Mustaqil-is pdf


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/17
Sana01.04.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1316250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
mustaqil-ish3 compressed

POYA BARGLI MOXLAR
Poya bargli moxlarda xaqiqiy poyasi va 
bargi bor. Ildizi bo‘lmaydi. Ildiz vazifasini rizoidlar bajarib turadi. Bu 
sinfga vakil qilib "Kakku zig‘iri, Kukushkin lyonni olamiz. Kakku zig‘iri 
MDXning o‘rmon zonasida, ba’zan botqoqliklarda o‘sadi. Bo‘yining 
uzunligi 40 sm gacha boradi. Bargi ko‘ndalang kesimida tashqi 
tomonidan epidermis bilan qoplangan. Bargida mexanik va 
assimilyatsion to‘qimalarni uchratish mumkin. Kakku zig‘irida xaqiqiy 
poya va barg bor, ildiz bo‘lmaydi, ildiz vazifasini rizoidlar 
bajarib turadi. Rizoidlar mineral moddalarni yerdan olish uchun 
yordam beradi. Kakku zig‘iri 3 xil yo‘lda ko‘payadi.
1. Vegetativ
2. Jinsli
3. Jinssiz
Vegetativ ko‘payishlar rizoidlar yordamida bo‘ladi. Oldin jinsli 
so‘ngra, jinssiz ko‘payish bo‘ladi. Kakku zig‘iri marщansiyaga o‘xshash 1
jinsli, 2 uylik o‘simlik hisoblanadi.1 ta ekzemplyarda arxegoniyalar 


taraqqiy etadi. 1 ta ekzemplyarda anteridiya taraqqiy etadi. Onalik 
kakku zig‘irining bo‘yi uzun, otalik kakku zig‘irining bo‘yi bir oz 
kaltaroq bo‘ladi. Otalik ekzemplyarida anteridiyalarni o‘rab turgan qizil 
bargchalar parafizalar bo‘ladi. Bu qizil bargchalarni perianti deyiladi. 
Anteridiya uzun xaltachaga o‘xshash bo‘ladi. Anteridiyalar 
2 xivchinli, xarakatchan spermatazoidlarni vujudga keltiradi. 
Arxegoniyaning shakli kolbaga o‘xshash bo‘lib, ular ham parafizalar 
bilan o‘ralgan. Otalanish protsessi suvning yordamida bo‘ladi. Suvda
suzib yurgan spermatozoidlar kelib arxegoniyaga yopi-shadi. Bo‘yni 
orqali kirib, tuxum xujayrani otalantiradi. Natijada embrion xosil 
bo‘ladi. Embrion ko‘p xujayrali sporogonga aylanadi. Sporogon band 
tashkil etadi. Shu xolicha u qishlaydi. Kelgusi yili sporogonning bandi 
cho‘zilib ketib,poyadagi bargdan uzoqlashadi. Sporogonning yuqori 
tomonida qalpoqchasi bo‘ladi. Bu qalpoqcha sporogonni sovuqdan 
va issiqdan saqlab turadi. Baxorda bu qalpoqcha tushib ketadi. 
Qalpoqcha ostidagi qalpoqcha esa sporogonning 
uchki tomonini yopib turadi. Sporogon ichida sporangiya xujayralari
taraqqiy etadi. Sporangiya xujayralarning reduksion bo‘linishi natijasida
sporalar vujudga keladi. Sporalar yetilgandan so‘ng sporangiya devori
yoriladi. Sporogonning qopqoqchasi ochilib, sporalar tarqalib 
ketadi. Sporalar juda mayda, sariq rangli bo‘ladi. Sporalar qulay 
joyga tushib qolsa, kakku zig‘iriga aylanadi. Sporalar fiziologik 
jixatidan har xil. 1 ta sporadan otalik kakku zig‘iri, 2-sporadan onalik 
kakku zig‘iri vujudga keladi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling