Mustaqil-is pdf


Har xil sporali plaunlar -


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana01.04.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1316250
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
mustaqil-ish3 compressed

Har xil sporali plaunlar -
Selaginellales
Selaginellalar 700 ga yaqin tumi o’z ichiga oladi. Bu o’simliklar asosan 
nam tropik mintaqalarda tarqalgan. Hayotiy shakli o’t o’simlik bo’lib, 
poyasining uzunligi 0,5-3 metrgacha etadi. Ammo ba’zi lianasimon 
vakillari 18-20 metrgacha ham o’sishi kuzatiladi. Poyasining shoxlanishi 
monopodial va dixotomik tarzda. Barglari poyada to’rt qatorli bo’lib 
joylashadi. Poyaning uchki qismi spora hosil qiladigan boshoqchalami 
hosil qiladi. Boshoqchalarda makro va mikrosporalar etiladi. 
Selaginellada ham sporofit nasi ustun hisoblanadi. Gametofit nasli ikki 
uyli, bir jinslidir. Urug’lanish sodir bo’lgandan keyin yangi sporofit nasi 
selaginella rivojlanadi. 
Selaginellalaming xo’jalik va tibbiyot sohasida ahamiyati yo’q, ammo 
ayrim turlari manzarali o’simlik sifatida ekib o’stiriladi.
Plaunlarning poyasi dixatomik ravishda shoxlanishi bilan boshqa 
sinflardan farq qiladi. Qirqquloqsimon-lilar 3 xil yo‘lda ko‘payadi:
1. Vegetativ


2. Jinssiz
3. Jinsli
Vegetativ ko‘payish ildizpoyalar yordamida bo‘ladi. Jins-siz 
ko‘payish sporalar yordamida,jinsli ko‘payish jinsiy 
organlar yordamida bo‘ladi. Qirqquloqsimonlilarda oldin jinssiz, 
so‘ngra jinsli ko‘payish bo‘ladi. Moxlarda aksincha edi. 
Qirqquloqsimonlilarda jinsiy organlar o‘simtalarda taraqqiy etadi. 
O‘simtalar 1 uyli yoki 2 uyli 1 jinsli bo‘lishi mumkin. Otalanish 
protsessi yog‘ingarchilik vaqtida bo‘ladi. Otalangan tuxum xujayradan 
jinssiz nasl-sporofit o‘sib chiqadi. Sporofit - bu ildiz,poya,bargli xaqiqiy 
o‘simlikdir. Jinssiz nasli-sporofitda sporangiya xujayralarning reduksion 
yo‘lda bo‘linishi natijasida sporalar xosil bo‘ladi. Sporalar shamol 
yordamida tarqaladi. Agar sporalar bir xil bo‘lsa, undan 2 jinsli o‘simta 
o‘sib chiqadi. Sporalar xar xil bo‘lsa 2 uyli 1 jinsli o‘simta o‘sib chiqadi. 
Sporalar katta va kichik bo‘lishi mumkin. Kichik sporalarni Mikrospora, 
katta sporalarni Makrospora deyiladi.
Mikrosporalar mikrosporangiyalarda,makrosporalar esa 
makrosporangiyalarda taraqqiy etadi. Mikrosporadan otalik o‘simtasi 
o‘sib chiqadi. Bu otalik o‘simtada Anteridiyalar taraqqiy etadi. 
Makrosporadan onalik o‘simtasi o‘sib chiqadi. Unda Arxegoniyalar 
taraqqiy etadi.
O‘rmon qirqquloqining ildiz poyasidan gijja 
xaydaydigan ekstrakt tayyorlanadi. Qirqbo‘g‘imnning poyasi siydik 
haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Apteka plaunning sporasi 
detskaya pudra va pilyula tayyorlashda, bir biriga yopishib qolmasligi 
uchun sporadan sepiladi. Og‘ir sanoatda metallarni quyishda,qolipga 
sporasi solib quyiladi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling