Mustaqil-is pdf
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
mustaqil-ish3 compressed
JIGARSIMON MOXLAR
Jigarsimon moxlarga vakil qilib Marщansiyani olamiz. Marщansiyani 1 - marta fransuz vrachi Marщanse topgan va o‘z nomiga qo‘ygan. Marщansiya zax yerlarda, ariq bo‘ylarida o‘sadi.Uning tanasining tashqi ko‘rinishi bargga o‘xshash bo‘ladi.Tanasining pastki tomonidan,ya’ni epidermisdan o‘sib chiqqan rizoidlar yordamida yerga yopishib o‘sadi. Marщansiyaning ko‘ndalang kesimida tashqi tomoni epidermis bilan qoplangan. Epidermisda ustitsalar joylashgan. Ustitsaning ichkari tomonida xavo kamerasi bor. Assimilyatsion xamda zapas oziq moddalarni to‘playdigan to‘qimalar uchraydi. Assimiliyatsion to‘qima xujayralarida xlorofil donachalari bor. Bu xujayralarda fotosintez protsessi bo‘lib turadi. Marщansiya tanasining pastki epidermisidan rizoid o‘sib chiqqan bo‘ladi. Marщansiya 3 xil yo‘lda ko‘payadi. 1. Vegetativ 2. Jinsli 3. Jinssiz Vegetativ ko‘payish kurtaklar yordamida bo‘ladi. Kurtaklar marщansiyaning ustki tomoniga joylashgan. Kurtaklar shamol yordamida uzilib ketib: bu uzilgan kurtaklardan marщansiya o‘sib chiqadi. Ya’ni kurtaklar marщansiya tanasiga aylanadi. Marщansiya 1 jinsli 2 uyli o‘simlik xisoblanadi. Bitta marщansiya onalik ekzemplyar xisoblanadi. Otalik va onalik marщansiyalar bir birlaridan quyidagicha farq qiladi: Otalik marщansiyaning tanasining ustidan o‘sib chiqqan plastinka kamroq qirqilgan. Onalik ekzemplyaridagi plastinka ko‘proq qirqilgan. Otalik ekzemplyaridagi plastinka dastasi tuksiz va kaltaroq. Onalik ekzemplyaridagi plastinkaning dastasi tukli bo‘ladi. Otalik va onalik ekzemplyaridagi plastinkalar ichida jinsiy organlar taraqqiy etadi. Otalik ekzemplyaridagi plastinka ichida bir nechta yumaloq shaklda anteridiya uchraydi. Onalik ekzemplyaridagi plastinka ichida arxegoniyalar taraqqiy etadi. Arxegoniya ikki qismdan iborat: 1. Arxegoniyaning bo‘yni 2. Arxegoniyaning qorni. Arxegoniyaning qornida tuxum xujayra taraqqiy etadi. Marщansiyaning jinsli ko‘payishi yog‘ingarchilik vaqtida suvning yordamida bo‘ladi. Anteridiyalar ishlab chiqargan spermatozoidlar (onalik ekzemplyaridagi) suvda suzib yuradi. Spermatozoidlar onalik ekzemplyaridagi arxegoniyaning uchiga kirib yopishadi. Natijada arxegoniyaning uchi yoriladi. Spermatozoidlarning kirishiga yo‘l ochiladi. Spermatozoidlar arxegoniyaning bo‘yni orqali kirib tuxum xujayrani otalantiradi. Otalanish bo‘lib o‘tgandan so‘ng embrion xosil bo‘ladi. Shu bilan jinsiy ko‘payish tugaydi va jinssiz ko‘payish boshlanadi. Sporogon avval arxegoniyaning qornida joylashgan bo‘ladi. Sporogon yetilgandan so‘ng uning bandi chuziladi, arxegoniyani yorib chiqadi. Sporalar yetilgandan so‘ng sporogon ham yoriladi. Natijada juda ko‘p sporalar va ellateralar chiqadi. Ellateralar-bu jinssiz xujayra. Sporalar qulay sharoitga tushib qolsa, o‘sa boshlaydi. Sporalar marщansiyaga aylanadi. Sporalar tashqi ko‘rinishi jixatidan bir xil bo‘lsa ham, fizologik jixatdan har xildir. Bitta sporadan otalik marщansiya o‘sib chiqsa, 2-sporadan onalik marщansiya o‘sib chiqadi. Marщansiya oldin jigar kasalligiga ishlatilgan. Xozir esa meditsinada ishlatiladi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling