabatda bo`lgan predmet yoki xodisalarni ko`rsatadi: U yerda jilg`alar, daryolar, o`tib bo`lmaydigan botqoqlar, kishi oyoq bosmagan changilzorlar bor. (A.Muxtor).
Uyushiq bo`laklar payt jihatidan birlashgan voqea-xodisalarni, predmetlarni ifodalaydi: Kechasi soat bir yarimgacha o`tirdim, yotdim, uxladim (A.Qaxxor). 
Uyushiq bo`laklar butunning bo`laklarini ko`rsatadi: ertaga Respublikamizning viloyat, shaxar, tuman, qishloq va ovul kengashlariga saylovlar kuni (“Xalq so`zi”). 
Uyushiq bo`laklar umumiy jins tushunchani tashkil qiluvchi tur tushunchalarni atab keladilar: Pastlikda baxor gullari: lolalar, chuchmomalar, binafshalar qiyg`os ochilib yotardi (P.Tursun).
Uyushiq bo`laklar bir predmet yoki xodisaning turli belgilarni ko`rsatib keladi. Bunda sinonim va antonim ham ubshib keladi: Qiz yosh, kamtarin va go`zal edi. Ota o`ta ko`ngilchan va xushfe`l odam edi. (“Sharq yulduzi”).
Uyushiq bo`laklar so`zlovchining predmet va xodisalarga bo`lgan munosabatni ko`rsatuvchi emotsionallikka ham asoslanadi. Bunda mantiqiy jihatdan har xil bo`lgan tushuncha va tasavvurlarni bildiruvchi so`zlar ham uyushib kelishlari va bir xodisani gavdalantirishlari mumkin: Rasuljonning qo`shig`i hayotday shirin, muxabbatay kuchli edi (“Sharq yulduzi”).
Uyushiq bo`laklarning tuzilishiga ko`ra ko`rinishlari. Uyushiq bo`laklar tuzilishiga ko`ra yirik va yoyiq bo`ladi. O`zlariga qarashli bo`laklari bo`lmagan, yolg`iz uyushiq bo`laklar yig`iq bo`laklar sanaladi6 Haftalar, oylar, yillar o`tdi (M.Oxundov).
Uyushiq bo`laklarning bir nechtasi o`zlariga qarashli bir yoki bir necha izoxlovchi so`zlar bilan kelishlari mumkin. Bunday bo`laklar yoyiq uyushiq bo`laklar deyiladi: Past devor orqasidan jo`jalarning chiyillashi, tovuqlarning qurqirashi eshitiladi (I.Raxim).
Yig`iq va yoyiq uyushiq bo`laklar o`z xarakteriga ko`ra ochiq va yoyiq xolatda bo`lishi mumkin. Uyushiq a`zolarning soni cheklanmagan bo`lsa, uni yangi uyushiq bo`laklar hisobiga kengaytirish mumkin bo`lsa, ochiq uyushiq bo`laklar sanaladi: Uydagi jixozlar, stol-stullar, divan, kreslo-hammasi did bilan joylashtirilgan (“O`zbekiston ovoz”). Bu misolimizdagi uyushiq bo`laklar tarkibini Yana davom ettrishi mumkin. 
Yoyiq uyushiq bo`laklar guruhida a`zolarning soni cheklangan bo`lib, bunday uyushiq bo`laklarga yangi tarkiblarni kiritib bo`lmaydi: Suvsar juda yaxshi suzadi va shung`iydi (“Sharq yulduzi”). Gapning har qanday bo`lagi uyushib kelganda, ular ochiq va yoyiq xolatda bo`lishi mumkin. 

Download 37.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling