Mustaqil ish mavzu: Jismoniy tayyorgarlik va jismoniy sifatlarni tarbiyalash uslubiyati


Kuch sifatini rivojlantiruvchi namunaviy mashqlar


Download 27.36 Kb.
bet2/8
Sana09.04.2023
Hajmi27.36 Kb.
#1344773
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6.JISMONIY TAYYORGARLIK VA JISMONIY SIFATLARNI TARBIYALASH USLUBIYATI 2

Kuch sifatini rivojlantiruvchi namunaviy mashqlar

1.Kaft va panjalami sherigining qarshiligini yengib (yoki gantellar bilan) bukib-yozish mashqlari.


2. Turli og‘irlikdagi to‘ldirma to‘plami irg‘itish. Asosiy e’tibor qo‘l harakatiga qaratiladi.
3. Qo‘llarga tayangan yotgan holda ulami bukib-yozish, yerdan uzib chapak chalish mashqlari.
4. Amortizatorli jihozlami cho‘zish bilan boradigan tuzilishi bo‘yicha texnik usullarga o‘xshash mashqlami bajarish.
5. Og‘irliklar (shtanga lappagi, gantellar, qum to‘ldirilgan qopchalar) bilan gavdaning aylanma harakatli mashqlari.


Chaqqonlik va uni tarbiyalash uslubiyati

Chaqqonlik - bu keskin o‘zgaruvchan yo‘nalishlar bo‘ylab vaqt oraliqlar doirasida bir turdagi harakatdan boshqa turdagi hara- katlarga o‘tib, ulami tezkor, yuksak kordinasiya va aniqlik bilan ijro etilishini ifodalaydi.


Chaqqonlik o‘z moxiyati va mazmuni jihatdan serqirrali va ko‘p komponentli jismoniy sifat hisoblanadi. Chaqqon bo‘lish uchun sportchida kuch tezlik harakat kordinasiyasi va uning aniqligi yuksak shakllangan bo‘lmog‘i lozim. Yangi harakatlami tezkor va sifatli o‘zlashtira olish ham chaqqonlik asosida kechadi.
So‘nggi yillarda sport nazariyasi va amaliyotida chaqqonlik sifatini kordinasion qobiliyat deb yuritish odat tusiga kirgan.
Bugungi basketbolda chaqqonlik sifati ustuvor ahamiyat kasb etadi. Raqib yoki bir necha raqibni to‘pni urib “aldab” (chalg‘itib) o‘tish, to‘psiz raqiblar o‘rtasidan chiqib, qulay va bo‘sh joyga chiqib “ochilish”, hujumdan keskin himoyaga o‘tish va aksincha harakatlami yuqori tezlik hamda aniqlik bilan ijro etish yuksak shakllangan chaqqonlikni talab qiladi.
Chaqqonlik quyidagi uslublar yordamida rivojlantiriladi:
1.Dastlab (awal) o‘zlashtirilgan mashqlami (harakatini) murakkablashtirish. Harakat yo‘nalishi, tezligi, mazmuni va hajmini o‘zgartirishi dastlabki holatlami (o‘tirib, yotib, orka yoki yon tomonlar bilan joylashib) o‘zgartirish, to‘plar sonini ko‘paytirish va vazifalami murakkablashtirish orqali chaqqonlik qobiliyatini jadal shakllantirish mumkin.
2. Harakat fimksiyalarini ko‘p yoklama shakllantirish. Mashqlami o‘ng va chap tomonlarga burilib hamda aylanib bajarish, shu mashqlami sakrab va sakrab aylanib bajarish to‘pni o‘ng va chap qo‘lda tezkor urib o‘zgaruvchan yo‘nalishlarda raqibsiz va raqib qarshiligida bajarish, sakrab havoda burilib-aylanib o‘ng va chap qo‘l bilan to‘pni uzatish, yoki savatga tashlash mashqlari orqali chaqqonlikni serqirrali xususiatlarini shakllantirish mumkin.
3. Raqib yoki raqiblar qarshiligini kuchaytirish asosida chaqqonlikni tarbiyalash. Harakatlanmaydigan (to‘siqlar, ustunlar, va hokozo) va harakatlanadigan (sherik va raqiblar, osilgan va hara- katlanayotgan predmetlar “pushkadan” otiladigan to‘plar va h) ob’ektlar ta’sirida mashqlami bajarish orqali chaqqonlikni shakllantirish.
4. Oraliqlami uzaytirish-qisqartirish va muddatini oshirish- kamaytirish uslubi. Maydon chegaralarini kengaytirish-toraytirish, o‘yinchilar tarkibini oshirish-kamaytirish asosida bajariladigan mashqlami qo‘llash.
5. Hujum-himoya rakobatini kuchaytirish uslubi. Hujumchi- himoyachi tarkibi: 1:1, 1:2, 1:3, 2:2, 2:3, 2:4 vahokazo.
6. O’yin va musobaqa mashqlar, harakatli o‘yinlar.



Download 27.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling