Murakkablashgan sodda gaplar
Uyushiq ikkinchi darajali bo`laklar
Download 37.66 Kb.
|
murakkab sodda gaplar sayda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo`shma gap sintaksisi
Uyushiq ikkinchi darajali bo`laklar. Gapning ikkinchi darajali bo`laklari (aniqlovchi, to`ldiruvchi, xollar) uyushib keladi.
Grammatik shakli va vazifasi jihatidan to`ldiruvchi bo`lib, ma`lum vositalar yordamida o`zaro teng aloqaga kirishgan va gapning biror bo`lagiga bog`lanib, asosan bir turdagi so`roqqa javob bo`lgan bir tipdagi bo`laklar uyushgan to`ldiruvchilar sanaladi: Botirali ular uchun, xalq uchun, ozodlik uchun, jonini fido qilganini bilib quyishsin (X.G`ulom). Bir xil ma`no munosabati ifodalovchi bir necha xollar gapning bitta bo`lagiga bog`lanadi hamda teng aloqaga kirishadi, shunday bo`laklar uyushgan xollar sanaladi: Andijonda, Marg`ilonda, Qo`qonda ancha sargardon bo`lib yurdi (M.Ismoiliy). Odatda bir predmet bir yoki bir necha belgiga ega bo`lishi mumkin. Aniqlovchi va aniqlanmishning o`zaro munosabatida ikki xil sintaktik aloqa bo`lishi mumkin: aniqlovchilar o`zaro teng munosabatlarga kirishadi, aniqlanmaga nisbatan bir xil vazifada, to`g`ridan-to`g`ri aloqada bo`ladi. Shunday munosabatlarga ko`ra aniqlovchilar, uyushgan va uyushmagan bo`ladilar. Bir necha aniqlovchilar ma`lum bir aniqlanmish-otga bog`lanib uyushmay kelishi mumkin. Uyushmagan aniqlovchilar quyidagi xususiyatga ega: Uyushmagan aniqlovchilar predmetni turli tomondan aniqlab keladi va ularning mazmuni turli guruhlar (rang, shakl, material, vaqt)ga oid aniqlovchilar bo`ladi: Kechagi qor bulutdar tarqalib, osmonning yulduzlari charaqlab turadi (B.Kerboboyev). Uyushmagan aniqlovchilardan biri aniqlovchi so`z birikmasi bevosita bog`lanib, u bilan birga bitta birikma hosil qiladi, boshqasi esa butunlay ana shu so`z birikmasiga taaluqli bo`ladi.1 boshida ko`k afg`oniy shoyi salla (S.Ayniy). Bu gapda “afg`oniy” va “shoyi” so`zlari uyushmagan aniqlovchilar sanaladi, chunki, “ko`k salla”ni aniqlaydi, gapda u bilan bo`lgan munosabatida pauza turlicha ma`no ottenkalarida belgilash Qo`shma gap sintaksisi Mazmuni, grammatik tuzilishi hamda ohangiga ko`ra bir butunlikni tashkil etgan, bog’lovchi vazifasidagi vositalar yordamida birikkan qurilmalar Qo`shma gapni tashkil etadi. Shaklan qo`shma gap birdan ortiq sodda gaplarning birikuvidan tarkib topgan bo`lsa ham, bu sodda gaplar mazmunan yaxlit holda birikib, umumiy bir fikrni ,maqsadni ifodalaydi. Bunday gaplar turli bog’lovchilar yoki bog’lovchi vazifasidagi vositalar yordamida, yoxud turlicha ohang bilan birikadi. Bunday qurilmalar gaplarning oddiy yig’indisi bo`lmay, yangi bir tuzilishni , alohida bir sifatni tashkil etganligi uchun sintaksisning alohida tekshirish manbai bo`ladi. Qo`shma gapning asosiy belgilari : Qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplar bir- birini yoki biri ikkinchisini mazmunan izohlaydi va har ikkisi birikib , umumiy maqsadni ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan : Qo`shning tinch – sen tinch. ( Maqol.) Bu qo`shma gapni tashkil etgan sodda gaplar umumiy bir fikrni – kishining tinchligi nima bilan bo`lishini ifodalaydi. Qo`shma gap tarkibidagi gaplar grammatik tomondan ham bir – birlariga bog’liq bo`ladi. Bu xil gaplar kesimining bir xil yoki bir –biriga mos shaklda ekanligi , ularda umumiy ikkinchi darajali bo`laklarning bo`lishi, sodda gaplar tarkibida mazmuni izohlanadigan bo`laklarning maivjudligi kesimlar bir xil bo`lganda , ularning bir o`rinda umumlashgan holda berilishi va boshqa xususiyatlar – Qo`shmagap tarkibiy qismlarini tuzilish tomondan bir – biriga yaxlit bog’lab qo`yadi. Qo`shma gap tarkibidagi gaplarning ohang jihatdan ham o`ziga xos xususiyati bor. Qo`shma gap tarkibidagi bir gapning ohangi va har ikki gap orasidagi to`xtam ikkinchi bir gapni talab etadi, ohang qo`shma gapning oxirida tugallanadi. Demak, qo`shma gapni tashkil etgan gaplar mazmuni, grammatik qurilishi va ohangi bilan alohida qo`llanuvchi mustaqil sodda gaplardan farq qiladi. Shuning uchun har qanday sodda gapni biriktirib, qo`shma gap hosil qilish mumkin emas. O`zbek tilida qo`shma . gaplar ma`lum ma`no munosabatlarini ifodalashi, grammatik belgilari, tuzilishi va ohangiga ko`ra uch tipga bo`linadi: 2
Bog’lovchisiz qo`shma gaplar Bog’langan qo`shma gaplar Ergash gapli qo`shma gaplar. Qo`shma gaplarning tuzilishi Qo`shma gap ma`lum vositalar bilan o`zaro jips bog’langan gaplar birikmasidan iborat. Ma`lum mazmunni ifodalashda xizmat qilgan gaplar grammatik, leksik – grammatik va leksik vositalar bilan o`zaro birikadi. Bundan tashqari qo`shma gapni tuzishda qo`shma gap qismlarining zamon munosabati, gaplarning ohangi va o`rinlashishning ham roli kattadir. Ko`rsatib o`tilgan vositalar faqat qo`shma gapni tuzib qolmasdan, qo`shma gap qismlari orasida ma`lum semantik munosabatlarning o`rnatilishi uchun ham xizmat qiladi. I . G r a m m a t i k v o s i t a l a r . Qo`shma gapni hosil qiluvchi grammatik vositalarga bog’lovchilar, yuklamalar, ko`makchilar, kelishik qo`shimchalari kiradi. Bu vositalar bilan bog’langan va ergash gapli qo`shma gaplar tuziladi. II. L e k s i k - g r a m m a t i k v o s i t a l a r. Qo`shma gapni tuzishda xizmat qilgan leksik – grammatik vositalarga sifatdosh, ravishdosh, shart fe`li, buyruq fe`li, harakat nomi shakllari kiradi. Bu so`z turlari o`z semantikalariga ko`ra ma`lum birikmada , konstruksiyada qo`shma gapni tuzishda xizmat qiladi. III. L e k s i k v o s i t a l a r. Maxsus leksik vositalar va ayrim gap bo`laklarining semantikasi, vazifasi, o`rni qo`shma gapni tuzishda, ma`lum ma`no munosabatlarini ifodalanishida muhim vositachilik rolini o`ynaydi.Leksik vositalar qo`shma gapning hamma turida qo`llaniladi. Ammo qo`shma gapni tuzishda grammatik va leksik – grammatik vositalar qo`llangan o`rinlarda leksik vositalarning xizmati kattadir, ular bog’lovchisiz qo`shma gapni tuzuvchi asosiy vosita bo`lib xizmat qiladi. Qo`shma gapni tuzuvchi leksik vositalarning quyidagi ko`rinishlari bor: I. Ayrim so`zlar. Bog’lovchisiz qo`shma gapni tashkil etgan gaplarni bir –biriga bog’lashda shu gaplar tarkibidagi ayrim so`zlar va ba`zi gap bo`laklarining xizmati kattadir. Bu xil so`zlar ayrim bog’lovchilik vositasini turlicha bajaradi. 1.Ayrim kirish bo`lak va kirish birikmalar hamda ayrim so`z birikmalari qo`shma gaplarni hosil qilishda xizmat qiladi.Bunday bo`lak hamda birikmalar birinchi qism tarkibida bo`lsa, mazmunan so`nggi gapni agar ikkinchi qism tarkibida bo`lsa oldingi gapni talab etadi. Izohlash munosabatini ifodalash uchun ya`ni, umuman, bir so`z bilan , masalan, boshqacha aytganda, qisqasi, buning ustiga, qisqasini aytganda, shu bilan birga,to`g`rirog`i va shu kabi so`z va iboralar qo`llaniladi :Ijtimoiy ahvollarini so`rayman,ya`ni boymi , bechorami , dehqonmi, chorvadormi ? Qiyoslash munosabatini ifodalash uchun shunga qaramay, bo`lsa-da, afsus , aksincha, aks holda, haqiqatda, birinchidan, ikkinchidan, bir tomondan, ikkinchi 3 tomondan,muqarrar, mening fikrimcha, uningcha, baxtga qarshi, bundan tashqari kabi kirish bo`lak va kirish birikmalar ishlatiladi: Huriniso ikki yoqlama qayg`uga qoldi: bir tomondan eriga achinsa , ikkinchi tomondan , o`g`lining noqobilligidan kuyib , jizg`anak bo`layozdi. Demak, shunday qilib, xullas kabi kirish bo`laklar bir fikrning ikkinchi bir fikrdan kelib chiqishi ,uning xulosasi ekanligini ko`rsatish uchun xizmat qiladi. Bulardan tashqari shekilli kirish bo`lagi va natijada , buning natijasida, nihoyat kabi birikmalar sabab va undan kelib chiqadigan natijani , shunday ekan Birikmasi esa xulosani ifodalaydi: Yer tagidan o`tkazilgan bu yo`l bemalol kirib chiqishim uchun imkon berdi va buning natijasida omborim ancha kengaydi. Dushmanlar Norbuvining payiga tushdi va nihoyat Norbuvi o`g`irlandi.
Payt munosabatini ifodalagan qo`shma gaplarda shundan buyon, shundan keyin, shu paytda , shunda, unda (va bu so`zlarning sinonimlari ) qo`llanadi . bu leksik elementlar gap bo`lagi vazifasini bajaradi va mazmunan qo`shma gapning ikkala qismini bog`lash uchun xizmat qiladi. Shundan buyon olmoshi qo`shma gapning har bir ikki qismidan anglashilgan harakat – holatning bir vaqtda boshlanib davom etishini ,qo`shma gapning qismidan anglashilgan harakat holat qachondan beri ro`y berib turishini, birinchi qism ikkinchi qismdan anglashilgan mavzuning ro`y berish chegarasini ko`rsatadi : Mashina qo`zg`olganda, bir g`ovur ko`tarildi-yu, keyin jimlik cho`kdi . Otasi o`lganiga 15 yil bo`ldi - shundan buyon har qanaqa ishni yig`ishtirib qo`ygan. Qo`shma gapni tuzishda va uning qismlari orasida ma`lum semantik munosabatlarning belgilanishida olmoshlarning (asosan ko`rsatish va nisbiy olmoshlarning ) alohida roli bor.Ayniqsa, bog`lovchisiz qo`shma gaplarda shu , u , shunday va boshqa ko`rsatish olmoshlari qo`shma gapni tuzuvchi va ma`lum mazmun munosabatlarini ifodalovchi yagona vositadir. Bu olmoshlar asosan qo`shma gapning birinchi qismida qo`llanadi va turli vazifada keladi: Mana illat qaerda, ayb ob – havoda emas, ayb mehnat intizomining yo`qligida. Shuni yaxshi biling: o`chmas nomingiz o`chmas bu bog`larda bosgan izingiz. Shunday ayollar bo`ladi: ular ishqni e`tiqod kabi muqaddas tutadilar. Izoh talab etuvchi olmoshlar ba`zan qo`shma gapning ikkinchi qismi tarkibida bo`ladi: Kozetani hushidan ketguncha urar - buning aybdori - xotin, u qish kunlari oyoq yalang yurar – buning aybdori – er edi. Iti bo`lmaganning yalog`i bo`lmas, sen shuni unutma. Bog`langan Qo`shmagaplarda ko`rsatish olmoshlari asosan gapning ikkinchi qismi tarkibida keladi: ergash , ayniqsa, shu kunlarda kecha-yu kunduz Xojiyaning uyida , ammo qiz buni boshqalarga oshkora qilishni istamaydi. Odamga andisha kerak, lekin undan ham ilgariroq insof kerak. ergash gapli Qo`shmagaplar tarkibida asosan niiiisbiy olmoshlar va ba`zi o`rinlarda ko`rsatish olmoshlari qo`llaniladi. Nisbiy olmoshlar asosan ergash gap tarkibida , ayrim hollarda bosh gap tarkibida qo`llaniladi. 4 Ko`rsatish olmoshlari odatda bosh gap tarkibida ( Siz shuni unutmangki, ...)yoki bosh va ergash gaplarning tarkibida bo`ladi. ( Bog` shunchalik meva berdiki, bunchalik hosil ko`pdan beri olinmagan edi). Bu bo`lak so`z va so`z birikmalari qo`shma gap kesimlari orasidagi mazmun munosabatlarini ifodalash hamda ularni biriktirish uchun qo`llaniladi, shu bilan birga , gapning ma`lum bo`lagi vazifasida keladi. Demak, ular o`z ma`nosiga ko`ra qo`shma gap qismlari orasidagi mazmun munosabatlarining belgilanishiga yordam beradi. Lekin ularni bu xususiyatlariga ko`ra bog`lovchi hisoblash mustaqil so`zlardan yordamchi so`zlar turiga o`tkazib yuborish to`g`ri bo`lmaydi. Ular o`zlarida lug`aviy ma`nolarini saqlaganligi va biror gap bo`lagi vazifasida kelish xususiyatlariga ko`ra mustaqil so`zlar guruhiga kiradi. 4. Ma`nosi bir – biriga nomunofiq yoki ma`nodosh so`zlarning ishtiroki bilan ham qo`shma gaplar tuziladi. a) ma`nosi bir – biriga nomunofiq bo`lgan so`zlar bir-biriga zid , muvofiq kelmagan mazmundagi gaplarni biriktiradi yoki shu mazmundagi gaplarni bir – biriga qiyoslaydi. Bunday so`zlar turli so`z turkumlari orqali ifodalanadi va gapning turli bo`laklari vazifasida keladi: Bulbul ketdi, gul qoldi. Haqiqat osmonda emas, Shermat, haqiqat yerda. O`zim bunda, ko`nglim unda.Siz keting bu mahalladan yo biz ko`chib ketamiz. Ayrim hollarda ma`lum so`zlarning bo`lishli va bo`lishsiz shakllari qo`shma gap qismlarini bog`lash uchun xizmat etadi: Bolali uy bozor , bolasiz uy mozor. Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim. b) mazmunan bir turkumni tashkil etgan so`zlar va sinonimlar asosan bog`lovchisiz qo`shma gapni tuzishda xizmat qiladi. Bu xil qo`shma gaplar bir paytda ro`y beradigan , biri ikkinchisini izohlovchi gaplardan tarkib topadi: Xotinimni ham kambag`allik yiqitdi, bu yerdagi og`ir ish nobud qildi.Bu so`zni eshitish bilan Nurining so`ngan umidi alangalandi, ko`kragi yoniq orzular bilan to`ldi. II. Gap bo`laklarining takrorlanishi . Qo`shma gapning har ikki qismida bir xil gap bo`lagi takrorlanishi mumkin. Bunda fikr o`sha gap bo`lagi ustida boradi, odatda, bu xil qo`shma gaplarning birinchi qismini ikkinchi qismsiz tushunish qiyin , ikkinchi qism esa mazmunan birinchi qismni talab etadi. Bir xil bo`lakning ikki gapda takrorlanishi har ikki gapning bir – biriga mazmunan yaqinlashtirib qo`shma gapni tashkil etadi. Fikr yuritilayotgan bo`lak qo`shma gapning birinchi qismi tarkibida bo`ladi, ikkinchi qismida esa shu bo`lak bir xil yoki turli shakl va vazifada takrorlanadi, ikkinchi qism umumiy mazmuni bilan takrorlangan bo`lakning mazmunini ifodalaydi, to`ldiradi yoki u qo`shimcha ma`lumot beradi. Takrorlanayotgan bo`laklar har ikki gapda bir xil yoki turli vazifada bo`lishi mumkin. Bu xil vazifada takrorlanganda , shu bo`lakning bir xil vazifasi va mazmuni ta`kidlanadi. Ma`lum paytda ro`y bergan, amaldagi muvoziy voqea, hodisa yoki belgi xususiyatlar ifodalanadi. Agar takrorlanuvchi gap bo`laklari turli vazifada bo`lsa, izohlash yoki qiyoslash munosabati ifodalanadi.Gap bo`laklari aynan takrorlanishi biror sinonim bilan almashishi mumkin. 5 Birinchi qism tarkibidagi bo`lak ikkinchi qismda ham o`z vazifasida qoladi: Vaqting ketdi – baxting ketdi. Mening domlam yo`q, domlam - ikki ko`zim. Suv keldi – nur keldi. Bunda ari keltiradi bol , Bunda qushlar topadi iqbol. Birinchi qism tarkibidagi bo`lak ikkinchi qismda boshqa vazifada keladi: Bir yigitcha ketmon bilan yer chopadi, ovozini qo`yib, ora – sira kuylaydi, daraxtlarda qushlar unga jo`r bo`ladi. O`ktam Komilaga savollar berar, qiz pishiq – pishiq javob qaytarar edi. Ba`zan ikkinchi gap tarkibida takrorlangan bo`lak ifodalanmasligi mumkin. Ammo takror bo`lakning mavjudligi umumiy kontekstdan va so`z aloqalaridan bilinib turadi, bu holat qo`shma gap tarkibidagi gaplarni yanada jipsroq bog`laydi: Mana senga olam –olam gul, etagingga siqqanicha ol. Do`st achitib gapirar, dushman kuldirib gapirar. Birinchi va ikkinchi qo`shma gaplarning ikkinchi qism tarkibidagi takrorlanuvchi zarur bo`lgan bo`laklar - undan, uni to`ldiruvchilari va uchinchi qo`shma gapning ikkinchi qismida kesim ifodalanmagan. Qo`shma gapning har ikki qismida kelgan bir xil gap bo`laklari qanday vazifada bo`lmasin fikr shu bo`lak ustida boradi, bevosita uning yoki u bilan bog`liq bo`lgan harakat – holat xususiyatlari to`g`risida fikr yuritiladi. III. Umumiy ikkinchi darajali bo`laklar. Qo`shma gapning tarkibidagi ikkinchi darajali bo`laklar qo`shma gapning har ikki qismi uchun umumiy bo`lishi mumkin. Bu holda gaplar uchun umumiy bo`lak faqat birinchi gap tarkibida qo`llanilib ikkinchi gapda ifodalanmaydi. Ammo umumiy kontekstdan , gap bo`laklarining morfologik belgilari orqali sezilib turadi: Gulning yuragi kuchli to`lqinlandi, butun gavdasini totli bir titroq bosdi. Bu qo`shma gapning birinchi qismi tarkrbidagi aniqlovchi ( Gulning ) har ikki qismi uchun umumiydir, aniqlovchining qo`shma gapning ikkinchi qismiga ham oid ekanligini aniqlanmish ( gavdasini ) ning tarkibidagi egalik qo`shimchasidan bilinib turadi. Bog`lovchisiz qo`shma gaplarni tashkil etgan qismining tarkibida umumiy bo`lakning bo`lishi qo`shma gap tarkibidagi gaplarni bir – biriga jips bog`laydi, biri bo`lmasa , ikkinchisini anglash qiyinlashadi ; shu asosda ixcham qo`shma gap qurilmalari vujudga keladi. Gapning har qanday ikkinchi darajali bo`lagi ham umumiy bo`lib kelishi mumkin. umumiy bo`lak – aniqlovchi. Qo`shma gapning har ikki qismi uchun aniqlovchining umumiy bo`lib kelishi ko`proq qo`llanadi. Odatda, qaratqichli aniqlovchigina umumiy bo`lishi mumkin, sifatlovchili aniqlovchilar esa takrorlanib keladi, chunki aniqlanmish tarkibidagi sifatlanmishga ishora bo`lgan biror grammatik belgi bo`lmaydi: Juvonning butun bergan dashnomi ham bir bo`ldi –yu, hozir bodiring uzgani ham bir bo`ldi. Uning kichik kiyik ko`zlari yomon yondi , dakkam –dukkam miyio`li labiari titrab ketdi. Umumiy darajali bo`lagi aniqlovchi bo`lgan qo`shma gaplarda bir paytda ro`y beradigan harakat – holat, xususiyat to`g`risida fikr yuritiladi yoki ular qiyoslanadi. 6
2 ) umumiy ikkinchi darajali bo`lak – to`ldiruvchi: Xotinimni ham kambag`allik yiqitdi, bu yerdagi og`ir ish nobud qildi. Siddiqjon “ unsur” kalimasini “ hukumatga qarshi ” degan ma`noda ishlatar, bu yerdagilar ham anglar edi. . . Umumiy ikkinchi darajali bo`lagi to`ldiruvchi bo`lgan qo`shma gaplarda ham bir paytda ro`y beruvchi voqea , hodisalar haqida xabar beriladi. 3) umumiy ikkinchi darajali bo`lak - hol: Sevinganidan ularni quchoqlab o`pdi, har ikkisining ko`zlari yoshlandi. Uyg`onganida suyaklari zirqirar, o`zini lanj sezdi. Umumiy ikkinchi darajali bo`lak birdan ortiq bo`lishi mumkin: a) aniqlovchi va hol: G`azabidan Mirzakarimboyning ko`zlari pir – pir uchdi, rangi oqardi. . . b) hol va aniqlovchi: Kechqurunga yaqin Gulnorning ruhi ancha yengillashdi, issig`i pasaydi, nafas olishi ham asta – sekin durustlandi. Odatda umumiy ikkinchi darajali bo`lak qo`shma gap tarkibidagi birinchi gapning tarkibida keladi. ega umulashgan holda kela olmaydi. Ma`lum qurilmaning har ikki qismi uchun bir ega bo`lsa, unday qurilma sodda yoki murakkab gap sanaladi, chunki bunday holda bir predmetning turlicha harakat- holati, xususiyati haqida hukm yuritiladi ,bunday hukmlar esa uyushgan hisoblanadi. Yuqorida ko`rsatib o`tilgan vositalar – qo`shma gap tarkibida ayrim bog`lovchi so`zlarning mavjudligi va ba`zi gap bo`laklarining takrorlanib yoki umumlashib kelishi qo`shma gapni yaratishda grammatik belgi rolni o`ynamaydi, ular grammatik xarakterga ega emas. Ammo o`z ma`nolariga ko`ra ular ikki gapni mazmunan biriktirishda va qo`shma gapni vujudga keltirishda katta rol` o`ynaydi, demak, semantik grammatik vazifani o`taydi. Bog`lovchisiz qo`shma gapning qismlari uchun ikkinchi darajali bo`lakkina umumiy bo`lib qolmay, kesim tarkibidagi yordamchi yoki to`liqsiz fe`llar ham umumiy bo`lib kelishi mumkin. Bunday o`rinlarda bir- biri bilan jips bog`langan qurilmalar vujudga keladi: Bostirmada chiroq pastlatilgan, tevarak- atrofda hamma yotish taraddudida, kimdir allaqachon xurrak otar edi. Qo`shma gap tuzishda va ma`lum bir mazmun munosabatlarning ifodalanishida qo`shma gap qismlari kesimlarining zamon munosabati ham katta rol` o`ynaydi. Kesimlarning ma`lum zamon munosabatda bo`lishi bilan ma`lum bir mazmun ifodalanadi. Qo`shma gap qismlari kesimlari asosan bir xil zamon shaklida bo`lib , bir- biriga shaklan mos keladi. Bu zamon shakllari fe`lning aniqlik , buyruq, shart mayllari , sifatdosh va ot kesimlar orqali ifodalanadi. Ot kesimlar hozirgi zamon ma`nosida qo`llanadi. Qo`shma gap qismlari kesimlarining bir xil zamonda bo`lishi asosan, bir paytlik, ayiruv va qisman qiyoslash – zidlash munosabatini ifodalagan qo`shma gaplarga xosdir. Ba`zi hollarda zamon ko`chirilishi mumkin: Aziz do`stim, seni juda ko`rgim keladi, sog`indim. (Sh. R.) Sabab–natija va ketma-ketlik munosabatini ifodalagan qo`shma gaplarda qismlarning kesimlari mazmunan turli zamon shaklida bo`lishi zarur bo`lsa-da, amalda har ikki qismning kesimlari bir xil zamon shaklida bo`ladi. Biroq mazmunan qismlardagi harakat – holat turli zamonda ro`y beradi: Sotvoldini qidirib ketganlardan biri yarim kechada qaytib keldi va u keltirgan shum xabar butun qishloqni tikka turg`azdi. Bu qo`shma gap qismlarining kesimlari bir xil zamon shaklida bo`lishiga sabab shundaki, birinchi qismdagi harakat – holat oldin bajarilsa- da, u tugallanmay , ikkinchi qismdagi harakat – holat bilan barobar davom etadi. Qo`shma gap qismlarinig kesimlari turli zamon shaklida bo`lishi, asosan, qiyoslash – zidlash munosabatini ifodalagan qo`shma gaplarga xosdir. Qiyoslash munosabatini ifodalash uchun bog`lovchi so`zlar qo`llanmaganda, kesimlarning turli zamon shakli va ma`nosida bo`lishi qo`shma gapni tashkil etgan gaplarning mazmunini bir – biriga qiyoslaydi yoki zid qo`yadi. Kesimlari turli zamon shaklida bo`lgan qo`shma gaplarda qiyoslash munosabatini vujudga keltiruvchi boshqa vositalar ham qo`llanishi mumkin, bu holda qiyoslash yoki zid qo`yish munosabati yanada bo`rttiriladi: a) Qo`shma gap qismlarining kesimlari hozirgi va kelasi zamon shakli hamda mazmunida bo`ladi: To`g`ri, O`ktam menga yoqadi, biroq hammadan burun odamning ishi kerak. ( O. ) b) Qo`shma gap qismlarining kesimlari kelasi va hozirgi zamon shaklida bo`ladi: endi u o`z tojiga chovut solgan ikki ofatning qo`llarini kesib tashlamog`i kerak. Lekin unda kuch va g`alabaga ishonch yo`q. ( O. ) v) Qo`shma gap qismlarining kesimi hozirgi va o`tgan zamon shakli va mazmunida: ehtimol, bundan hech narsa chiqmas, shunday bo`lsa ham sizga aytgimiz keldi. g ) Qo`shma gap qismlarinig kesimlari kelasi va o`tgan zamon shakli va mazmunida: Hozir uncha bilinmaydi - yangi kelgansiz. . . d) Qo`shma gap qismlari kesimlarining o`tgan zamon va kelasi zamon shakli va mazmuni qiyoslanadi : Mayli siz yashirdingiz, ammo men yashirmayman. Download 37.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling