Mustaqil-is pdf
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
mustaqil-ish3 compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Urug’chilar.
Mikrosporogenez.Changchining rivojlanishi. Changchilar
gulo’mida dastlab mayda do'm boqchalar shaklida hosil bo’ladi. Do'mboqchaning rivojlanish davrida avval changdon, keyin iplari hosil bo’ladi. Hosil bo’layotgan changchilar bir qavat epidermis bilan qoplangan. Changdon epidermisining ichki arxesporial hujayrasining kariokinez bo’linishi natijasida diploid xromasomali hujayralar paydo bo’ladi. Har bir diploid hujayra meyoz bo’linib, gaploid xromosomali hujayra to’rttadan yosh hujayra hosil bo’ladi. Hujayralar rivojlanib changni hosil qiladi. Chang ikki qavat ekzina va intina po’st bilan o ’ralgan bo’lib, ichida vegetativ va genarativ hujayradan iborat bo’ladi. Urug’chilar. Gulning markazida bitta yoki bir nechta urug’chilar bo’ladi. Urug’chining kengaygan qismi tuguncha, uzaygan qismi ustuncha va og’izchadan iborat. Urug’chilar ginetsey deb ataladi. Urug’chi tugunchasida urug’ kurtak rivojlanadi, tuguncha urug’ kurtakni himoya qiladi va namlikni saqlab turadi.Urug’chi bir yoki bir necha meva bargining birlashishidan hosil bo’ladi. Ayrim hollarda bir nechta meva bargi birlashib bir butun alohida mustaqil urug’chini hosil qilish hollari ham kuzatiladi. Bitta gulda bir necha meva bargdan vujudga kelgan mustaqil bir-biri bilan birlashmagan urug’chilar apokarp urug’chi (ayiqtovon, suvyig’ir, magnoliya singari o’simliklar) va bir necha meva bargning yon tomonlari bilan birlashib bir butun urug’chi hosil qilgan urug’chilar to ’plami senokarp urug’chi deb yuritiladi. Senokarp ginetsey meva barglaming birlashishiga qarab uch guruhga bo’linadi: senokarp ginetsey birlashgan meva barglar ko’p xonali (uyali, bo’limli) tuguncha hosil qiladi; parakarp ginetsey birlashgan meva barglari bir xonali (uyli, bo’limli) tuguncha hosil qiladi; lizikarp ginetsey birlashgan meva barglar bir butun tuguncha hosil qiladi. U rug’chi og’izchasi va ustunchasi ham turli o’simliklarda turlicha bo’ladi. O g’izchaning ustki tomoni g ’adir-budur bo’lib yopishqoq suyuqlik ajratib changni ushlab olishga moslashgan. Ayrim o’simliklarda ustuncha qisqarib og’izcha tugunchani ustida joylashadi, masalan ko’knorida. Ayrim o ’simliklarda ustuncha uzun bo’ladi, bunday ustunchalar shamol yordamida changlanadigan o’simliklarda masalan g ’alladoshlarda uchraydi. Tuguncha ichida bitta yoki bir nechta urug’ kurtak joylashgan bo’lib, ular urug’ bandi bilan tugunchaning ichki devorlariga birikadi. Urug’kurtak murakkab tuzilgan, uning ichki tomoni nutsellus, tashqi tomonidan ikki qavatli integument bilan qoplangan. Integument urug’kurtakni butunlay qoplab olmaydi, balki bir joyida chang yo’li - mikropile bo’ladi. Chang naychasi urug’lanish uchun ana shu yo’l orqali urug’kurtak ichiga kiradi. U rug’kurtakning mikropilega qarama-qarshi tomoni xalaza deb ataladi. Har xil tuzilishdagi urugchilar A,B, V- turli shaklda birlashgan (sinokarp), G- birlashmagan (apokarp). 1- tuguncha,2- ustuncha, 3- og'tcha. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling