Mustaqil ish mavzu: Distribyutorlik faoliyati. Farmatsevtik ombor


Dori vositalarini saqlashda o‘ziga xos xususiyatlari


Download 38.28 Kb.
bet5/9
Sana03.01.2023
Hajmi38.28 Kb.
#1076613
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6Distribyutorlik faoliyati

Dori vositalarini saqlashda o‘ziga xos xususiyatlari

Dori vositalarini saqlash maxsulot xarakatining barcha bosqichlarida, ya‘ni ishlab chiqaruvchilardan iste‘molchilarga etib borgunga qadar amaldagi me‘yoriy xujjatlar talablari asosida olib borilishi kerak.


Mazkur talablarga rioya etmaslik, dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini buzilishiga va natijada bemorlarning sog’lig’iga salbiy ta‘sir etqazilishiga olib kelishi mumkin. Tovarlarni saqlash talablariga rioya etmaslik litsenziya talablari va shartlarini ko’pol ravishda buzilishi deb baxolanadi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saklashni tashkil etishda kuyidagilarni ta‘minlash kerak:

tegishli binolar, uskunalar mavjudligi.

etarli saqlash sharoitini yaratish;

-tovarlarni guruxlar bo’yicha joylashtirish (tizimlashtirish)



Dori vositalarini saqlash xonalariga qo‘yiladigan talablar
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni saklash xonalari ularning xavfsizligini ta‘minlashi kerak. Xonalar devorlarining ustki qismi, xona shiftlari silliq bo’lishi va nam latta bilan tozalash ishlarini olib borish imkoniyatini ta‘minlashi kerak. Dori vositalarini saqlash xonalarida xavoning ma‘lum bir xaroratni va namlikni saqlash imkoniyati mavjud bo’lishi kerak, bu dori-vositalarini birlamchi va ikkilamchi (iste‘molchi) qadoqlariga joylashtirilgan yo’riqnomalar asosida ishlab chiqaruvchilar talablariga muvofiq saqlash imkonini beradi. Omborxonada xavo xarorati va namlik xar kuni maxsus elektron dasturda yoki sahifalari raqamlangan, tikilgan va muhrlangan (agar muhr mavjud bo’lsa) jurnalda qayd etilishi lozim.
Xidli va bo‘yovchidori vositalari saqlash

Xidli dori vositalari guruxiga uchuvchan xamda uchuvchan bo’lmagan lekin o’ta xidli dori vositalari kiradi. Ularni germetik yopiq idishlarda bir biridan aloxida xolda nomi bo’yicha saqlanadi.


Bo’yovchi xususiyatli dori vositalariga-idishlarda, jihozlarda va rangli iz qoldiruvchi oddiy sanitar-gigenik ishlovda yuvilmaydigan dori vositalari kiradi (brilliant yashili, metelen ko’ki, indigokarmin va xokazolar).
Bo’yovchi dori moddalari aloxida maxsus zich yopiluvchi shkaflarda saqlanadi (nomi bo’yicha). Bo’yovchi moddalarni ishlatishda ularning xar biri uchun aloxida torozilar, xovonchalar, shpatellar va boshqa inventarlar ajratiladi.
Dorivor o’simliklar xom ashyosi va yig’malarni saqlashda quyidagilar talab etiladi:

yaxshi yopiladigan idish;

quruq yaxshi ventilyasiyalanuvchi xavo almashinuvi ta‘minlangan xona. Idishning turi xom ashyosi saqlash joyiga bog’liq.

Omborxonada dorivor o’simliylar xom ashyosi so’kchaklarda saqlanadi buning uchun yopiq yashiklar, qoplar (kesilgan xom ashyo) ikki qavatli qoplar, karton o’ramlari (poroshoklar) bo’lishi kerak.


O’z tarkibida efir moylarini saqlovchi (masalan: shalfey o’ti), ayrim gigroskopik o’tlar, barglar, mevalar (masalan:angishvonagul)bargi, dalachoy va boshqalar) aloxida yaxshi yopiladigan idishda saqlanadi.


Download 38.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling