Murodulla mirzaev


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.97 Mb.
bet90/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

1. Turkiya-O'zbekiston aloqalarining ustuvor yo'nalishi nima?

2. Turkiya davlat boshqaruvi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlari haqida nimalar bilasiz?

3. Turkiya-O'zbekiston aloqalarining istiqboli qanday?

4. R.Erdo'g'on Turkiya tashqi siyosatida qanday o'zgarishlar amalga oshirdi?

XY Mavzu. XXI ASR BOShIDA TURKIYA

DAVLAT BOShQARUVI TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR
2014 yil 10 avgustda Turkiya Prezidentligi uchun bo'lib o'tgan saylovlarda Rejep Tayyib Erdo'g'on g'olib chiqdi va prezidentlik lavozimiga saylandi. 2018 yil bo'lib o'tgan navbatdan tashqari saylovlarda yana prezident etib saylangan.

2017 yil 16 aprelda Turkiyada Konstitutsiyaviy referendum bo'lib o'tgan. Unda Konstitutsiyaga 18 ta o'zgartish kiritish masalasi qo'yilgan. Bu o'zgartish Turkiyani Parlament Respublikasi shaklidan Prezidentlik Respublikasi shakliga o'tkazishni ko'zda tutgan. Shuningdek, Prezidentlik hokimiyatini mustahkamlash, Bosh Vazirlik lavozimini tugatish, Parlament deputatlari sonini ko'paytirish, Sudьyalar Oliy Kengashi tizimida islohotlar o'tkazish kabi masalalar ham kun tartibidan joy olgan edi.

Boshqaruvning Prezidentlik shaklini joriy etishni Adolat vaziri Jemil Chichek 2005-yilda taklif etgan edi. Bu taklif o'shi yillari Bosh Vazir lavozimida bo'lgan Rejep Erdo'g'an tomonidan ma'qullangan bo'lgan. O'sha pyatdan boshlab “Adolat va taraqqiyot” partiyasi a'zolari bu taklifni ilgari surib kelgan. 2011-yil saylovlarda g'alaba qozongan “Adolat va taraqqiyot” partiyasi Konstitutsiyani isloh qilish haqidagi takliflarini rasmiylashtirib, parlamentga taqdim etgan edi. Ikki yil davomida muhokama qilingan ushbu takliflar asosida bosh qonunning 60 ta moddasi tayyorlangan. Biroq hokimiyatlar bo'linishi, prezident vakolatlari, nomarkazlashtirish, ona tilidagi ta'lim va amaldagi konstitutsiyaning respublika asoslarini tavsiflab beruvchi birinchi to'rtta modda yuzasidan kelib chiqqan ixtiloflar tufayli 2013-yil noyabrda “Adolat va taraqqiyot” partiyasining yangi konstitutsiya matnini ishlab chiqish bo'yicha tuzilgan partiyalararo qo'mita tarkibidan chiqishi va dekabrda bu qo'mitaning rasman tarqalishi bilan yakunlangan.

2015-yil noyabrda bo'lib o'tgan saylovlarda 317 mandatni qo'lga kiritgan “Adolat va taraqqiyot” partiyasi dasturida prezidentlik respublikasiga o'tish haqidagi takliflar yana ilgari surilgan. Bu takliflarning qabul qilinishi uchun deputatlar umumiy sonining 3/5 qismi yoqlab ovoz berishi talab qilingan.

2016-yilning oxirida parlamentdagi “Millatchi harakat partiyasi” avval mamlakatning parlament boshqaruvi shaklidan voz kechish haqidagi takliflarga qarshi chiqqan bo'lsa-da, endi “Adolat va taraqqiyot” partiyasi bilan bitta ittifoq tuzib, konstitutsiyaviy islohotlar o'tkazish takliflarini ma'qullagan. Bu qonun loyihasi 2016-yil 30-dekabrda Parlament qonunchilik qo'mitasi tomonidan ma'qullangan, 2017-yil 20-yanvarda Parlament tomonidan 339 ovozga qarshi 142 ovoz bilan tasdiqlangan. “Xalq demokratik partiyasi” bu takliflarni hatto, baykot qilgan. Unga ko'ra konstitutsiyaga 18 ta o'zgartirish kiritilgan. Ular quyidagilar:

- Sud tizimining xolisligi;

- Parlament a'zolarining 550 dan 600 gacha oshirilishi;

- Parlament saylovlarida deputatlikka nomzodlar yoshining 25 dan 18 ga tushirilishi, harbiy xizmat haqidagi majburiyatning olib tashlanishi, harbiylarning saylovlarda ishtirok etishining taqiqlanishi;

- Parlament vakolat muddatining 4 yildan 5 yilga uzaytirilishi;

- Parlamentning vazirlarni so'roq qilishi, ularni javobgarlikka tortishi, ayrim hujjatlarni qabul qilishga majburlashi kabi holatlarning bekor qilinishi;

- Vazirlarning parlamentda savollarga og'zaki javob berishining bekor qilinishi;

- Prezident bo'lish uchun avvalgi parlament saylovlarida saylovchilarning kamida 5 % ovozini olgan hech bo'lmasa bitta partiya tomonidan qo'llanishi va prezident bo'lib saylangach, partiyadagi a'zoligini to'xtatishining shart emasligi;

- Prezidentning bir vaqtning o'zida ham davlat va ham hukumat boshlig'i bo'lishi bilan birga vazirlar va vitse-prezidentni ishga olish va ishdan bo'shatish, referendum o'tkazish huquqiga ega bo'lishi;

- Agarda prezident tomonidan jinoyat sodir etilgan taqdirda, deputatlar umumiy sonining 3/5 qismi ovozi bilan tergov harakatlarini boshlashi, tergov natijalaridan kelib chiqib deputatlar umumiy sonining 3/5 qismi ovozi bilan prezident ishining Oliy sudda ko'rilishini talab qilishi;

- Prezidentning bir yoki bir necha vitse-prezidentni tayinlashi, mabodo prezidentlik vakant bo'lib qolgan taqdirda 45 kun ichida prezident saylovlarini o'tkazish;

- Prezident va deputatlar umumiy sonining 3/5 qismi ovozi bilan muddatidan oldin prezidentlik va parlament saylovlarini o'tkazish;

- Parlament roziligi bilan favqulodda holatlar joriy etish;

- Harbiy sudlarni bekor qilish;

- Sudlar va prokurorlar kengashini isloh qilish;

- Yil tugashiga 75 kun qolganida prezidentning parlamentga yil byudjetini taqdim etishi;

- ba'zi ijroi vakolatlarining hukumatdan prezidentga o'tishi;

- keyingi prezident va parlament saylovlarining 2019-yil 3-noyabrga belgilanishi, agarda navbatdan tashqari parlament saylovini o'tkazish zarurati tug'ilsa u bilan birga prezident saylovini ham o'tkazish;

- ushbu o'zgartirishlarning navbatdagi saylovlardan keyin kuchga kirishi va hokazo.

Referendum natijalariga ko'ra 51 % elektorat taklif etilgan o'zgartishlarni ma'qullab ovoz bergan.

O'zgartishlar 2019-yil 3-noyabrda bo'lib o'tadigan Prezidentlik saylovlaridan keyin kuchga kiritilishi lozim bo'lgan. Biroq R.Erdo'g'on 2018-yil 24-iyunga navbatdan tashqari Prezident saylovlarini belgilaydi va 52 % dan oshiq ovoz olgan “Adolat va taraqqiyot” (AKP) rahbari sifatida g'alabaga erishadi, davlatni boshqarish vakolatiga ega bo'ladi.

Shu davrdan e'tiboran Turkiya Parlamenti deputatlari soni 600 nafarni tashkil etmoqda.

Prezidentlikka nomzodini qo'yganlar quyidagilar edi:

- Rejep Tayyip Erdo'g'on - “Adolat va taraqqiyot” partiyasi;

- Muxarrem Inje – Jumhuriyat xalq partiyasidan;

- Selaxattin Demirtash – Xalq demokratik partiyasidan;

- Meral Akshener – “Yaxshi” partiyasidan;

- Temel Qoramo'lla o'g'li – “Baxt” partiyasidan;

- Do'g'u Perinchek – Vatan partiyasidan.

Saylov natijasida ovozlar soni quyidagicha taqsimlangan:

- Rejep Tayyip Erdo'g'on – 52,59 %;

- Muxarrem Inje – 30,64 %;

- Selaxattin Demirtash – 8,40 %;

- Meral Akshener – 7,29 %;

- Temel Qoramo'lla o'g'li – 0,89 %;

- Do'g'u Perinchek – 0,20 %.

Mazkur saylovlarda “Adolat va taraqqiyot” partiyasining asosiy muxolifi Jumhuriyat xalq partiyasi edi. Uning rahbari Muxarrem Inje kuchli muxolif bo'lgani uchun ovozlar nisbati teng bo'lib qolgan taqdirda 8-iyulga mo'ljallangan qayta saylovda shu ikki nomzodning chiqishi ehtimoli bildirilgan edi. Biroq mo'jiza yuz bermadi, Rejep Tayyip Erdo'g'on bir vaqtda ham prezident, ham Bosh vazir vakolatini qo'lga kiritib, “cheklanmagan hokimiyat”ga ega bo'ldi. Turkiya esa prezidentlik respublikasiga aylandi, parlament vakolati ta'sirsiz holatga keltirildi.


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling