Muskul sistemasi uning tuzilishi va vazifalari


Download 19.43 Kb.
bet2/5
Sana20.12.2022
Hajmi19.43 Kb.
#1039091
1   2   3   4   5
Bog'liq
Muskul sistemasi uning tuzilishi va vazifalari

Bosh muskullari. Bosh muskullari asosan yuzda joylashib, chaynash va mimika muskullariga bo'linadi. Chaynash muskullari ovqatni chaynash va gapirish vaqtida pastki jag'ni harakatga keltiradi. Bu muskullarga chakka muskuli, chaynash muskuli, ichki va tashqi qanotsimon muskullar kiradi. Bu muskullar bir uchi bilan pastki jag'ga birikadi.
Mimika muskullari qisqarganda yuz mimikasi o'zgaradi. Yuzda burmalar, ajinlar paydo bo'ladi. Og'iz, burun, quloq va ko'z kosasi atrofida joylashgan mimika muskullari bu teshiklarni kengaytiradi yoki toraytiradi. Bundan tashqari, mimika muskullari gapirish, chaynash va nafas olishda ishtirok etadi. Bu muskullar kalla suyaklaridan boshlanib, bosh va yuz terisiga yopishadi. Mimika muskullariga Peshana muskullari, qoshlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi muskul, ko'zning doiraviy muskuli, og'izning doiraviy muskuli, yuqori labni ko'taruvchi va pastki labni tushiruvchi muskullar, lunj muskuli va boshqallar kiradi.
Bo'yin muskullari. Bo'yin sohasida muskullardan tashqari, hiqildoq, kekirdakning bosh qismi, qalqonsimon bez, xalqum, qizilungach, yirik tomirlar nervlar joylashadi. Bo'yin muskullari yuza va chuqur muskullarga bo'linadi. Bo'yinning yuza muskullariga: teri osti muskuli, to'sh - o'mrov- so'rg'ichsimon muskul va til osti muskullari kiradi. Shulardan to'sh- o'mrov –so'rg'ichsimon muskul yaxshi rivojlangan. Bu muskul to'sh va o'mrov suyaklaridan boshlanib, chakka suyagining so'rg'ichsimon o'sig'iga yopishadi. To'sh - o'mrov- so'rg'ichsimon muskul qisqarganda bosh orqaga engashadi, to'sh suyagi ko'tarilib, ko'krak qafasi kengayadi. Til osti suyagi muskullari til osti suyagidan yuqoriroqda va pastroqda joylashadi. Til osti suyagidan pastroqda to'sh-til osti, to'sh-qalqonsimon, qalqonsimon til osti va ko'krak -til osti muskullari bor. Ovqat yutilganda va so'zlashilganda bu muskullar til osti suyagi hamda hiqildoqni pastga tushiradi. Til osti suyagidan yuqoriroqda qo'sh qorinchali, jag'- til osti, bigizsimon o'siq- til osti va engak-til osti muskullari joylashadi. Bu muskullar ovqatni chaynash va gapirishda ishtirok etadi. Bo'yinning chuqur muskullariga bo'yin va boshning uzun muskullari, oldingi, o'rta va orqadagi narvonsimon muskullar kiradi. Bo'yin va boshning uzun muskullari bo'yin umurtqalarining oldingi tomonida joylashib, bu muskullar qisqarganda umurtqa pog'onasining bo'yin qismi va bosh oldinga engashadi. Narvonsimon muskullar qovurg'alarni ko'taradi va nafas olishga yordam beradi.

Download 19.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling