Mustaqil-is pdf
TORF XOSIL QILUVCHI MOXLAR
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
mustaqil-ish3 compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Plaunsimonlar -Lycopsida
- Bir xil sporali plaunlar - Lycopodiales
TORF XOSIL QILUVCHI MOXLAR
Sfagnum bir biriga o‘xshash bo‘lgan 300 dan ortiq turga ega. Asosan u MDX ning shimol va g‘arbida,mineral moddalari kam bo‘lgan suvlarda,nam va botqoqliklarda o‘sadi.Tarkibida Sa+ +tuzlari bor suvga chiday olmaydi. Shuning uchun ham oxakli tuproqda o‘smaydi. Sfagnum namlikning 99% ini o‘ziga shimib oladi. Natijada sfagnum o‘sgan yer botqoqlikka aylanadi. Sfagnumning yuqori tomoni asta sekin o‘sib boraveradi. Pastki tomoni esa asta sekin qurib boradi. Natijada qurigan tomoni yiqilib torf botqoqligiga aylanadi. Torf bakteriyalarni o‘ldirish xususiyatiga ega. Shuning uchun u meditsinada yara bog‘lovchi material ya’ni paxta sifatida ishlatiladi. Torf yoquv ashyosi xamda o‘g‘it sifatida qo‘llaniladi. Plaunsimonlar -Lycopsida Plaunsimonlar qadimiy o’simlik bo’lib, paleozoy erasining toshko’mir davrida yaxshi rivojlangan. O’sha davrlarda bu o’simliklaming daraxtsimon shakllari o’rmonlarni hosil qilgan. Ularning bo’yi 30 m, diametri 1 metrgacha etgan. Poya shoxlanishi dixotomik tarzda bo’lgan. Bizgacha faqatgina o’tsimon vakillari etib kelgan. Plaunsimonlar bo’limi plaunlar va lipidodendronlar sinfiga bo’linadi. Plaunlar sinfi esa bir xil sporali va har xil sporali tartiblarga ajraladi. Bir xil sporali plaunlar - Lycopodiales Plaunlar 200 turdan ortiq bo’lib, ulardan 10 tasi asosan tropik mintaqalarda o’sadi. Bulardan kuproq uchraydigani cho’qmoqli plaun - Licopodium clavatum. Poyasi yerda etib o’sadigan dixotomik shoxlangan o’t o’simlikdir. Poyalari mayda barglar bilan qoplangan. Poyalaridagi o’tkazuvchi to’qimalar birlamchi bo’lib, traxeid va elaksimon naylardan iborat. Rizoidlari yordamida yerga o’mashgan. Poyalaming uchi asosan boshoqchalar bilan tugallangan, 1 metrga etadigan o’simlik. Boshoqchalaming mayda barglaridagi sporangiyalarida juda ko’plab sporalar etiladi. Sporalar morfologik va fiziologik jihatdan bir xil. Sporalar qulay sharoitga tushib, 2-3 mm li maysalami hosil qiladi. Maysalarda xlorofill bo’lmaydi, shuning uchun tuproqdagi zamburug’lar bilan birgalikda saprofit holda yashaydi. Oziqlanishi saprotrof bo’lgani uchun 10-12 yilda rivojlanib, maysaning ustki tomonida ko’p miqdorda anteridiya va arxegoniya hosil qiladi maysa gametofit nasi hisoblanadi. Spermatozoidlar tuxum hujayrani urug’lantirib, zigotani hosil qiladi. Zigotadan yangi plaun rivojlanadi. Plaunlarda jinssiz-sporofit nasi ustun turadi. Chunki o’simlik o’sib turgan davrda boshoqchalarda sporalar etiladi. Plaun I-boshoqcha, 2- buyraksimon sporogon, 3- spora, 4- bir uyli ikki jinsli maysa Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling