Mustaqil ish mavzu: Distribyutorlik faoliyati. Farmatsevtik ombor


Bog‘lovchi materiallarni va yordamchi vositalarni saqlash tartibi


Download 38.28 Kb.
bet8/9
Sana03.01.2023
Hajmi38.28 Kb.
#1076613
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6Distribyutorlik faoliyati

Bog‘lovchi materiallarni va yordamchi vositalarni saqlash tartibi.

Bog’lovchi materiallardan iborat tibbiy buyumlarni saqlashga quyidagi talablar qo’yiladi:


bog’lovchi materiallar quruq, havo yaxshi aylanadigan, chang va kemiruvchilardan himoyalangan xonalarda saqlanadi. Sterillanmagan materiallarni isitilmaydigan xonalarda saqlashga ruxsat etiladi. Steril materiallarni harorat o’zgarishida o’ram sifatiga ta‘sir qilmasligi uchun ularni harorat darajasi tez o’zgarmaydigan xonada saqlashga yo’l qo’yiladi; sterillangan bog’lov ashyolari korxona qadog’ida saqlanadi. O’rami buzilgan yoki nam tortgan bo’lsa, u xolda mahsulot sterillangan xususiyatini yo’kotadi.

Dori vositalarini muomaladan chiqarish va yo‘q qilish tartibi
«Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O’zbekiston Respublikasida ro’yxatdan o’tkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar, O’zbekiston Respublikasida ro’yxatdan o’tkazilgan dori vositalarining g’ayriqonuniy nusxalarini, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy
buyumlarni (keyingi o’rinlarda qo’llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar deb ataladi) ularning inson sog’lig’iga zararli ta‘sirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda muomaladan chiqariladi va yo’q qilinadi.
chiqindilarni utilizatsiya qilish — chiqindilar tarkibidan qimmatli moddalarni ajratib olish yoki chiqindilardan ikkilamchi xom ashyo, yoqilg’i, o’g’it sifatida va boshqa maqsadlarda foydalanish;
qalbakilashtirilgan dori vositasi va tibbiy buyum — tarkibi yoki xususiyati to’g’risida yoxud ishlab chiqaruvchisi haqida yolg’on axborot ilova qilingan dori vositasi va tibbiy buyum;
sifatsiz dori vositasi va tibbiy buyum — yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik muddati o’tgan dori vositasi va tibbiy buyum;
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalari — intellektual mulk to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari.
Qo’llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar ularning egalarining yoki sudning qarori bo’yicha muomaladan chiqariladi va 30 kun mobaynida yo’q qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan dori vositalarining va tibbiy buyumlarni bojxonada rasmiylashtirish jarayonida, shuningdek sertifikatlashtirish sinovlari natijasida qo’llash uchun yaroqsizligi aniqlangan bo’lsa, bunday dori vositalari va tibbiy buyumlar O’zbekiston Respublikasi bojxona qonunchiligida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqarib yuboriladi (reeksport) yoki yo’q qilingunga qadar bojxona rejimida joylashtiriladi va yo’q qilinadi.
Qo’llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yo’q qilish bilan bog’liq xarajatlar ularning egalari mablag’lari hisobidan qoplanadi.

Download 38.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling