Mustaqil-is pdf


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/17
Sana01.04.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1316250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
mustaqil-ish3 compressed

Mustaqil Ish № 8
206- gurux talabasi
O’tkirjonova Laziza
Farmatsevtik botanika fanidan


Yuksak sporali o’simliklarning tuzilishi, ko’payishi va ahamiyati.
Yuksak sporali o’simliklar 415-430 mln.yil avval paydo bo’lgan o’sha 
davrlarda yashagan o’simliklar quruqlikka o’tgan o’simliklaming 
sharoiti tamomila farq qilgan. Havoda suvga nisbatan kislorod ko’p 
bo’lishi, shuningdek tuproqda mineral moddalar va suv bo’lishi 
hisobiga, o’simliklarda quruqlikka moslashish vujudga kelgan, shuni 
hisobiga ularda morfologik va anatomik tuzilishlari keskin o’zgara 
boshlagan. 
Moxsimonlar -Bryophita
Moxsimonlar hayoti davrida boshqa yuksak o’simliklar kabi nasi 
gallanishi qobiliyatiga ega bo’lgan avtotrof organizmdir. 
Moxsimonlarda gametofit nasi ustun bo’lishi bilan boshqa yuksak 
sporali o’simliklardan farq qiladi. Moxsimonlarning jinsiy nasli ko’p yillik
bo’lib, eng oddiy vakillari yer bag’irlab o’sadigan bargsimon qattanadan
iborat. Ayrim murakkab tuzilishga ega bo’lgan vakillari poya va 
barglardan tashkil topgan bo’lib, ildizlar o’mida ko’p hujayrali so’ruvchi 
tukchalar rizoidlar mavjud. 
Moxsimonlar yer sharining barcha hududlarida uchraydi, ayniqsa ser 
nam yerlarda, botqoqliklarda, o’rmonlarda keng tarqalgan. Bu 
o’simliklar ikki sinfga bo’linadi: jigarsimon va poya bargli moxlarga 
bo’linadi.
 Jigarsimon moxlarga oddiy marshansiya- Morchantia polymorpha 
kiradi. Marshansiya yer bag’irlab o’suvchi, bargsimon qattanadan 
iborat o’simlik. Tananing ustki tomoni epidermis bilan qoplangan bo’lib,
ustki epidermisida shamollatuvchi og’izchalar, xlorofilli, undan so’ng 
esa xlorofillsiz to’qimalar joylashgan og’izchalar to’rtta qamrovchi 
hujayra bilan o’ralgan. Pastki epidermisidan rizoidlar o’sib chiqib, ildiz 
vazifasini bajaradi.


Marshansiya (jigarsimon mox) A-
Urug'chi tanasi, B- changchi tanasi
V- tanachaning ко 'ndalang 
kesimi. 1- og 'izchaning ко 
'ndalang kesimi, 2- epiderma, 3- 
xlorofilli hujayra, G- og 'tchaning 
ustki tomonidan ко 'rinishi
Marshansiya ikki uyli, bir jinsli o’simlik. Bir tup marshansiyada otalik-
anteridiya, ikkinchi tupda onalik-arxegoniya rivojlanadi. Arxegoniyada 
tuxum hujayra rivojlanadi, anteridiyda esa spermatozoidlar rivojlanib, 
yomg’irli sharoitda bu spermatozoidlar harakatlanib arxegoniydagi 
tuxum hujayrani urug’lantiradi. Urug’langan tuxum hujayradan, ya’ni 
zigotadan jinssiz sporofit nasi rivojlanadi. 
Sporofit nasl ko’sakcha ko’rinishida bo’lib, uni sporogoniy deb ataladi. 
Sporogoniyda hujayralaming meyoz bo’linishi natijasida gaploid 
sporalar etilib, sporogoniy yorilishi natijasida tashqariga chiqib 
tarqaladi. Qulay sharoitga tushgan sporadan ipsimon protonema hosil 
bo’ladi va undan yangi gametofit naslli marshansiya o’simligi o’sib 
chiqadi. Marshansiyada nasi galllanishi bir yilda bir marta sodir bo’ladi. 
O’simlikda vegetativ ko’payish ham kuzatiladi. Bunda qattana ustidagi 
xaltacha ichida kurtaklar hosil bo’ladi va kurtaklardan ma’lum vaqtdan 
so’ng yangi marshansiya o’sib chiqadi. 
Poya bargli moxlarga kakku zig’iri, funariya, sfagnum kabi moxlami 
kiritamiz. 
Kakku zig’iri - Polytrichum commune asosan shimoliy mintaqalardagi 
botqoqliklarda, o’rmonlarda ko’p uchraydi. O’simlikning balandligi 40-
50 sm ga etadi. Kakku zig’iring gametofit nasli shoxlanmagan, 15 sm 


keladigan poya va spiral holatda zich joylashgan bargchalardan iborat. 
Ildiz o’rninga gorizontal holatda joylashgan rizoidlari mavjud. 
Poyasining markazida konsentrik tuzilishga ega bo’lgan o’tkazuvchi 
to’qima bog’lamlari traxeya va elaksimon naylardan iborat. Poya tashqi
tomondan skleroderma- po’stloq va rangsiz hujayralar gialodermadan 
tuzilgan. Kakku zig’irining ko’payishi jinsli nasldan boshlanadi. 
Anteridiyda etilgan spermatozoidlar suv yordamida harakatlanib 
arxegoniydagi tuxum hujayrani urug’lantirib zigota rivojlanadi. 
Zigotadan jinssiz sporofit nasi hosil bo’ladi. Zigota reduksion bo’linishi 
natijasida gaploid xromosoma naboriga ega sporalarning hosil qiladi. 
Sporalar etilgach, qapqoqchali sporogoniy yorilib sporalar tashqariga 
sochiladi va qulay sharoitda yangi gametofit naslli kakku zig’iri o’sib 
chiqadi.
 Sfagnum yoki torf Sphagnum moxining poyasi uzun, lekin zaif sershox, 
mayda barglar bilan qoplangan. Poyaning tashqi tomonida 2-3 qavat 
tiniq hujayralar joylashgan bo’lib, ularda teshikchalar mavjud. Bu 
teshikchalarning vazifasi havodagi namlikni shimish. Bu hujayralar 
quriganda ularning ichi havoga to’ladi va oq rangga kiradi. Poyaning 
markazida yupqa po’stli parenxima hujayralar o’tkazuvchi va modda 
saqlovfchi vazifasini bajaradi. Sfagnum moxlarining bir uyli va ikki uyli 
vakillari ham uchraydi. Ko’payishi yuqoridagi moxlarga uxshab kechadi. 
Bu moxlar katta maydonlami botqoqliklarga aylantiradi. Quritilgan 
tofrlami qimmatbaho yoqilg’i sifatida qadimdan ishlatib kelinadi.
 Moxlarning jinsli nasli yaxshi taraqqiy etgan. Jinsli naslini gametofit 
deyiladi. Jinssiz nasli yomon taraq-qiy etgan. Jinssiz naslini sporofit 
deyiladi. Moxlar 3 xil yo‘lda ko‘payadi.
1. Vegetativ
2. Jinsli
3. Jinssiz


Jinsli va jinssiz ko‘payish gallanib turadi. Oldin jinsli, so‘ngra jinssiz
ko‘payish bo‘ladi. Jinsli ko‘pa-yish natijasida spora xosil bo‘ladi. 
Jinssiz ko‘payganda yangi o‘simlik xosil bo‘ladi. Moxlar 2 sinfga 
bo‘linadi:
1. Jigarsimon moxlar
Bularning ba’zi vakillarining 
tashqi ko‘rinishi jigarga o‘xshash bo‘ladi. Jigarsimon moxlar 
organlarga bo‘linmagan.
2. Poya va bargli moxlar
Bularda xaqiqiy poya va barg bo‘ladi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling