Muskul sistemasi uning tuzilishi va vazifalari


Download 19.43 Kb.
bet4/5
Sana20.12.2022
Hajmi19.43 Kb.
#1039091
1   2   3   4   5
Bog'liq
Muskul sistemasi uning tuzilishi va vazifalari

Orqa muskullari. Orqa muskullari yuza va chuqur muskullar gruppasiga bo'linadi. Orqaning yuza muskullari asosan qo'l skeleti suyaklariga birikadi. Bunday muskullarga: trapetsiyasimon muskul, orqaning serbar muskuli, kurakni ko'taruvchi muskul, rombsimon muskul, orqaning yuqorigi va pastki tishli muskullari kiradi.
Trapetsiyasimon muskul orqaning yuqori qismida, ko'krak suyagi bilan umurtqa pog'onasi o'rtasida joylashadi. Bu muskul qisqarganda ko'krak suyagi umurtqa pog'onasiga yaqinlashadi. Orqaning serbar muskuli ko'krak qafasining yon tomonida, orqaning pastki qismida joylashadi. U qisqarganda qo'llar orqaga ketadi, ko'tarilgan qo'l pastga tushadi. Orqaning yuqori va pastki tishli muskullari qovurg'alarni ko'tarib tushirishi bilan nafas olish va chiqarishda ishtirok etadi.
Orqaning chuqur muskullariga qisqarganda boshni burib, orqaga engashtiradigan engashtiradigan kamar muskuli va tanani rostlovchi dumg'aza o'tkir qirrali o'siq muskuli kiradi. Chuqur muskullarning ikkinchisi dumg'aza va yonbosh suyagidan, bel umurtqalarining o'tkir qirrali o'siqlaridan boshlanib, ensa suyagigacha keladi. Yo'l-yo'lakay umurtqalarning o'tkir va ko'ndalang o'siqlariga, qovurg'alarga yopishadi.
Qo'l muskullari. Qo'l muskullari yelka kamari va erkin qo'l skeleti muskullariga bo'linadi.
Yelka kamari juda harakatchan bo'lib, u yuqoriga, pastga, oldinga va orqaga qarab harakat qilishi mumkin. Ko'krakda, orqada va bo'yinda joylashgan muskullar yelka kamarining siljishiga ta’sir etadi. Shu bilan birga yelka sharining xususiy muskullari ham bor. Bu muskullarda delьtasimon muskul, qirra usti va qirra osti muskullari, kichik va katta yumaloq muskullar va ko'krak osti muskuli kiradi. Yelka kamari muskullarining eng yirigi delьtasimon muskuldir. Yelka kamari muskullari qo'ltiq chuqurchasini hosil qiladi, chuqurchada juda ko'p limfa tugunlari bor, undan qon tomirlari va nervlar o'tadi. Erkin qo'l skeleti muskullari yelka, bilak va qo'l panjasi muskullaridan iborat. Yelka muskullari oldingi va orqadagi muskullar gruppasiga bo'linadi. Oldingi gruppaga yelkaning ikki boshli muskuli, tumshuqsimon o'siq - yelka muskuli va yelka muskuli kiradi. Bu gruppadagi muskullar yelka va tirsak bo'g'imini bukadi.
Yelka muskullarining orqadagi gruppasi yelkaning uch boshli muskulidan iborat. Bu muskulning bir boshi ko'krak suyagidan, qolgan ikki boshi esa yelka suyagidan boshlanib, tirsak suyagining tirsak o'sig'iga yopishadi. Uch boshli muskular qisqarganda yelka va tirsak bo'g'imi yoziladi.
Bilak muskullari ham oldingi va orqa gruppaga bo'linadi. Oldingi gruppa muskullari qo'l panjasi va barmoqlarni bukadi. Shu bilan birga bu muskullar bilak va qo'l panjasini tana tomonga aylantiradi (pronatsiya). Orqadagi muskullar qo'l panjasi va barmoqlarni yozadi, bilak va qo'l panjasini tashqariga aylantiradi(supinatsiya) va bosh barmoqni panjadan chetga tortadi.
Qo'l panjasi muskullari faqat kaft yuzasida joylashgan bo'lib, uch gruppaga bo'linadi: bosh barmoq tepachasining muskullari, o'rta gruppa va jimjiloq tepachasi muskullari. Bu muskullar barmoqlarni harakatga keltiradi. Qo'l panjasi muskullarining bir qismi pishiq fibroz plastinka-kaft aponevrozi bilan qoplangan.

Download 19.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling