Ko’k-yashil suv o’tlar-Cyanophyta
Ko’k- yashil suv o’tlar eng sodda tuzilishga ega bo’lgan, bir hujayrali yoki koloniya
bo’lib yashovchi organizmlami o’z ichiga oladi. Bu suv o’tlaming tarkibida xlorofill
pigmentidan tashqari ko’kimtir tus beruvchi fikotsian pigmenti mavjud. Ko’k yashil
suv o’tlar asosan chuchuk suvlarda, zah yerlarda, soylarda o’sadi. Ba’zi vakillarini
esa issiq buloqlarda va dengizlarda ham uchratish mumkin. Suv o’ti hujayrasi
tashqi tomondan pektinli po’st bilan o’ralgan bo’lib, ichida protoplazma, va
hujayra shirasi mavjud, haqiqiy yadrosi yuq. Ammo protoplazmasi ichida
sochilgan holda yadro moddasi bo’ladi. Ko’k yashil suv o’tlarda xromotofori ham
bo’lmaydi, pigmentlari esa hujayra shirasida erigan holda bo’ladi. 9
Zamburug’lar- Fungi
Tuban o’simliklaming xlorofilsiz va tuzilishi
juda xilma-xil bo’lgan turlariga zamburug’lar
deb ataladi. Barcha zamburug’lar geterotrof,
ya’ni tayyor organik modda bilan
to’yinadigan parazit va saprofit organizmdir.
Zamburug’ tanasi to’qilgan shakldagi rangsiz
gifa deb ataladigan ingichka iplardan iborat.
Zamburug’ tanasini hosil etgan barcha
gifalar majmuini mitseliy deyiladi. Mitseliy
bir hujayrali- bo’g’imlarga bo’linmagan va
ko’p hujayrali bo’g’imlarga bo’lingan bo’ladi.
Zamburug’ hujayrasi azotli po’st bilan
o’ralgan.
Hujayra ichida protoplazma,
hujayra shirasi va bitta yoki bir
nechta yadrodan iborat.
Zamburug’lar kraxmal hosil
qilmaydi, ammo uning o’miga
boshqa uglevod glikogen hosil
qiladi. Zamburug’lar vegetativ,
jinssiz va jinsiy yo’llar bilan
ko’payadi. Vegetativ ko’payish
mitseliylaming bo’laklarga
bo’linishi hisobiga,
Do'stlaringiz bilan baham: |