«musiqa nazariyasi» kafedrasi


Download 237.77 Kb.
bet42/47
Sana31.03.2023
Hajmi237.77 Kb.
#1311223
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
МДХ маърузалар матни тайёр

Nazorat uchun savollar:

  1. Jubanovning qozoq musiqasiga qohsgan xissasi nimada?

  2. Eng mashxur asarlari qaysi?



Mavzu: Ozarbayjon musiqa
madaniyati

Ozarbayjon turli xalqlar avlodiga mansub bo'lib, o'zining uzoq o'tmishiga va milliy madaniyatlariga egadir. Ozarbayjon xalqining ijtimoiy hayoti negizida janrlarga boy bo'lgan ana'naviy madaniy merosi to'plangan. Ular asosan turmush tarzi qo'shiqlaridan iboratdir.


Ozarbayjon hududidan topilgan qoya rasmlari, arxeologik materiallar bu erda musiqani juda qadimdan paydo bo'lganini ko'rsatadi. Ozarbayjonda mehnat qo'shiqlari, tarixiy qo'shiqlar va lirik qo'shiqlar keng tarqalgan. Bu qo'shiqlar Ozarbayjon xalqining eng sevimli qo'shiqlaridir. U yerda qo'shiqlar ko'pincha yakka holda, ba'zan esa guruh bo'lib ijro etiladi.
Ozarbayjon xalqi musiqiy cholg'ularga ham juda boy. Xalq orasida Tutek, Tuluk zurna, Bulamon, Du-du, Kamoncha, Surnay, zarb bilan chalinadigan nog'ora, qo'sh nog'ora, soz, tor, Daff, Gabal kabi milliy musiqiy cholg'ular keng ommalashgan.
Musqiy misol: «Qizil gul» (Ozarbayjon xalq musiqasi)
Ozarbayjonda o'rta asrlardayoq maqomlar rivojlana boshlagan. Ozarbayjon maqomlari nazariyasini U. Hojibekov yozgan. U. Hojibekov Fuzuliy dostoni asosida «Layli va Majnun» operasini 1913 yilda yozgan. Bu opera Ozarbayjon musiqa ijodida juda katta iz qoldirgan. Ozarbayjonda 1921 yilda konservatoriya va 1-nota xalq cholg'u asboblari orkestiri tashkil qilindi. 1938 yili esa 1-simfonik orkestr tashkil qilindi. Ozarbayjonda 1927 yilda R.Glierni «Shoh sanam» operasi sahnada qo'yildi. U tomoshabinlar qalbida musiqaga bo'lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi. Bundan tashqari U. Hojibekovning 1937 yilda yozilgan «Go'ro'g'li» operasi Ozarbayjon musiqa san'ati rivojida muhim voqea bo'ldi. Q. Qoraboev, U. Hojibekov, F. Amirov, G. Bulbul o'gli, M.Madaminovlarning hissalari beqiyos bo'ldi. Hozirgi kunda Bakuda U. Hojibekov nomidagi konservatoriya, M. F. Omunov nomidagi opera va balet orkestri, SH.Qurbonov nomidagi musiqali komediya teatri, aShula va raqs ansambli faoliyat ko'rsatmoqda. Ozarbayjonda Davlat musiqa akademiyasi, 6ta musiqa bilim yurti, 73 ta musiqa maktabi mavjud. Ozarbayjon va o'zbek xalqlari sohasida qadimdan hamkorlik qilib kelishgan. 1950 yillarning ohirida o'zbek kompozitori M. Burhonov jo'rsiz hor uchun qayta ishlangan xalq qo'shiqlari Ozarbayjonda bu turdagi hor musiqasi taraqqiyotiga turtki bo'ldi.

Download 237.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling