Mustaqil-is pdf


Xaltachali zamburug’lar -Ascomycetes


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/17
Sana01.04.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1316250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
mustaqil-ish3 compressed

Xaltachali zamburug’lar -Ascomycetes 
Bu sinf zamburug’lari 35 minga yaqin turni o’z ichiga olib, mitseliysining ko’p 
hujayrali va sporalari maxsus asklarda(xaltachalarda) hosil bo’lishi bilan 
xarakterlanadi. Eng sodda turlarida xaltacha to’g’ridan-to’g’ri zigotadan hosil 
bo’ladi. Mitseliyning ikkita xujayrasi bir-biri bilan qo’shilib hosil bo’lgan zigota 
xaltachaga aylanadi. Shuning uchun xam bu sinfga kiruvchi zambrug’lar xaltachali 
zambrug’lar deb ataladi. 


Xaltachali zamburug’laming sporalari yumaloq yoki 
to’g’nog’ich shaklida bo’lib, xaltachalar ichida 8 tagacha 
ascosporalar hosil bo’ladi. Bu xaltachalar zamburug’ning 
meva tana ustida yoki ichida zamburug’ ipchalaming zich 
chigalidan iboratdir. Askomitsetlaming meva tanasi har 
xil shaklda va har xil kattalikda bo’ladi. Ba’zi turlarning 
meva tanasi yassi likopchasimon bo’lib, uning ustida juda 
ko’p sporali xaltachalar tutash qatlam hosil qilib 
joylashadi. Bu meva tana apotetsiy deb ataladi. Boshqa 
vakillaming meva tanasi deyarli yopiq bo’lib, kolbaga 
uxshaydi. Xaltachalar shu xildagi tananning uzida turadi. 
Sporalar etilgandan keyin meva tananing yuqorigi tor 
teshigi orqali otilib chiqadi. Bunday meva tanaperitetsiy 
deb ataladi. 


Lishayniklar -Lichenes 
Lishayniklar simbioz organizm bo’lib, 
ikki organizmning zamburug’ va 
suvo’tining birgalashib yashashidan 
iboratdir. Bunday birga yashash ikkala 
organizm uchun foydalidir. Suvo’tlar 
tarkibida xlorofill bo’lgani uchun 
organik moddalami hosil qiladi va 
undan zamburug’lar foydalanadi 
zamburug’lar esa o’z navbatida 
suvo’tiga suv va unda erigan minera 
moddlarni etkazib beradi. Lishaynik 
tanasi tarkibida odatda xaltachali 
zamburug’, ba’zi tropii lishaynik 
tarkibida bazidiyali zamburug’lar 
uchraydi. Suvo’tlardan ese ko’k-yashil 
yoki yashil suvo’tlar uchraydi.


Lishayniklardagi zamburug’lar o’z 
xolicha jinssiz sporalar va jinsiy 
hujayralardan tashqari sorediya va 
izidiya hosil qilib ham ko’payadi. 
Sorediya juda mayda bo’lib, suvo’ti 
hujayrasini zamburug’ gifalari bilan 
o’rab oladi va ular tanadan ajralib 
shamol yoki yomg’ir orqali 
tarqaladi va mustaqil tanaga 
aylanadi. Izidiyalar lishaynik 
qattanasi ustida do’mboqchalar 
hosil qiladi va bu dumboqchalar 
ham ikki xil komponentdan 
tuzilgan bo’ladi.


Tashqi ko’rinish jihatidan lishayniklar po’stloqsimon, bargsimon ve shoxli 
lishayniklarga bo’linadi. Po’stloqsimon lishayniklarning tallomi substratga: 
tosh, qoyalarga yopishib turgan yupqagina po’stloqchag£ o’xshaydi. 
Bargsimon lishayniklar xuddi o’yiqli plastinkaga o’xshab, substratga 
tallomning pastki qismi bilan birikib turadi. Poyali lishayniklai ko’pincha 
shoxlangan ip yoki ustunchaga o’xshab, substratga asosi bilar birikib turadi. 
Lishaynik tanasi sirtdan zamburug’ning zich va o’zgargan gifalaridar hosil 
bo’lgan po’st bilan o’ralgan. 


Farmasevtika ta’lim va tadqiqot instituti

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling