Mustaqil ish mavzu: Distribyutorlik faoliyati. Farmatsevtik ombor


Qabul qilish quyidagi jarayonlardan iborat


Download 38.28 Kb.
bet4/9
Sana03.01.2023
Hajmi38.28 Kb.
#1076613
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6Distribyutorlik faoliyati

Qabul qilish quyidagi jarayonlardan iborat:
qabul qilish jarayoniga tayyorgarlik ishlari;
qadoqning butunligini tekshirish;
tovarni tushirish;
qabul qilish joyiga olib kelish;
tovarni ochish;
tovarni son jixatdan qabul qilish;
tovarni sifat jixatdan qabul qilish;
saqlash joyini aniqlash.
Tovarlarni son jixatdan qabul qilish- bu xujjat asosida aniq sonining muvofiqligini solishtirib qabul qilishdir. Bunda quyidagi operatsiyalar bajariladi:
Tovarlarni ochish uchun joy tayyorlash;
Qadoqlarni ochish;
Son jixati an xisoblash (tortish);
Son jixatdan xujjat bilan solishtirish.
Qabul qilishda ishtirok etuvchi shaxslar dori vositalarining son va sifat jixatdan qabul qilish qoidalari,tibbiyotda ishlatiladigan mahsulotlarni yuborishning asosiy hamda aloxida turlarini ishlab chiqarish shakllarini, narx navo va boshqalarni yaxshi bilishi majburiydir. Dorixona omboriga zaxarli yoki giyoxvandlik vositalari kelishi bilan darxol zaxarli va giyoxvand dori vositalari saqlash bo’limiga topshiriladi. Ularni son jixatidan va kuzatuv xujjatlariga mosligi omborxona mudiri tomonidan tekshiriladi.
Tovarni sifati bo‘yicha qabul qilish – Sifat bo’yicha qabul qilishda quyidagilarga e‘tibor qilinadi:
tovarshunoslar ish joyiga tovarlarni keltirish;
Tovarlarni ochish;
SHartnoma bitima asosida tovarni muvofiqligini solishtirish.
Qabul qilish jarayonida dori vositalarining qadog’ida ezilgan, singan xolatlar aniqlansa va kuzatuv xujjat me‘yorlariga javob bermasa u tovarni identifikatsiya qilinmaguncha aloxida ajratilgan (karantin) xonaga joylashtirib quyiladi. Aniqlangandan so’ng tovarni ishlab chiqaruvchiga qaytariladi yoki yo’q qilinadi.
Tovarni joylashtirish va saqlash- Omborxonada barcha dori vositalari va tibbiy buyumlar stellajlarda va tagliklarda joylashtirilishi kerak. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni polda tagliklarsiz joylashtirishga yo’l qo’yilmaydi. Tagliklar polda bir qatorda yoki stellajlarning balandligi hisobga olingan holda stellajlarda bir necha qavatda joylashtiriladi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash xonalari va ulardagi asbob- uskunalar, jihozlar toza holatda saqlanishi kerak.
Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalari va tibbiy buyumlarning buzilishi (to’kilishi, sochilishi, sinishi),
mikroorganizmlar tomonidan shikast etkazilishi va dori vositalari kesishgan kontaminatsiyasining oldini olish uchun tegishli choralarni ko’rishi kerak.


Download 38.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling