Mustaqil ish mavzu: Jismoniy tayyorgarlik va jismoniy sifatlarni tarbiyalash uslubiyati


Download 27.36 Kb.
bet7/8
Sana09.04.2023
Hajmi27.36 Kb.
#1344773
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6.JISMONIY TAYYORGARLIK VA JISMONIY SIFATLARNI TARBIYALASH USLUBIYATI 2

Egiluvchanlik tarbiyalash
Egiluvchanlik - tana bo‘g‘imlarini maksimal burchakda (aip- litudada) bukilish-yozilish qobiliyatini anglatadi. Egiluvchanlik darajasi va uni shakllanish sur’ati mushaqlar plastikligiga bog‘liqdir. Ushbu sifat ikki xil uslubda shakllantirilishi mumkin:
- faol uslub;
- sust (passiv) uslub.
Faol uslub shug‘ullanuvchining shaxsan o‘zi tana bo‘g‘im- larini zo‘rma-zo‘raki bajarilishi bilan ifodalanadi. Ijrochi organlar (tana, qo‘l, oyoq) va bo‘g‘imlami maksimal amplituda erkin hara- katlanishi, tik turgan holatdan oldinga va orqaga, o‘ng va chap tomonga egilish, chalqoncha va qorin bilan yotgan holatlardan egilish (bukilish). Most va hokazo mashqlar egiluvchanlikni jadal shakllantiradi.
Sust uslub shug‘ullanuvchining egiluvchanlik sifatini og‘irliklar, sherikning ta’siri ostida shakllantirishda qo‘llaniladi.
Egiluvchanlik mushak va to‘qimalaming elastikligiga bog‘liq bo‘ladi. Mushaklaming elastik xususiyatlari ko‘p darajada markaziy nerv tizimining ta’sirida o‘zgarishi mumkin.
Egiluvchanlikning namoyon bo‘lishi muhitning tashqi haroratiga ham bog‘liq bo‘ladi. Egiluvchanlik charchash ta’sirida sezilarli o‘zgaradi, jumladan faol egiluvchanlik ko‘rsatkichlari kamaydi, sut egiluvchanlik ko‘rsatkichlari ortib boradi.
Egiluvchanlikni tarbiyalash uchun harakat amplitudasi oshirilgan (cho‘ziluvchanlikni oshiradigan) mashqlardan foydalaniladi. Harakatlarda biror bo‘g‘indagi harakatchanlikning ortishi shu bo‘g‘indan o‘tadigan mushaklarning qisqarishi hisobiga beradi. Egiluvchanlik mashqlari turli mazmun va yo‘nalishlarda bajariladi: bir fazali mashqlar va purjinasimon mashqlar; silkinish va ma’lum holatlarni qayd qilib turish; og‘irliklar bilan mashqlar. Cho‘ziluvchanlikni oshiradigan mashqlami seriallar bilan har birini bir necha marotaba takrorlab bajarish tavsiya etiladi. Bunaqa seriyadan-seriyaga o‘tgan sari harakat amplitudasi orttirib borilad. Har bir mashg‘ulotda cho‘ziluvchanlik mashqlarini sal-pal og‘riq paydo bo‘lguncha bajarish lozim. Egiluvchanlik mashqlarini mustaqil bajarish uchun topshiriq sifatida berilishi mumkin. Egiluvchanlik mashqlari mashg‘ulotning tayyorgalik qismida asosiy qismining oxirida va boshqa mashqlar oralig‘ida bajariladi.



Download 27.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling