Mustaqil ish mavzu: Jismoniy tayyorgarlik va jismoniy sifatlarni tarbiyalash uslubiyati


Chaqqonlik sifatini rivojlantiruvchi na’munaviy mashqlar


Download 27.36 Kb.
bet3/8
Sana09.04.2023
Hajmi27.36 Kb.
#1344773
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6.JISMONIY TAYYORGARLIK VA JISMONIY SIFATLARNI TARBIYALASH USLUBIYATI 2

Chaqqonlik sifatini rivojlantiruvchi na’munaviy mashqlar

1. Bir va ko‘p marotaba oldinga va orqaga dumbaloq oshishlar. Xuddi shu mashqlar ayrim texnik usullami bajargandan so‘ng.


2. Turgan joydan va yugurib kelib 180, 270, 380 gradusga burilib bir va ko‘p marotaba sakrashlar. Burilishlar bilan turli texnik harakatlami bajarish.
3. Turli buyumlar orasidan va ustidan o‘tib harakatlanish.
4. Gimnastika ko‘prikchasidan depsinib havoda turli harakatlami bajarib sakrashlar.
5. To‘siqlar osha estafetalar.
6. Turli signal va ta’sirlarga belgilangan harakatlar bilan javob berish. Signallar va ta’sirlar sekin-asta ko‘paytirib boriladi.


Chidamlilik va uni rivojlantirish uslubiyati
Basketbol bo‘yicha o‘tkazilgan bir o‘yin davomida va uzoq muddatli, siklik tartibda doimo takrorlanadigan musobaqa davrida texnik-taktik saloxiyatni ravon saqlab kolish orkali foydali natijaga erishish ustuvor jihatdan jidamkorlik sifati bilan belgilanadi.
“Chidamkorlik” keng ma’noli, keng qamrovli va serqirrali integral tushuncha bo‘lib belgilangan muddat davomida toliqishga qarshilik ko‘rsatish va ish sur’atini tushirmasdan harakatni ijro eta olish qobiliyatini anglatadi.
Chidamlilik sifati bir necha turlarga bo‘linadi:
- umumiy yoki aerob chidamkorlik;
- tezkor yoki anaerob chidamkorlik;
- kuch yoki anaerob chidamkorlik;
- psixik yoki emosional chidamlilik;
- sensor (MNS) chidamkorlik;
- maxsus chidamkorlik (texnik-taktik harakatlar).
Ushbu chidamkorlik turlarini rivojlantirish sportchining irodasiga bog‘liqdir. Iroda esa o‘z navbatida chidamkorlikni shakl- lantiruvchi mashqlar asosida sayqal topadi.
Barcha sport turlarida qayd etilgan chidamkorlik turlari o‘z aksini topadi. Lekin shu sport turlarini o'ziga xos xususiyatlariga qarab ulaming ulushi va ustuvorligi turlicha bo‘ladi.
Basketbolda aerob-anaerob va maxsus chidamkorlik ustuvor ahamiyatga egadir. Lekin keskin raqobatli o‘yinlarda uzoq muddatli musobaqa sikllarida aerob-anaerob hamda maxsus chidamkorlik psixik sensor chidamkorlik boshqaruvida bo‘ladi.
Chidamlilikning kaysi turi bo‘lishidan kat’iy nazar bu sifatning o‘lchov birligi tanlangan sport turi xususiyatlariga (talablariga) mos hajm, shiddat va yo‘nalishda bajariladigan harakatlarga sarflangan vaqt bo‘lib hisoblanadi.
Chidamkorlikning fiziologik xususiyati shundan iboratki, inson organizmida universal energiya manbai bo‘lmish adenozintrafosfat (ATF) kimyoviy modda bo‘lib, u adenozintrofosfat (ADF) gacha parchalanib, mushaklami energiya bilan ta’minlaydi: ATF— ADF+energiya. ATFni doimo qayta tiklanishi (resintez) mushaklami tinimsiz ishlashiga imkon yaratadi.
ATFning resintezi 3-xil yo‘nalishda kechadi: loktat va kislorodli yo‘nalish.
Fosfatli yo‘nalish ATFni ADF asosida tezkor tiklanishi bilan farqlanadi. Lekin bu jarayon juda qisqa muddat ichida samarali bo‘ladi xolos. Maksimal yuklama davomida fosfatli yo‘nalish 10s. ichida barbod bo‘ladi. Dastlab 2sek. davomida ATF sarflanadi, keyin 6-8sek davomida KrF (kreotinfosfat): KrF+ADF— ATF+kreotin. Bunday ketma-ketlik parchalanish har qanday shid- datli jismoniy ish davomida kuzatiladi.
Fosfatli yo‘nalish asosida energiya ajralishi keskin o‘zga- ruvchan tezkor “portlovchi” va qisqa muddatlarda ijro etiladigan harakatlardan iborat sport turlarida (basketbol, boks, sprint futbol va h) muhim ahamiyat kasb etadi.
Kislorodli yo‘nalish yoki aerob yo‘nalish chidamkorlik bilan bog‘liq sport turlarida muhim rol o‘ynaydi.
Ish bajarishda 02 ning mikdori kam bo‘lsa, energiya birinchi navbatta uglevodning parchalanishi evaziga ta’minlanadi. Uglevod- ning imkoniyati chegaralanishi bilan energiya ajratishga yog‘ moddalari “kirishadi”. Yog‘ moddalarini energiya ajratishi kuydagi tartibda kechadi:
Yog‘ + 02 + ADF — S02 + ATF + suv
Uglevodlaming parchalanishi (glikoliz) yanada murakkabroq tartibda ya’ni ikki fazada kechadi:
1-faza: glyukoza + ADF - sut kislotasi+ATF
2-faza: sut kislotasi + О - 2 + ADF — CO - 2 + ATF + Suv
Loktat yo‘nalishi chidamkorlik.
Yuklamaning shiddati ortabrogan sari shunday vaqt keladiki, mushak faoliyati 0-2 ni yetishmasligi tufayli faqat aerob imko- niyatlar hisobiga davom eta olmaydi. Shu vaqtdan boshlab ATFning loktat mexanizimi asosida qayta tiklanishida ajraladigan sut kislotasi “ishga” tushadi. Lekin sut kislotasi mikdorining oshishi mushaklarga toliqish asoratlarini yuzaga keltiradi. Fakat tezkor tiklanishning ushbu funnksional faoliyatini dastlabki holatga keltiradi.
Energiya ajratishning anaerob alaktat manbalari 15-20 sek. li shiddatli mashqlarda ish qobiliyatini saqlash imkoniyatini yaratadi.
Energiaya ajratishning anaerob glikolitik manbalari 20-sek dan 5-6 daq. gacha davomida bajariladigan ishni ta’minlaydi.
Aerob chidamkorlikni rivojlantirishda takrorlov va takrorlov- o‘zgaruvchan uslublardan foydalanishi lozim. Ushbu uslublarni qo‘llashda quydagi holatlami e’tiborga olish tavsiya etiladi.
l. Ish shiddatining maksimal ko‘rsatkichi taxminan 75-85 % darajada bo‘lishi kerak. 130 tadan kam bo‘lishiga olib keladigan past shiddatli nagruzkalar aerob imkoniyatning sezilarli ortishiga olib kelmaydi.
2. Dam olish oraliqlari shunday boiishi kerakki, keyingi baja- riladigan ishlar oldingi ishdan keyin ro‘y bergan kulay o‘zgarishlar holatida sodir bo‘lsin. Dam olish oralig‘i 3-4 min dan oshmasligi kerak,
3. Dam olish oraliqlarining unchalik tez bajarilmaydigan ishlar (sekin yugurish, yurish va boshqalar) bilan to‘ldirish darkor. Buning bir kator afzalliklari bor: dam olishdan ish holatiga va, aksincha, ish holatidan dam olish holatiga o‘tish osonlashadi, tiklanish jarayonlari birmuncha tezlashadi va x.
Takrorlash soni shug‘ullanuvchilaming barqaror holatini saqlab turish ya’ni, kislorod iste’mol qilish yetarlicha yuksak darajada bo‘lgan sharoitida ishlash imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Charchoq paydo bo‘lishini to‘xtatish uchun signal bo‘lib xizmat qiladi.



Download 27.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling