Mustaqil ish mavzu: Jismoniy tayyorgarlik va jismoniy sifatlarni tarbiyalash uslubiyati
Anaerob imkoniyatlarni shakllantirish uslubiyati
Download 27.36 Kb.
|
6.JISMONIY TAYYORGARLIK VA JISMONIY SIFATLARNI TARBIYALASH USLUBIYATI 2
Anaerob imkoniyatlarni shakllantirish uslubiyati
Anaerob imkoniyatlarni oshirishda ikki vazifani hal qilish kerak: 1)Fosfokreatin mexanizming funksional imkoniyatlarini oshirish; 2) Glikolitik mexanizmni takomillashtirish. Vosita sifatida, odatda, tegishli shiddatli siklik mashqlardan foydalaniladi. Kreatinfosfat mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan yukla- malar quyidagi xarakteristikalar bilan farqlanadi: 1. Ishning shiddati chegara darajasidagi tezlikka yakin, maksimal tezlikning 95% gacha. 2. Dam olish taxminan 2-3 minutga teng bo‘lishi kerak. Birok mushaklardagi kreatinfosfat zahiralarilari juda kam bo‘lganligi uchun mashq 3-4 marta takrorlanganidan keyin fosfokreatin me- xanizimining imkoniyatlari tugaydi. Shuning uchun mashg‘ulotlarda rejalishtiriladigan ish hajmini har birida 4-5 ta takrorlanish bo‘ladigan bir necha seriyalarga bo‘lib yuborish maqsadga muvofiq. 3. Takrorlashlar soni shug‘ullanuvchilaming tayyorgarlik dara- jasiga qarab belgilanadi. Glikolitik mexanizimni takomillashtirishda yuklamalar quydagi xususiyatlar bilan ta’riflanadi. 1. Ishning shiddati mashq uchun tanlangan masofaning uzunligi bilan belgilanadi. Harakat tezligi mazkur masofadagi maksimal tezlikka yaqin (chegara tezligining 90-95%) bo‘lishi kerak. 2. Dam olish oraliqlari glikolitik jarayonlar dinamikasiga asosan aniqlanadi. Dam olish oraliqlarini sekin-asta kamaytirib borish lozim. Masalan 1-va 2-takrorlash oralig‘ida 5-8 minut, 2 va 3 sida 34 mi, 3-va 4- sida esa 2-3 daq. 3. Bunday holda dam olish oraliqlarini boshqa ish turlari bilan to‘ldirilishi kerak emas. Fakat batamom harakatsiz qolmasa bas. 4. Dam olish oraliqlari kamayib boruvchi faoliyatda takrorlash soni charchoq tez ortib borgani sababli, uncha ko‘p bo‘lmaydi (3-4 tadan ko‘p emas). Seriyalar oralig‘idan dam olish vaqti kamida 15- 20 min bo‘lishi kerak. Sport bilan endigina shug‘ullana boshlaganlar va kichik razryadli sportchilar, odatda, bir mashg‘ulotda ko‘pi bilan 2-3 seriya bajarishlari mumkin. Yosh basketbolchilami tayyorlash da chidamkorlik sifatini rivojlantirish umumiy tayorgarlikning eng asosiy qismi hisoblanadi. Bu yoshdagi basketbolchilar aerob harakatdagi ishga tez moslashadilar. Bu esa ularda kislorod - transport tizimini rivojlantirish imkoniyatini oshiradi. Shuning uchun boshlang‘ich sport ixtisosligida katta hajmdagi ishlami nisbattan yuqori bo‘lmagan shiddatda bajarish tavsiya etiladi. Yosh basketbolchilarda umumiy chidamkorlikni tarbiyalashda uzoq masofaga yugurish, kross, velosiped haydash, suzish, harakatli va sport o‘yinlaridan vosita sifatida foydalaniladi. Ko‘p hollarda nisbatan yuqori bo‘lmagan shiddatda yugurishdan foydalanilib, uning davomiyligi 5-8 dan 30-60 daq. gacha oshirib boriladi. Tayorgarligi yuqori bo‘lgan yosh basketbolchilarda ishning davo- miyligini yanada uzaytirish mumkin. Umumiy chidamkorlik tarbiyalashda bir me’yordagi trenirovka, o‘zgaruvchan mashq o‘yin va kat’iy tartiblashtirilgan uslub vari- antlaridan foydalanish mumkin. Ayniqsa, aylanma mashq uslubidan foydalanish katta samara beradi. Chunka ushbu uslubda shug‘ullanuvchilaming individual xususiyatlami aniq e’tiborga olish imkoniyati boiadi. Yosh basketbolchilaming umumiy chidamlilik darajasini ma- sofa uzunligini bosib o‘tish shiddati orqali aniqlash mumkin bo‘ladi. Bunda shiddat maksimal tezlikning 60% ni tashkil etishi kerak yoki 3000 m masofani qancha vaqt ichida bosib o‘tishi aniqlanadi. Chidamlilikni rivojlantirish uchun quyidagi uslublar qo‘lla- niladi: bajariladigan mashqlar hajmi va shiddatini oshirish, o‘zga- ruvchan oraliqni, o‘zgaruvchan-oraliqli, takroriy. Download 27.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling