OLIY TA'LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI SAN'ATSHUNOSLIK FAKULTETI "Musiqa ta'limi" ta'lim yo'nalishi 65-20 guruh talabasi Sobirova Karomatning "Musiqa tarixi" fanidan 2022-2023 o'quv yili VI-semestrida Ustozona musiqa mavzusida tayyorlagan TAQDIMOTI GULISTON-2023 REJA - Musiqa Sanʼati tarixi
- Ustoz Shogirt anʼanalari davomiyligi
- Shashmaqom Maqom yoʻllari haqida
- Musiqiy meʼrosimizni tiklash
- 1918-yildan boshlab madaniyat va san'at ishlarini davlat o‘z ixtiyoriga oldi. Milliy madaniyat va san'atni yuksaltirish sohasida hokimiyat turli qarorlar qabul qildi va ularni amalda joriy etishga astoydil kirishdi.
- 1919-yilda Turkiston respublikasi Xalq maorif tashkiloti qaramog‘ida teatr bo‘limi ochildi va uning zammasiga quyidagi vazifalar yuklandi:
- Mazkur bo‘limning boshlig‘i lavozimiga Iskandar Valijonov tayinlandi. 1920-yil 28-aprelda esa “Musiqa – etnografiya” bo‘limi ham ochildi. Bu bo‘limga atoqli kompozitor va etnograf (kelgusida O‘zbekiston va Turkmaniston xalq artisti) V.A.Uspenskiy, uning o‘rinbosari qilib atoqli kompozitor – etnograf N.N.Mironov va bo‘lim xodimi qilib, atoqli shoir – dramaturg G‘ulom Zafariylar tayinlandilar. Zikr qilingan ikki bo‘lim birgalikda reja asosida ish olib borib, o‘zbek xalqini musiqiy va teatr merosini ilmiy o‘rganish, to‘plash va targ‘ibot qilish ishlari bilan band bo‘ldilar. Yillar davomida bu bo‘limlar turli tadbirlar o‘tkazdi va o‘zbek xalq san'atini targ‘ibot qilib keldi.
- 1920 – 1930 yillarda musiqa va teatr san'atlarining zamonaviy ruhda rivojlanishiga ma'lum imkoniyatlar yaratib berishga turli moliyaviy va ma'naviy choralar, yordamlar hokimiyat tomonidan berib turildi. O‘zbekistonning poytaxti va barcha viloyatlardagi zavod – fabrika, yirik korxonalar, o‘rta – ta'lim maktablarida, o‘rta va oliy hunar dargohlarida ashula va raqs ansambllar hamda teatr to‘garaklari birin – ketin paydo bo‘la boshladi. Ularning soni juda ham ko‘p edi. Bu havaskorlik to‘garaklarning ayrimlari kelgusida professional teatr, konsert tashkilotlarini bunyodga kelishida tamal toshini qo‘ydilar va iste'dodli san'at arboblari yetishib chiqishga ham zamin yaratdilar.
- Оg’zaki an’anadagi professional musiqa yo’llari. O‘zbek xalqining asrlar davomida an'ana bo‘lib kelgan milliy musiqiy san'atining jozibali, kishini maftun etadigan olam – olam zavq-u shavq bag‘ishlaydigan, estetik ruhni boyitadigan xalq hofizlarini xizmat o‘rinlari beqiyosdir. Mazkur jarayonda XIX asrning oxiri XX asr boshlarida yashagan va ijod qilgan milliy musiqiy san'atimiz namoyandalari yangi tuzumda ham xalqqa faol xizmat qildilar. Masalan, Toshkentda mashhur hofiz Shorahim Shoumarov bir guruh sozandalar ansambli asosida 1918-yili “Sanoyi nafisa” nomli birinchi kasaba uyushma tuzib, shahardagi jamiyki san'atkorlarning huquqlarini himoya qilish va musiqiy san'atni xalq orasida targ‘ibot qilishda tashabbuskorlik qildi. Uning rahbarligida tuzilgan ansamblda, ustozi Mulla To‘ychi Toshmuhammedov, Ilhomjon dutorchi, Karimbek Xo‘ja g‘ijjakchi, Shoborot – tanburchi, Ilyosxo‘ja – changchi va ularning shogirdlari: Yunus va Risxi Rajabiylar, g‘ijjakchi bastakor Imomjon Ikromov, kamonchi bastakor Po‘lat Raximov, dutorchi Abdusoat Vahobov, hofizlar Shoqosim, Shoolim, Shoakbar Shojalilovlar kabi san'at ustalari xalqqa faol xizmat qildilar. Ustoz Shorahim Shoumarovning chorsu bozori yonida joylashgan ansambli va Yunus Rajabiyning “Chaqar” mahalla choyxonasida tuzgan ansambli yosh havaskor san'atkorlar uchun haqiqiy musiqa maktabi bo‘ldi.
- Аn’anaviy musiqa ijodining tarixiy ko’rinishlari. 1918-yili “Turkiston Xalq konservatoriyasi” nomli musiqiy o‘quv dargohi tashkil topdi. Uning tashkilotchilari fizika, matematika o‘qituvchilari, havaskor violonchelchi A.M.Popov va skripkachi E.A.Chernyavskiylar mazkur o‘quv dargohini ochish niyatlarini matbuotda e'lon qildilar. E'londa ko‘rsatilgan muddatda Toshkentda istiqomat qilayotgan san'atkorlardan 32 kishi musiqadan yoshlarga dars berishga o‘z xohishlarini bildirlar. Xalq konservatoriyasi ish faoliyatini reja asosida boshqarish maqsadida 9 kishidan iborat Kengash tuzildi. Kengash raisi lavozimiga shifokor, kompozitor, dirijyor I.Gizler-Arskiy, bir yildan so‘ng xonanda V.A.Karelin, kengash kotibi lavozimiga E.A.Chernyavskiy va a'zolariga kompozitor, dirijyor N.N.Mironov, kompozitor V.A.Uspenskiy, xormeyster V.F.Sakovich, violonchel cholg‘usi ijrochisi general V.M.Kox, A.M.Popov va konservatoriyaning xo‘jalik ishlarini olib borishga D.A.Lukonin saylandilar.
- Mazkur Xalq konservatoriyasining asosiy vazifasi xalqqa musiqadan boshlang‘ich ma'lumot berish, birorta cholg‘u-sozda ijro etishni o‘rgatish va xonandalik mutaxassisligidan saboq berishdan iborat edi. O‘qish muddati va dasturi aniq belgilanmaganligi sababli har bir o‘qituvchi tashrif buyurgan o‘quvchi-talabaning qobiliyati va imkoniyatini nazarga olgan holda dars berganlar. Birinchi o‘quv yili musiqada o‘qishni xohlaganlarning soni 500tadan oshib ketdi. Ikkinchi o‘quv yilida esa 1000ga yaqinlashdi. O‘quv xonalari yetishmasligi sababli konservatoriyaning bir nechta filiallari tashkil etila boshlandi. Xususan: Toshkent temiryo‘lining ishchi va xizmatchi xodimlari uchun 1919-yili “Privokzalnaya” nomli bo‘lim (filial) ochilib, bu bo‘limni xormeyster V.F.Sakovich boshqardi. O‘sha yili Toshkentning baland masjid rohat bog‘ida “Eski shahar” bo‘limini kompozitor V.A.Uspenskiy boshqardi. U eng avval mashhur hofiz Shorahim Shoumarov bilan tanishdi. Ta'lim jarayoni ikki yo‘nalishda joriy etildi, ya'ni o‘zbek xalq musiqasini og‘zaki o‘zlashtirish hamda nota uslubi va ko‘p ovozli musiqa nazariyasini o‘rganishdan iborat edi.
Foydalanilgan adabiyotlar - Sh.M.Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” Tosh 2021y
- Oʻzbek musiqasi tarixi Tuzuvchi Solomonova T.E. Tosh nashriyoti
- Jahon musiqasi tarixi R.Tursunova G.Tursunova Toshkent Voris Nashriyoti 2017
- Musiqa va Inson maʼnaviyatis T. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi 2000y
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |