Mustaqil-is pdf
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
mustaqil-ish3 compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir xil sporali qirqquloqlar-Filicales
Qirqquloqsimonlar-
Polypodyophita Qirqquloqsimonlaming hozir 300ga yaqin avlodiga oid 10 000 ga yaqin turi bor. O’lkamizda ulaming lOOga yaqin turi mavjud, qazilma holatda ham ko’p turlari aniqlangan. Qirqquloqsimonlaming paydo bo’lib yashagan davri qirqbo’g’imlilar davriga to’g’ri kelib ular birgalikda qalin nam o’rmonlami hosil qilganlar. Qirqquloqsimonlaming tropik iqlim sharoitida o’suvchi vakillarining balandligi 30 m ga , tanasining diametri 50 sm ga etadi. Tabiatda ulaming juda mayda bir necha mm ni tashkil etadigan turlari bo’lib, xatto suvda hayot kechiradigan vakillari ham uchraydi. Qirqquloqsimonlarda boshqa yuksak sporali o’simliklardagi kabi sporofit nasli ustun turadi. Ulaming aksariyati patsimon yirik bargli bo’lib, ular yer osti ildizpoyasida va yer ustki qismida spiral shaklda joylashgan. Qirqquloqsimonlaming barglari novdaga o’xshab uchi bilan o’ssada, tabiatdagi barglaming hammasi asosi bilan o’sadi. Bu bo’limga kiruvchi o’simliklar vegetativ ko’payganda yer ostki ildizpoyalari orqali, jinsiy va jinssiz nasli gallanib ko’payadi. Qirqquloqsimonlar dastlabki va chin qirqquloqlilarga bo’linadi. Dastlabki qirqquloqlilar qadimiy bo’lib, faqat qazilma holda topilgan. Chin qirqquloqlilami poliobotaniklar yuqori perm davrida paydo bo’lgan, deb hisoblaydilar va ulami qadimiy vakillarini qazilma holda topib aniqlaganlar. Hozirgi vaqtda uchraydigan haqiqiy qirqquloqlar ikkita katta guruhga bo’linadi: bir xil sporali hamda har xil sporali qirqquloqlar. Bir xil sporali qirqquloqlar-Filicales Bir xil sporali qirqquloqlar tabiatning mo’tadil sharoitida o’sadi. Ulaming 10000 dan ortiq vakili barglarining yirikligi bilan xarakterlanadi. Qirqquloqlilaming tropik va subtropik iqlimda o’sadigan vakillarning bo’yi 25-30 m gacha o’sishi mumkin. Ular poyasining yuqori qismidagi murakkab barglari doimiy yashil bo’lib, to’p-to’p joylashgan. Mo’tadil iqlimda o’sadigan qirqquloqlar asosan semam botqoqlik va o’rmonlarda o’sadi. Ular asosan ko’p yillik o’t o’simligi bo’lib, qishda yer ustki barglari nobud bo’ladi. Ulaming poyalari yer ostki ildizpoya shaklida bo’lib, ostki qismidan qo’shimcha ildiz, ustki qismidan yer ustiga barg hosil qiladi. Bir xil sporali qirqquloqlaming ayrim vakillari quruq iqlimda, hatto tog’ yon bag’irlarida o’sishga moslashgan (Asplenium, Ceterach va boshqa vakillar). Bir xil sporali qirqquloqlardan eng ahamiyatlisi, tibbiyotda ishlatiladigan erkak qirqquloq yoki o’rmon shitovnigi (Dryopteris filix mas) bo’lib, biz ana shu vakillari bilan tanishamiz. Erkak qirqquloq mayin tuproqli yerlarda daraxtlaming soyasida yaxshi o’sa oladigan ko’p yillik o’t o’simlikdir. Ko’p yillik bo’lganligi uchun yer ostida katta yo’g’on ildizpoyasi bo’ladi. Ildizpoyasidan juda ko’p qo’shimcha ildizlar chiqib, tuproqqa mustahkam joylashadi. Ildizpoyaning ustki tomoni qoramtir rangli tangachalar bilan qoplangan bo’lib, undan yer ustiga murakkab tuzilgan jigarrang qo’sh patsimon barglar to’p-to’p bo’lib chig’anoq shaklda o’sib chiqa boshlaydi. Ular nixoyat sekin rivojlanib uchinchi yili tuproq yuzasiga chiqadi va yozi bilan 1 m gacha o’sadi, kuzga borib qurib qoladi. Yoz faslida barglaming orqa tomonida tangacha-soruslar hosil bo’ladi. Soruslaming ichida sporangiylar va ulaming ichida sporalar rivojlanadi. Changchi qirqquloqlarda spora etilgani uchun sporofit nasi ustun hisoblanadi. Sporalar etilgach kuch bilan sporangiydan otilib tashqariga tarqaladi. Qulay sharoitda 1,5 sm diametrga ega bo’lgan yurak shaklida maysa- gametofit nasi o’sib chiqadi. Maysa yashil rangda bo’lib mustaqil oziqlanadi. Maysaning pastki qizmidan mayda ko’p miqdorda rizoidlar o’sib chiqadi va oziqlanadi. Maysaning yuqori qismidagi arxegoniyalardan tuxum hujayra, quyi qismidagi anteridiyalardan spermatazoidlar etiladi. Spermatazoidlar yomgir yoki shudring yordamida tuxum hujayra bilan qo’shilib murtak hosil qiladi. Murtakdan ildizpoya va barg o’sib chiqishi bilan maysa qurib qoladi. Demak maysa bir uyli ikki jinsli o’simlik bo’lib, qisqa davr yashaydi. Qirqquloqlaming rivojlanishi jinssiz nasi (sporofit) ning jinsiy nasi (gametofit) bilan navbatlanishi orqali sodir bo’ladi. Sporofit naslda xromosomalar diploid (2n), gametofitda gaploid (n) sonda bo’ladi. O’rmon qirqqulog’i tibbiyotda ishlatiladi. Uning ildizpoyasidan olingan fenolglikozidlar bolalar ichagida ko’p uchraydigan lentasimon gijjalami ichakdan tushirib yuborishda katta ahamiyatga ega. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling