Muskul sistemasi uning tuzilishi va vazifalari


Download 19.43 Kb.
bet5/5
Sana20.12.2022
Hajmi19.43 Kb.
#1039091
1   2   3   4   5
Bog'liq
Muskul sistemasi uning tuzilishi va vazifalari

Oyoq muskullari. Oyoq muskullari chanoq va oyoqning erkin muskullariga bo'linadi. Oyoq muskullari odam xilma-xil harakatlar qilishiga va tanasini ko'tarib turishiga yordam beradi. Chanoq muskullari chanoq suyagining ikchi va tashqi tomonida joylashadi. Chanoq suyakning ichki tomonidagi muskullarga: yonbosh-bel muskuli, noksimon muskul va ichki yopqich muskul kiradi. Chanoq suyagining
tashqi tomonida: dumbaning katta, o'rta va kichik muskullari bor. Dumba muskullari uch qavat joylashgan, katta dumba muskuli tashqi tomonda, o'rta dumba muskuli uning ostida va eng pastda kichik dumba muskuli joylashadi. Bemorlarni davolashda ba’zi dorilar dumba muskullari orasiga yuboriladi. Chanoq muskullari chanoq va son bo'g'imini harakatga keltiradi: bukadi, yozadi, oyoqlarni aniqlashtiradi va uzoqlashtiradi.
Oyoqning erkin skeleti muskullariga son muskullari, boldir va oyoq panjasi muskullari kiradi. Son muskullari oldinga, ichki (medial) va orqadagi muskullar gruppachasiga bo'linadi. Son suyagining oldingi tomonida tikuvchi muskul va sonning to'rt boshli muskuli bor. Sonning to'rt boshli muskuli yaxshi rivojlangan bo'lib, son suyagining oldingi va tashqi (letaral) tomonini egallaydi. Bu muskulning to'rtta boshi bitta umumiy pay yordamida katta boldir suyagining g'adir-budur joyiga yopishadi. Pay orasida tizza qopqog'i joylashgan. Sonning to'rt boshli muskuli tizza bo'g'imini yozadi. Sonning oldingi tomonida, chov boylamidan pastroqda uzunligi 2-2,5 sm bo'lgan son kanali bor. Patologik holatda ichki organlar teri ostiga shu kanaldan o'tib, son churrasi hosil qilish mumkin.
Tizza bo'g'imining orqa tomoni tizza osti chuqurchasi deb ataladi. Bu chuqurchadan yirik qon tomirlari va nervlar o'tadi. Sonning medial (ichki) tomonidagi taroqsimon muskul, yaqinlashtiruvchi muskul nozik muskul va boshqallar son suyagini yaqinlashtiradi, bukadi, boldirni bukib, ichkariga aylantiradi. Sonning orqadagi muskullari asosan sonni yozib, boldirni bukadi, ichkariga va tashqariga aylantiradi. Bu muskullarga sonning ikki boshli muskuli, yarim pay muskul va yarim parda muskullar kiradi.
Boldir muskullari oldingi, lateral (tashqi) va orqa muskullariga bo'linadi. Boldirning olidingi muskullariga: katta boldirning oldingi muskuli, barmoqlarni yozuvchi uzun muskul va bosh barmoqni yozuvchi uzun muskul kiradi. Lateral (tashqi) tomonda kichik boldirning uzun muskuli va kichik boldirning kalta muskuli joylashadi. Boldirning orqa tomonida muskul ikki qavat joylashadi: yuza va chuqur muskullar. Yuza muskullarga boldirning uch boshli muskuli kiradi. Bu muskul boldir muskuli bilan kambalasimon muskulning birikishidan hosil bo'ladi. Boldirning uch boshli muskuli axillov payi yoki tovon payi holatida tovon suyagiga yopishadi. Chuqur muskullar barmoqlarning bukuvchi uzun muskul, kalta boldirning oldingi muskullariga qarama-qarshi harakat qiladi.
Download 19.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling