Mustaqil ish Mavzu: Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini ishlab chiqish hamda ishga joylashtirishga muhtoj, mehnat bilan band bo’lmagan aholini hisoblash amaliyoti. Reja


Download 202.84 Kb.
bet5/30
Sana19.06.2023
Hajmi202.84 Kb.
#1604860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Mustaqil ish Arslon akaga

Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda har yili:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
1-iyulgacha bo‘lgan muddatda — O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning hisobot balansi ishlab chiqilishini;
1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda — O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning keyingi kalendar yil uchun prognoz balansini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishni prognoz balansini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlariga quyidagi aniq topshiriqlarni nazarda tutsinlar:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish;
mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansining prognoz parametrlariga muvofiq ta’lim muassasalarida kadrlarni kasbga tayyorlash yo‘nalishlarini takomillashtirish va ularga tuzatishlar kiritish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish hisobot va prognoz balanslarining ijrosi monitoringi, tahlili, baholanishi tizimini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi:
bir oy muddatda — 2 va 3-ilovalarga muvofiq taqdim etiladigan ma’lumot shakllarini ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlab, mutasaddi vazirliklar va idoralarga yuborsinlar;
2018-yilning 1-fevraligacha bo‘lgan muddatda — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, 2018-yildan boshlab mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha yagona idoralararo kompyuterlashtirilgan axborot tizimini joriy etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligining anketa materiallarini qayta ishlash bo‘yicha maxsus kompyuter dasturini yangilash bo‘yicha takliflar kiritsinlar.
6. Vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat statistika qo‘mitasiga 2 va 3-ilovalardagi sxemalar va tasdiqlangan shakllar asosida ma’lumotlar o‘z vaqtida taqdim etishni;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
aholi bandligini ta’minlash, birinchi navbatda, mehnat bozoriga ilk bor kirib keluvchi mehnatga layoqatli yoshlarni ishga joylashtirish hududiy va tarmoq dasturlari ko‘rsatkichlarini shakllantirishda mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning prognoz balansida nazarda tutilgan parametrlar hisobga olinishini ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning prognoz balansiga muvofiq holda ishlab chiqilgan aholi bandligini ta’minlash dasturi loyihasini har yili 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

.



Download 202.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling