Murodulla mirzaev
Download 1.97 Mb.
|
O'quv qo'llanma-3
1923-yildan keyin Turkiya
1924-yil 3-martda Usmoniylar xalifaligi butunlay tugatildi. 1924-1934 – yillarda davlat tuzilishi, huquqiy munosabatlar, madaniy va maishiy sohalarda islohotlar o'tkazilgan. Davlat konstitutsiyasi qabul qilindi, mulusmon madrasalari va shariat asosida tashkil etilgan diniy sud tartiblari tugatildi. So'fiylik ta'limotiga tayangan darvesh “orden”lari va ularga e'tiqod qiluvchi muridlar ta'limi amalga oshiriladigan takkalar yopilgan. Yevropa taqvimi va yil hisobi joriy etilgan, Yevropa namunasidagi fuqarolik kodeksi qabul qilingan va bu bilan shu paytgacha amal qilib kelgan musulmon huquqi bekor qilingan, shu jumladan, ko'p xotinlilik ham. Yangi jinoiy va savdo kodekslari qabul qilingan, cherkov davlatdan ajratilgan, arab yozuvidan lotin yozuviga o'tilgan, mahalliy organlar, keyinchalik parlament saylovlarida xotin-qizlarga saylash huquqi berilgan. Mamlakatda iqtisodiy sohada ham ijobiy ahamiyatga molik tadbirlar o'tkazilgan. Xususan, iqtisodiyoni boshqarishda davlatning ustuvor roli ta'minlangan, turk iqtisodiyotining chet el kapitali ta'siridan qutulishi choralari ko'rilgan. Davlat tasarrufidagi mulklarni chet el sarmoyadorlariga berish haqidagi shartnomalarning bir qismi bekor qilingan, kontsessiyalar bir qismi sotib olingan. Milliy banklar tashkil etilgan, bir qator temir yo'llar va port inshootlari, sanoat muassasalari qurilgan. Bu ulkan ishlarni amalga oshirish uchun 1932-yilda Turkiyaga sovet davlati uzoq muddatli va foydali kredit bergan, Kayseri va Nazillada yengil sanoat korxonalarini barpo etish uchun texnik yordam ko'rsatgan. 1925-yil dekabrda SSSR bilan Turkiya o'rtasida do'stlik va betaraflik haqida bitim imzolangan. Biroq Turkiyaning sanoat rivojlanishi og'ir industriyani yarata olmagan. Buning sababi, avvalo, ichki bozorning torligi va milliy sanoatning yuksalishi deb baholangan. Shuningdek, Ota turk rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakat hayotida dinning ta'sirini kuchaytirish tarafdori bo'lgan feodal-klerikal hamda chet el kapitali bilan ichki bozor o'rtasida vositachilik qiluvchi komprodor unsurlarning jiddiy qarshiligiga duch kelgan. 1926-1927 – yillarda ro'y bergan hukumatga qarshi bunday ochiq-oydin chiqishlar shafqatsiz bostirilgan. Turk milliy burjuaziyasi iqtisodiy-siyosiy mavqeining barqarorlashuvi, chet el kapitali bilan aloqasining rivojlanishi va jamiyatda sinfiy qarama-qarshilikning keskinlashuvi - Turkiya hukmron doiralari ichki siyosatida eski davrni qo'msovchi konservativ va reaktsion tendentsiyaning kuchayishiga saba bo'lgan. Ular kapitalistik taraqqiyot yo'lidan borayotgan qishloq xo'jaligini quvvatlagan holda, agrar sohada tub islohotlar o'tkazilishiga qarshilik ko'rsatgan. Yangi tashkil etilgan va kengaytirilgan eski sanoat korxonalari hisobiga soni ko'paygan ishchilar sinfi bu davrda oddiy huquqlardan hali ham mahrum edi. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling