Mustaqil-is pdf
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
mustaqil-ish3 compressed
Murakkab boshoqda - monopodial shoxlangan asosiy o’q
bo’lib, ikkilamchi o’qida oddiy boshoqchalar joylashgan. (bug’doy, arpa, javdar). Murakkab soyabon - bu soyabonlaming bir nechta yon shoxlari bo’lib, ular oddiy soyabonchalar bilan tugaydi (sabzi, shivit). Murakkab qalqon - bu aralash to’pgul bo’lib, asosiy o’qi oddiy qalqon, yon o’qlari savatcha yoki ikkinchi, uchinchi tartib qalqonchalardir.Masalan chetan, bo’ymadaron. Bulardan tashqari tabiatda murakkab to ’pgullar ikki xil to ’pgul yig’indisidan iborat bo’lishi mumkin. Bunday to’pgullar agregat to ’pgullar deb ataladi. Masalan, ro’vak, soyabon, ro’vak gul o ’qida oddiy soyabonlar joylashgan. Monopodial murakkab topgullar 1-murakkab boshoq, 2- kuchala, 3- murakkab soyabon, 4- rovakyoki murakkab shingil, 5- boshoqsimon rovak Simpodial topgullar. l-dixaziy, 2- changaksimon, 3 -pleyoxaziy Simoz - to’pgullar yuqorida qayd qilinganidek, asosiy gul o’qi qisqa bo’lib, uchi oldin ochiladigan gul bilan tugallanib, bazipetal (yuqoridan pastga) holda o ’sadi. Simoz to ’pgullar uch guruhga bo’linadi: 1. Monoxazi -g u l o ’qi gul bilan tugallanib gulning bir tomonida bitta yoki bir qancha gullar o’sib chiqadi. Monoxazi to ’pgullar gajak, ilon izi shaklda bo’lishi mumkin. a) Gajak to ’pgul o’qi bir tomonlama o’mashib buralgan to’pguldir, ulami kampirchopondoshlar oilasining vakillarida ko’rish mumkin. b) Ilonizi to’pgulining o’qi ikki tomonlama birin ketin o ’mashgan bo’lib, iloniziga o ’xshaydi. Bu xildagi to ’pgul mingdevona (Hyocyamus) o ’simligida uchraydi. 2.Dixazi yoki ayri to ’pgul. T o’pgulning asosiy o’qi gul bilan tugaydi. T o’pgul o ’qining yonidan bir-biriga qarama-qarshi joylashgan ikkita o ’qi o’sib chiqadi, bulaming har biri gul bilan tugaydi. So’ng ulaming yonlaridan yana ikkita to ’pgul o’qi o’sadi, bular ham gul bilan tugallanadi. Demak, dixaziy to’pgulida soxta dixotomik shoxlanishni ko’ramiz. Bu xildagi to’pgul chinniguldoshlar oilasining vakillarida uchraydi. 3.Pleyxazi yoki soxta soyabon to’pgul. Pleyxazi to ’pgulning asosiy o’qi ancha qisqargan bo’lib, uning atrofida doira holida o’rnashgan bir qancha o’qlardan tashkil topgan to ’pgullar joylashadi. Buni sutlamadoshlarga mansub o’simliklarda uchratamiz. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling