Mustaqil ish mavzu: Korporativ boshqaruvning prinsiplari


Aksiyadorlarning huquqlari


Download 1 Mb.
bet2/3
Sana13.05.2023
Hajmi1 Mb.
#1455954
1   2   3
Bog'liq
Abdurahmonov Korporativ boshqaruv

Aksiyadorlarning huquqlari:

  • Aksiyadorlarning huquqlari bu – korxonada ishlab chiqilgan qoidalar tizimi bo‘lib, manfaatdor tomonlarning irodasini ifodalaydi va tashkilot faoliyatining turli tomonlarini tartibga soladi.

Korporativ huquqning belgilari:

  • - korporativ huquq me’yorlardan, ya’ni umumiy harakterga ega bo‘lgan o‘zaro munosabatlar qoidalaridan tarkib topgan;
  • - korporativ huquq o‘zi bilan tashkilot faoliyatining barcha tomonlarini tartibga soluvchi me’yorlar tizimini tashkil qiladi;
  • - korporativ me’yorlar tashkilotning har bir a’zosi, korxonaning har bir xodimi uchun majburiydir;
  • - korporativ me’yorlar, odatda, yozma shaklda ifodalanadi va ularni o‘rnatish shakli sifatida korporativ hujjatlar xizmat qiladi;
  • - korporativ me’yorlar korxonada qabul qilinadi va alohida mustaqil birlashma jamoasining irodasini ifodalaydi;
  • - korporativ me’yorlar buzilganda, majbur qilish yo‘li bilan ta’minlanadi.

Korporativ me’yoriy hujjatlar quyidagi talablarga javob berishi shart:


- obyektiv haqqoniylikni aks ettirishi;
- amaldagi qonunchilikka zid kelmasligi;
- kompaniyaning barcha a’zolari va xodimlari uchun tushunarli bo‘lishi;
- me’yorlarning betartib to‘plamini tashkil qilmasdan, balki ma’lum bir tuzilmaga ega bo‘lishi;
- barcha zarur rekvizitlarga ega bo‘lishi.

Direktorlar kengashining majburiyatlari :

  • O‘zbekiston Respublikasida 1996-yil 26-apreldagi 223-I-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” qonunida koʻrsatilganidek, aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ boshqaruv organlariga quyidagilar kiradi:
  • - Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi;
  • - Kuzatuv kengashi (Direktorlar kengashi);
  • - Ijroiya organi

Direktorlar (Kuzatuv) kengashi faoliyatini quyidagilarni tashkil etadi:

  • -har bir jamiyatda kengash maqsadi, vazifasi, vakolati va javobgarligi ta’riflangan hamda oʻziga quyidagi asosiy qoidalarni olgan hujjatning boʻlishi tavsiya qilinadi:
  • -kengashning o’zak g‘oyasi - jamiyat va uning faoliyati bilan ishbilarmonlik va boshqa o‘zaro munosabatlardan xoli, mulk egalari (aksiyadorlar) va boshqa manfaatdor shaxslar nomidan nazorat ishlarini olib boruvchi shaxslar guruhining shakllanishidir;
  • - kengashning missiyasi aksiyadorlar qo‘ygan ulush qiymatining maksimal oshirishdir. Kengash faoliyatining asosida aksiyadorlar maqsadlari va manfaatlari yotishi zarur.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling