Mustaqil-is pdf
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
mustaqil-ish3 compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oddiy to ’pgullarga
Makrosporogenez. U rug’ kurtak avvalo kichik do'm boqchalar
shaklida mevachi barglardan vujudga keladi. Bu do'm boqchalar dastlab nutsellus, keyin ichki integument va so’ng tashqi integumentni hosil qiladi. Epidermis ostidagi hujayralar qavatining bitta eng yirik hujayrasi reduksion bo’linib, ikkita hujayra hosil qiladi. Bu hujayralar oddiy bo’linish yo’li bilan to ’rtta hujayra-makrospora hosil qiladi. Makrosporalar nutsellus o ’qi bo’ylab, ostin-ustin qator bo’lib joylashadi. So’ng yuqorigi uchta hujayra nobud bo’ladi, pastkisi o ’sib murtak xaltachasini hosil qiladi. Murtak xaltachasining yadrosi ketma-ket uch marta mitoz bo’linish orqali 8 ta yadroni hosil qiladi va ular mikropile bilan xalaza tomonida 4 tadan joylashadi. So’ngra har ikki tomonidan bittadan hujayra markazga kelib qo’shiladi va markaziy diploid xromosoma naboriga ega markaziy hujayrani hosil qiladi. Murtak xaltachasining xalaza tomonida 3 ta antipod hujayralar, mikropile tomonida 1 ta tuxum hujayra va ikki yon tomonida sinergid hujayralar deb ataladi. Shu bilan makrosporogenez jarayoni tugallanadi. To’pgullar Tabiatdagi gullar ichida yakka gullar kamroq bo’lib, to ’pgullar ko’proq uchraydi. Yakka gullarga lola, lolaqizg’aldoq, ko’knori va boshqalar misol bo’ladi. Gullar to’p-to’p holda joylashib, to ’pgullami hosil qiladi. Tabiatda yakka gullarga qaraganda to ’p gullaming ahamiyati katta. Chunki birinchidan ular ko’zga tashlanib, hashoratlami o ’ziga jalb qilib, ular chetdan changlanadi. Chetdan changlanishda hosildorlik yanada oshadi. Ikkinchidan to ’pguldagi gullar bir vaqtda ochilmay, birin-ketin ochiladi. Shuning uchun tabiiy ofatlarda ulaming bir qismigina nobud bo’ladi. T o’pgul deb bitta umumiy bandda joylashgan mayda gullaming yig’indisiga aytiladi. T o’pguldagi gullar oddiy gullarga qaraganda yaxshi changlanadi. T o’pgullar oddiy va murakkab bo’ladi. Agar to’pgulda to ’pgul o ’qi shoxlangan bo’lsa, murakkab to’pgul, shoxlanmagan bo’lsa oddiy to ’pgul deb ataladi. Oddiy to ’pgullarga: boshoq, shingil, so’ta, kuchala, qalqon, ro’vak, soyabon, savatcha, boshcha kiradi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling