Murodulla mirzaev
Download 1.97 Mb.
|
O'quv qo'llanma-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masul muharrir
Mirzayev Murodulla. Mamlakatshunoslik (Turkiya geografiyasi, tarixi, madaniyati va davlat tuzumi). Oliy ta'lim muassasalarining: 5231000-Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo'yicha); 5610300-“Turizm” (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha sharq tillari bilan) va 5611500-Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (sharq tillari) yo'nalishlari talabalari uchun o'quv qo'llanma. – Toshkent, 2020. – 213 bet.
Mas'ul muharrir: Filologiya fanlari nomzodi, dotsent J.Shabanov Taqrizchilar: Tarix fanlari bo'yicha PhD O.Ernazarov Tarix fanlari nomzodi, dotsent M.Haydarov Ushbu o'quv qo'llanma Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti O'quv-uslubiy kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan (3.12.2020 yil, № 3 bayonnoma). 1 Levante - O‘rta yer dengizining sharqiy qismidagi Suriya, Livan, Isroil, Iordaniya, Misr, Turkiya kabi davlatlarning umumiy nomi – “quyoshning chiqishi” maʼnosini anglatgan. 1 Purusxanda (Burushxanda) — Kichik Osiyoda joylashgan eng qadimgi xett shahar-davlatlaridan biri bo‘lib, miloddan avvalgi III ming yillik – miloddan avvlagi II ming yillik oralig‘ida mavjud bo‘lgan. Keyinchalik xettlar tomonidan bosib olingan va Xett podsholigiga qo‘shilgan. Hozirgi Turkiyaning Tuz ko‘li janubidagi Ko‘nya va Niʼde viloyatlari hududida bo‘lgan. 2 Qadimgi Xett imperiyasi – Kichik Osiyoda barpo etilgan qudratli podsholik. Miloddan avvalgi III - II ming yilliklarda xettlarda urug‘chilik tuzumi yemirila boshlagan. Bu jarayonning tezlashishida miloddan avvalgi XX - XYIII asrlarda kirib kelgan semit savdo koloniyalarining taʼsiri kuchli bo‘lgan. Miloddan avvalgi 1680-1500 yillarda hukm surgan. 3 Pankus – podsho huzuridagi harbiylar majlisi. Dastlab unga podsho urug‘iga mansub oliy martaba egalari kirgan. Qadimgi podsholikning miloddan avvalgi 1650-1500 – yillarida uning safi kengayib, podshoning qarindosh-urug‘lari, boshqa yaqinlari bilan birga harbiylar ham kira boshlagan xalq majlisi. Uning faoliyatiga zodagonlar rahbarlik qilgan. 1 Tuliya – Xett podsholigidagi oqsoqollar kengashi. Unga podshoning aka-ukalari va o‘g‘illari kirgan. Ular vazir, podsho maslahatchi, qo‘shin qo‘mondoni, shahar va viloyatlar hokimi vazifalarini bajargan. 1 Mitanni - Shimoliy Mesopotamiya va unga tegishli hududdagi armanlashgan, qadimgi Xurrit davlati podshohi. Uning aholisi xurrit va semitlardan tashkil topgan bo‘lib, keyinchalik xurritlar arman millatining asosini tashkil etgan. 1 Mirza - kotib 1 Gomer – miloddan avalgi YIII asrda yashagan qadimgi grek ertakchi-shoiri, “Iliada” va “Odisseya” epik poemalari muallifi. 1 Troya urushi – ellinliklar bilan osiyoliklar o‘rtasida miloddan avvalgi XIII-XII asrlar orasida “dengiz xalqlari” tufayli ro‘y bergan afsonaviy urush. Yunon eposlari “Iliada” va “Odisseya”da bayon qilinishicha, Miken shohi — Agamemnon boshchiligida axeyyalik shohlar ittifoqining Troyaga qarshi olib borgan 10 yillik urushi. Axeylarnnng Troyani zabt etishi bilan tugagan. 2 Galatiya – hozirgi Turkiya (Anado‘lu)ning 1 Strabon - Qadimgi Rim Gretsiyasining antik tarixchisi va geografi. Hozirgi Turkiyaning Amasiya shahrida tug‘ilgan. U 80 yil umr ko‘rib, o‘zi yashagan davr haqida qimmatli geografik va tarixiy maʼlumotlar qoldirgan mashhur “Geografiya” asari muallifi. 2 Kryoz – miloddan avvalgi 560-546 – yillardagi Lidiya podshohi. 1 Nomadizm - ko‘chmanchi chorvachilikka xos xo‘jalik faoliyati 1 Hind-ariy lahjasida gaplashadigan, Hindiston, Pokiston va Shri-Lanka, Bangladesh, Nepal va Maldiv orollarida, shuningdek, Afg‘onistonda yashaydigan xalqlar vakillari.. 1 Xunnlar – Oltoy turidagi qabilaviy guruh bo‘lib, 370-yilda Markaziy Osiyodan Sharqiy Yevropaga bostirib kirgan turklar ajdodlari. 1 Salibchilar – XI – XV asrlarda G‘arbiy Yevropadan asosan musulmonlarga qarshi uyushtirilgan salb yurishlarida ishtirok etgan Yevropa ritsarlari. 1096-1272 yillarda xristianlikning muqaddas joylarini ozod qilish maqsadida saljuqiy turklarga qarshi Falastinga qilingan yurishlar - salb yurishlarnining bir yo‘nalishi. 2 Nikey - salibchilar tomonidan Konstantinopol olinganidan keyin 1204-1261 yillarda Anatoliyaning shimoli-g‘arbida shu nom bilan mavjud bo‘lgan yirik davlat. Nikey imperatorlari o‘zini Vizantiyaning haqiqiy imperatorlari deb hisoblagan. 1 Ellinlashgan aholi – Aleksandr Makedonskiy vafotidan (miloddan avvalgi 324-yil) Rim imperiyasi hukmronligi o‘rnatilgunga qadar (miloddan avvalgi 30-yil) O‘rta Yer dengizi atrofidagi grek bo‘lmagan xalqlarga grek tili, madaniyati, urf-odat va anʼanalarini majburan qabul qildirish oqibatida shakllangan xalq. Ellinlashtirishdan ko‘zlangan asl maqsad – greklarning jahon imperiyasini o‘rnatishi bo‘lgan. Noyob inshootlarning grek uslubida shinam va hashamatli qilib barpo etilishi, grek madaniyatining targ‘ib qilinishi kabi yo‘nalishlarda olib borilgan... 1 Varvarlar – grek bo‘lmagan, begonalar degan maʼnoga ega. Bunday qarash rimliklarda ham bo‘lgan. Yaʼni, rimlik bo‘lmaganlarni varvarlar deyilgan. Odatda, bosqinchi va tajovuzkorlarga nisbatan ishlatilgan. Atama bosqinchi qabila tilini tushunmagan greklarning taʼrifi bo‘lishi mumkin. 2 Vestgotlar – III asr o‘rtalariga kelib ostgotlar va vestgotlarga bo‘linib ketgan qadimgi german qabilalarining g‘arbiy (vest) qanoti. Ular ham 370 yilda ro‘y bergan Buyuk Ko‘chishda ishtirok etgan. Shu yili G‘arbiy Rim imperiyasining bo‘linib ketishidan boshlab, G‘arbiy Yevropa tarixida muhim rol o‘ynagan. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling