Mustaqil ish mavzu: Distribyutorlik faoliyati. Farmatsevtik ombor


Tez alanga oluvchi prekursorlarni saqlashda


Download 38.28 Kb.
bet6/9
Sana03.01.2023
Hajmi38.28 Kb.
#1076613
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6Distribyutorlik faoliyati

Tez alanga oluvchi prekursorlarni saqlashda ularning fizik-kimyoviy xossalarini xisobga olish kerak. (sirka kislota angidridi, atseton, etil efiri, xlorid kislotasi, fenil sirka kislotasi, sulfapt kislotasi, toluol).
Tez alanga oluvchi prekursorlarni mineral kislotalar (ayniqsa oltingugurt va azot kislotalari), siqilgan gazlar, yonuvchi moddalar (o’simlik yog’lari, oltingugurt, bog’lov vositalari), shunigdek, organik moddalar bilan portlovchi aralashmalar (kaliy xlorat,kaliy permangant),kaliy xromat va xokazolar) xosil qiluvchi noorganik tuzlarni birga saqlash taqiqlanadi.
Prekursorlar bilan ishlaganda (qadoqlash, joydan-joyga tashish, yuklash)extiyotkorlik choralari ko’rilib, idishning xolati, germetikligi, to’g’riligini doimiy kuzatib turgan xolda ilashi lozim.
Tez alanga oluvchi prekursorlarn zich berkiladigan, mustaxkam shishali yoki metall idishlarda saqlanadi. SHisha idishlar, ballon va boshqa katta xajmli idishlarning balandligi bo’yicha bir qator qilib saqlanadi. Ularni bir necha qatorga, isitish manbalari yaqiniga qo’yish taqiqlanadi. So’kchak va isitish manbasi orasidagi masofa bir metrdan kam bo’lmasligi kerak.
Nitrat va sulfat kislotalarni saqlashda ularni yog’ochli, organik tabiatli boshqa modddalar bilan munosabatda bo’lishining oldini olish lozim.
Nitroglitserin eritmasi- portlovchi modda, uni dorixonada, dorixona omborlarida katta emas, yaxshi berkitiladigan sklyankalar yoki metall idishlarda salqin, qorong’i joyda saqlanadi, yong’indan extiyot bo’lishi kerak. Nitroglitserin saqlaydigan idishni surish va shu prrparatni tortib olish juda extiyotkorlik bilan bajarilishi zarur.
Efir (tibbiyot yoki narkoz uchun) fabrikaning o’ramida, qorong’i, salqin (isitish asboblaridan uzoqroq)joyda saqlanadi.
Dietilefir bilan ishlaganda silkitish, zarba berish, ishqalashdan saqlanishi kerak.
Kaliy permangant glitserin, oltingugurt, chang, organik moylar,efirlar, spirtlar, organik kislotalar va boshqa organik moddalar bilan portlovchi birikmalar xosil qiladi. Uni maxsus ajratib qo’yilgan joyda, tunuka barabanlarida, dorixonada- og’zi zich maxkam yopilgan va yuqorida ko’rsatilgan vositardan alohida saqlanadi.

Portlovchi va tez alanga alangalanuvchi vositalarni saqlash

Portlovchi va tez alanga oluvchi vositalar aloxida (quruq, to’g’ri kuyosh nuridan, yong’in va er osti suvlaridan ximoyalangan, birinchi kavatda, temir-beton koplama xamda metall eshikli) xonalarga joylanishi kerak, xonaning poli eshigidan ichkariga qiyalanib sementlangan, o’yilmagan tekis bulishi kerak.


Download 38.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling