Mustaqil ishi mavzu: korxona pul fondlarining shakllanishi va taqsimlanishi hisobi
Download 225.5 Kb.
|
Mavzu korxona pul fondlarining shakllanishi va taqsimlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.BOB Korxona moliyasini tashkil qilish asoslari
Kurs ishining maqsadi Investitsion faoliyat mahsulot ishlab chiqarish uchun zaruriy asosiy va aylanma kapitallarni shakllantirish uchun amalga oshiriladigan investitsion faoliyat bilan bo\liq jarayonni o‘z ichiga oladi.
Kurs ishining vazifasi Operatsion jarayon esa mahsulot ishlab chiqarish davri yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonlari bilan bo\liq hisoblanadi. Moliyaviy faoliyat esa ishlab chiqarilgan mahsulotni sotuvidan tushgan tushumni taqsimlanishi natijasida markazlashtirilgan va markazlashtirimagan pul fondlarini shakllantirish bilan bo\liq munosabatlarni o‘z ichiga olib korxona iqtisodiy moliyaviy faoliyatining haqikiy natijalarini baholab beruvchi jarayon hisoblanadi. Moliya taqsimlanish munosabatlarini o‘zida aks ettirishi bilan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining hamma boskichlarida ishtirok etadi. Korxonalar moliyasining mavjudligi bozor munosabatlarining mavjudligi va qiymat qonunining amal qilishi bilan belgilanadi. Ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning realizatsyasi tovar qiymatining puldagi ifodasi hisoblanuvchi narxlar bo‘yicha pulga sotish va sotib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ammo pulning o‘zigina moliyaviy munosabatlarni yoki moliyani anglatmaydi. Pul boshqa tovarlarni qiymatini o‘zida aks ettiruvchi maxsus tovargina hisoblanadi va uning muomalasi sodir bo‘ladi. Moliya iqtisodiy munosabatlar hisoblanib pul aylanishi vositasida amalga oshiriladi. Bu moliyaning pul munosabatlaridan iborat xususiyatli belgisi hisoblanadi. I.BOB Korxona moliyasini tashkil qilish asoslari Tovarlar sotuvi natijasida olingan pul tushumlarining taqsimlanishi natijasida korxonalarda turli xo‘jalik subyektlari bilan o‘zaro moliyaviy munosabatlar yuzaga keladi. Bunday moliyaviy munosabatlar yaratilgan tovarlarning qiymati nuqtai nazaridan o‘zaro unda ishtirok etuvchilar o‘rtasidagi taqsimot munosabatlari yuzasidan sodir bo‘ladi. Xususan iqtisodiy nazariyada tovar bilan mahsulotning asosiy farqli jihatlari sotish uchun mo‘lljallangan mahsulotlargina tovar harakterini olishi va bundan tovarlar ijtimoiy harakter kasb etishini ta’kidlab utiladi. Shuning uchun ham har qanday ishlab chiqarilgan tovarlar, ularni sotib oluvchilar, mahsulot yetkazib beruvchilar, turli xil xizmat ko‘rsatuvchilar va davlat budjeti o‘rtasida qiymat taqsimot munosabatlari amalga oshiriladi. Buni quyidagi chizma asosida ko‘rib o‘tamiz. Har qanday pul munosabatlari ham moliyaviy munosabatlar hisoblanavermaydi. Masalan, bank kreditlarini olish va ularni qaytarish jarayoni, kreditorlik qarzlarni qaytarish jarayonidagi munosabatlarni moliyaviy munosabatlarga kirita olmaymiz. Moliyaviy munosabatlarning yagona o‘ziga hos belgilari, ularning yaratilgan qiymatni taqsimlash xususiyati bilan belgilanadi. Tovarlar sotuvidan tushgan tushum taqsimlanishi natijasida vujudga keladigan moliyaviy munosabatlar qatoriga quyidagilar kiritiladi: - sotuvdan tushumga ega bo‘lgan korxonalar va hamma turdagi budjetga to‘lovlar; korxonalar bilan budjetdan tashqari pul fondlari o‘rtasidagi o‘zaro pul munosabatlari; korxonalar bilan banklar o‘rtasidagi kredit foizlarini qaytarish bilan bo\liq pul munosabatlar; korxonalar o‘rtasidagi xom ashyo sotib olish, yoqil\i va boshqa moddiy mahsulot sotib olish jarayonidagi pul munosabatlar va boshqalar; korxonalar bilan su\urta tashkilotlari o‘rtasidagi su\urta fondini tashkil qilish va undan foydalanish bilan bo\liq pul munosabatlar; boshqa korxonalar fondli qiymatliklariga investitsiya qilish natijasida olingan dividendlar va foizlar olish bilan bo\liq pul munosabatlar; Korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlar iste’molchilar yoki sotib oluvchilar tomonidan sarflangan mehnatning puldagi ifodasi ya’ni tovar bahosi asosida o‘zaro tovarda gavdalangan qiymat sifatida almashinadi va natijada sotib oluvchilar bilan o‘zaro pul munosabatlari vujudga keladi. Shuningdek yaratilgan tovarlarni ishlab chiqarish uchun zaruriy xom ashyo harajatlari yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazib beriladi va korxonalarda boshqa korxonalar bilan o‘zaro qiymatni taqsimlanishi mexanizmida moliyaviy munosabatlar vujudga keladi. Tushumning miqdori hamisha ham tovarning qiymatiga mos kelmaydi. Bir qancha holatlarda korxonalar o‘zlarining mahsulotlarini tannarxdan past sotishiga to‘\ri keladi.va zararga ega bo‘ladi. Bunday holatlar bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tizim sharoitlaridagi ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan bo\liq umumiy prinsiplar nuqtai nazaridan yuzaga keladi. Bunday holat har qanday tovarlarga nisbatan bozorlardagi talab uning bahosi va bozorlardagi narxlar o‘rtasidagi dinamik o‘zgarishlar, tovarlarning muomala harajatlarini keskin ravishdagi ortib ketishi, mamlakatdagi baholardagi o‘zgarishlar kabi omillar ta’sir etishi mumkin. Bundan tashqari, xom ashyo yetkazib beruvchi va sotib oluvchi o‘rtasida vujudga keluvchi pul munosabatlari natijasida tushumga ega bo‘lgan korxonalarda yetarli aylanma mabla\larning asosiy manbai hisoblangan moliyaviy mabla\lar shakllanadi. Korxonalar sotuv qilingan tovarlarni birlamchi taqsimlash natijasida ish haqi fondini shakllantiradi. Ish haqi fondini shakllantirilish jarayoni o‘zaro molyaviy munosabatlar hisoblanadi va ish haqi fondi ishchilar mehnati uchun to‘lanadigan zaruriy moliyaviy manba bo‘lishi bilan birgalikda budjetdan tashqari fondlar uchun ham muhim moliyaviy manba rolini o‘ynaydi. Korxonalarda ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilishda moliya- kredit tizimi muhim rol o‘ynaydi. Birinchidan, takror ishlab chiqarish jarayoni uchun zaruriy asosiy va aylanma mabla\larni shakllantirishda kredit mabla\larining o‘rni, yoki bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat asosida faoliyat yurituvchi tashkilotlar moliyaviy faoliyatining bosh prinsiplaridan biri bo‘lgan iqtisodiy xatarlarni su\urta qilish natijasida su\urta munosabatlarini o‘rni \oyat yuqori hisoblanadi. Mahsulot sotuvidan tushgan tushumning elementi hisoblangan foyda kredit su\urta munosabatlari natijasida qilinadigan moliyaviy harajatlarni asosiy moliyaviy manbai hisoblanadi. Ammo shuni hisobga olish lozimki mahsulot sotuvidan ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar bo‘yicha tushgan tushum dinamik o‘zgarishlari korxona faoliyatini mukammal baholash imkoniyatiga ega emas. Chunki tushumning ko‘payishi uning harajatlar elementlarini ortishi hisobiga yoki mahsulot ishlab chiqarish birligini oshirish hisobiga bo‘lishi mumkin. Modomiki, hozirgi iqtisodiy islohotlarni asosiy yo‘nalishi mahsulot ishlab chiqarishning ekstensiv yo‘lini emas balki intensiv yo‘nalishlarini istiqbolli yo‘nalishlar sifatida ko‘rsatib beradi. Bunday sharoitda mahsulot sotuvi, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan tushgan tushum miqdorining ortganligini moliyaviy samaradorligini baholash uchun uning taqsimlanishi yo‘nalishlarida pul okimlarini baholashni lozimligini ko‘rsatadi. 2. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy faoliyatining mustahkamligi moliyaviy mabla\larni tashkil etish va moliyaviy resurslarni harakatini samarali tashkil etish orqali erishiladi. Moliyaviy mabla\larni shakllanishi va ishlatilishi mexanizmi ularning mohiyatini tushunishni, amaliyotda moliyaviy menejement uslublari va ko‘rsatmalaridan, shu jumladan moliyaviy tahlil va rejalashtirish kabilardan foydalanishni talab etadi. Shakllanayotgan bozor iqtisodiyoti obyektiv taraqqiyotining shiddatliligi va o‘tish davriga hos ziddiyatlarning mavjudligi ko‘pchilik korxonalarni to‘lovga layoqatsizlikka va inqirozga yuz tutishga olib keladi. Bu sharoitlarda moliyaviy mabla\larning mohiyatini faqatgina pul mabla\larining tashkil topish manbai sifatida tushunish ularning bozor iqtisodiyoti shakllanishi va tadbirkorlik faoliyatining taraqqiyotidagi roli va ahamiyatini to‘la yorita olish imkoniyatini bermaydi, hamda korxonalar moliyaviy mabla\larni okilona boshqarishning ahamiyatini tushunib yetmaslikka olib keladi. Shunday qilib korxonalar moliyaviy mabla\lari mohiyatini urganish va ularni yanada samaralirok harakatini tashkil etish yo‘llarini qidirib topish xo‘jalik amaliyoti nazariyasi uchun dolzarb ahamiyatga ega. Iqtisodiy islohotlar sharoitida korxonalarning meyordagi faoliyatiga ularning ixtiyorida yetarli miqdordagi moliyaviy mabla\larsiz erishib bo‘lmaydi. Korxonalarda moliyaviy mabla\larning yetarliligi uning hamkor sifatida mol yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarida to‘lovga layoqatliligi garovi hamda sotib oluvchilar oldidagi majburiyatlarining bajarilishi budjetga va budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarning va kredit qaytarilishining o‘z vaqtidaligini ta’minlash kafolatidir. Bozor munosabatlari shakllanayotgan hozirgi sharoitda korxonalar to‘lovga layoqatliligi muammosi jiddiy va iqtisodiyotni markazlashgan holda boshqarish davridagidan ham o‘ta dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Mol yetkazib beruvchilar uchun hissadorlar uchun, banklar kreditlari uchun bozordagi raqobat kurashida majburiyatlarini vaqtida bajara oladigan va moliyaviy mabla\lardan samarali foydalanadigan korxona yutib chiqadi. Shunday qilib, korxona to‘lovga layoqatliligi muammosining keskinlashuvi va bu bilan bo\liq tarzda moliyaviy mabla\lar rolining o‘sishi moliyaviy mabla\larning mazmunini, shakllanish va ishlatilish jarayonini tushunishga yangicha yondashuvni hamda ularni boshqarishni takomillashtirishning asosiy yo‘llarini beliglaydi. Moliyaviy mabla\lar tashkil topish shakllari va usullari (daromadlar va tushumlar) ulardan foydalanish shakllari va usullari (pul mabla\lari fondlari) singari korxonalar moliyaviy mabla\lari o‘sishi uchun bir xilda muhim ahamiyatga ega biroq, pul mabla\lari fondlari moliyaviy mabla\lar ishlatilishining yagona yo‘nalishi emasdir. Ularning bir qismi mazkur fondlar doiraviy aylanishining uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, moliyaviy mabla\lar butunlay ishlatilmasligi yoki fondlar tashkil kilmasdan ham ishlatilishi mumkin. Moliyaviy mabla\larni pul mabla\lari manbalari sifatida, ya’ni ularning tashkil topish shakllari va usullariga ko‘ra tushunish, bizning fikrimizcha, hozirgi zamon haqiqatlarini to‘la hisobga olmayotir. Mahsulot yuklab jo‘natish bo‘yicha sotish operatsiyasini buxgalteriya hisobida aks ettiruvchi korxonalar moliyaviy mabla\larini muhim manbai bo‘lgan foydaga ega bo‘lishlari mumkin. Biroq bu hali korxonaning budjetga, budjetdan tashqari fondlarga mol yetkazib beruvchilarga to‘lovlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi imkoniyatlarini kafolatlamaydi. Korxonalar moliyaviy mabla\larini faqat qiymat kategoriyasi sifatida tushunish samarali tadbirkorlik faoliyati uchun ularni ahamiyatini to‘la aks ettirmaydi. Shunga ko‘ra, korxonalar moliyaviy mabla\lari mazmunini ularning o‘z majburiyatlri bo‘yicha vaqtida hisob-kitob qilishlariga hamda takror ishlab chiqarishni tashkil etishga imkon beruvchi pul mabla\larining yigindisi sifatida tushunish mumkin. Bu o‘rinda I.T.Balabanovning “Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy mabla\larini uning ixtiyorida mavjud bo‘lgan pul mabla\lari tashkil etadi” degan fikrga qo‘shilish mumkin. Moliyaviy mabla\lar mohiyatini shunday talqin etishning yana bir yorqin misolini E.A.Kozlovskaya boshliq mualliflar fikrida ko‘rish mumkin “korxonaning moliyaviy mabla\lari -uning ixtiyorida bo‘lgan va turli moliyaviy majburiyatlarini bajarish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bo‘yicha va xodimlarni iqtisodiy ra\batlantirish bo‘yicha harajatlarni amalga oshirishga qaratilgan pul daromadlari va tushumlaridir”. Biroq, shunga alohida etibor berish lozimki rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida “Pul mabla\lari” tushunchasi ostida korxonaning bevosita uning kassasi va bankdagi hisob raqamlaridagi pul mabla\lari hamda qimmatbaho qo\ozlarda ifodalanuvchi qisqa muddatli yuqori likvidli sarmoyalar sifatidagi pul ekvivalentlari tushuniladi. Albatta moliyaviy bozorning rivojlanib borishi bilan bizning mamlakatimiz iqtisodiyotida ham qimmatbaho qo\ozlarning qisqa muddatli va yuqori likvidli turlari o‘z o‘rnini egallaydi. Korxonalar moliyaviy mabla\larini pul mabla\lari summasi va korxonalar ixtiyoridagi pul ekvivalentlarining yigindisi sifatida tushunish bilan birga bizning fikrimizcha moliyaviy mabla\larning dinamik harakatchanligini ya’ni ularning shakllanishi va ulardan foydalanish jarayonida doimo o‘zgaruvchanligini ham alohida belgilab utish lozim. Moliyaviy mabla\larni ularning harakati jarayonidan ajratilmagan holda ko‘rib chiqish imkoniyatining yukligi shu bilan belgilanadiki mabla\larning alohida olingan bir sharoitdagi holatini uning harakati natijasidir. Korxonaning barcha joriy va uzoq muddatli majburiy to‘lovlarining o‘z vaqtidaligini ta’minlash uchun moliyaviy mabla\lar harakati jarayonini boshqarish zaruriyati vujudga keladi. Moliyaviy mabla\larning dastlabki shakllanishi korxona ta’sischilari tomonidan uning ustav fondi tashkil etilayotgan vaqtga to‘\ri keladi. Korxona ustav fondining tashkil topishi manbaiga xo‘jalik yuritishning tashkiliy huquqiy shakllariga ko‘ra quyidagilar kiradi: -shaxsiy jam\armalar (xususiy korxona uchun); -hissadorlik kapitali; -shirkatlar yoki mas’uliyati cheklangan jamiyatlar a’zolarining pay badallari; -budjet mabla\lari uzoq muddatli kredit. Moliyaviy mabla\larning ishlatilishi qator yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladiki ularning asosiylari qo‘yidagilar: -moliya-bank tizimi muassasalariga to‘lovlar (soliq va to‘lovlar, kredit uchun foiz to‘lovlar, kreditning qaytarilishi, su\urta to‘lovlari va x.k.); Korxona o‘z mabla\larining ishlab chiqarishni kengaytirish texnik qayta kurollantirish bilan bo\liq holda kapital harajatlarga investitsiya qilinishi -shabla\larning qimmatbaho qo\ozlarga investitsiya qilinishi; -moddiy ra\batlantirish va sotsial - madaniy maqsadlar uchun fondlarni tashkil etilishi; -hayriya exson maqsadlari va boshqalar. Moliyaviy mabla\lar bu davlat va xo‘jalik yurituvchi subyektlar qo‘lida tashkil topuvchi pul daromadlari, jam\armalar va tushumlardir. Ular kengaytirilgan ishlab chiqarish ta’minlash, turli xil faoliyatlarni moddiy ra\batlantirish, ijtimoiy extiyojlarni kondirish, mudofaa extiyojlari va davlat boshqaruvi uchun mo‘ljallanadi. Moliyaviy mabla\lar moliyaviy munosabatlarni moddiy asosi hisoblanadi. Moliyaviy mabla\lar ikki turda bo‘ladi. Makromabla\lar, ular umumdavlat miqyosida tashkil topadi. Mikromabla\lar, ya’ni xo‘jalik subyektlari moliyaviy mabla\lari. “Korxona moliyaviy mabla\lari bu xo‘jalik yurituvchi subyektning ixtiyorlarida bo‘lgan va moliyaviy majburiyatlarni bajarishga, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga doir harajatlarni amalga oshirishiga va korxona xodimlarini iqtisodiy ra\batlantirishga mo‘lljallangan pul daromadlari va tushumlaridir”. Korxonalar moliyaviy mabla\lar hisobidan o‘z-o‘zini moliyalashtiradi: Korxona moliyaviy mabla\lari bir qancha manbalar hisobiga shakllanadi. Bu manbalarning ko‘pgina olimlari o‘z asarlarida sanab utishgan. Jumladan, V.A.Chjen Korxona moliyaviy mabla\larini 3 guruhga bo‘lib ko‘rsatdi: O‘z mabla\lari hamda ularga tenglashtirilgan mabla\lar; moliyaviy bozorga safarbar qilinadiganlardan tushgan mabla\lar va qayta taqsimlash tartibida tushuvchi moliyaviy mabla\lar. A.Ulmasov va M. Sharifxujayevlar esa moliyaviy mabla\lar manbalarini birma bir tulik keltiradilar. Olimlarning fikrlarini solishtirib shuni anglash mumkinki, ular bir-biridan unchalik fark kilmaydi. Bu fikrlarni jamlab moliyaviy mabla\lar manbalarini qo‘yidagicha tasvirlash mumkin. Moliyaviy mabla\larning dastlabki shakllanishi ustav fondi hisobiga amalga oshiriladi. Ixtiyoriy xo‘jalik yurituvchi subektning iqtisodiy shakllanishi asosiy va aylanma mabla\larini tashkil etish bilan boshlanadi va ularni qiymati ustav fondi miqdorini ko‘rsatadi. Ustav fondi xo‘jalik yurituvchi subyektning xayotiy faoliyatini ta’minlash maqsadida uning ta’sischilari tomonidan kuyilgan ulushlari yi\indisini ifodalaydi. Binolar, inshootlar, jixozlar va boshqa moddiy boyliklar: yerdan, suvdan va boshqa tabiiy boyliklardan foydalanish huquqini, shuningdek boshqa mulkiy huquq; qo‘shma korxona katnashchilarining mamlakati milliy valyutasidagi pul mabla\lari korxonaning ustav sarmoyasi jumlasiga kiritilishi mumkin. Moliyaviy mabla\larning asosiy manbai bo‘lib tayyor maxsulotni sotishdan, xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarilishidan olingan tushum hisoblanadi. U qayta taqsimlash jarayonida korxona pul daromadlari shaklini oladi. Daromadlar korxonalarning odatdagi xo‘jalik faoliyati tufayli aktivlarning ko‘payishi yoki korxona majburyatlarining kamayishi bo‘lib, o‘z sarmoyasining ko‘payishiga olib keladi. Moliyaviy mabla\lar asosan foyda hisobidan shakllanadi. “Foyda kapital va ishbilarmonlik qobiliyatini ishga solib akl-idrok bilan ish yuritib, xatarli ishga tavakkal qo‘l urganligi uchun tegadigan moliyaviy mabla\ hisoblanadi”. Foyda shakllanishi korxona faoliyatini eng muhim tomonidir. Foyda massasi natijani tashkil etadi va korxona faoliyati ko‘lamini ko‘rsatadi. Foydani harajatlar bilan taqqoslash korxona faoliyatini samaradorligini tavsiflaydi. Foyda o‘z asosiga ko‘ra 2qismdan iboratdir: real va potensial foyda Real foyda-mahsulot sotishdan tushgan tushum bilan ishlab chiqarishga ketgan harajatlar o‘rtasidagi farqdir. Potensial-foyda korxonaning sotishdan tashqari faoliyati bilan bo\liq bo‘lib, qiymati vaqt davomida o‘zgaradigan aktivlardan (qimmatbaho qo\ozlardan olinadigan daromad, mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad va hokazo) shakllanadi. Foydaning shakllanishi omillarini tashkil qiladi va firma ichini 2 guruhga bo‘lish mumkin. Tashqi omillar umum iqtisodiy holat inflyatsiya darajasi, ayrim tovar bozorlarning o‘ziga hos xususiyatlariga bo\liq. Foydaning ichki omillari qo‘yidagilardan iborat: -Asosiy ishlab chiqarish faoliyati va sotishdan tashqari daromadlar; -Innovatsiyalarni tadbiq qilish; -Tavakkalchilikni boshqarish; Mehnat jamoasining bo‘sh pul mabla\larni jalb etishi moliyaviy mabla\larni kushimcha manbai bo‘lishi mumkin. Ikkilamchi emissiya aksiyalarni, chiqarilgan obligatsiyalarni va boshqa xil qimmatli qo\ozlarni sotish hissadorlik jamiyatlarida moliyaviy mabla\larning yana bir manbai bo‘lishi mumkin. +immatli qo\ozlar bozorini shakllantirish jarayonida moliyaviy mabla\lar hosil bo‘lishini boshqa elementlarning qimmatli qo\ozlari bo‘yicha dividendlar va foizlari, shuningdek qimmatli qo\ozlar bilan o‘tkazilgan operatsiyalarda musbat kurs tafovutiga erishilishi singari yangi manbalari paydo bo‘ladi. Ixtyoriy korxonada ishlab chiqarish jarayonining moddiy texnika asosi bo‘lib asosiy ishlab chiqarish fondlari hisoblanadi. Asosiy fondlarning dastlabki shakillanishi, amal qilishi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish, bevosita moliyaviy mabla\lar ishtirokida amalga oshiriladi. Asosiy fondlarning ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qarab ularni qiymati 2 ga bo‘linadi: 1) Mahsulot tarkibiga kirib ketuvchi eskirish qiymati. 2) Amal qilayotgan asosiy fondlarning qoldik qiymati. Asosiy fondlarning eskirgan qiymati mahsulot sotuvi davomida sekin astalik bilan maxsus amortizatsiya fondida pul shaklida jamlanadi. Asosiy vositalarning eskirishi ularni belgilangan xizmat muddati davomida hisoblanadi. Sarflash zaruriyati esa ularni haqiqiy hisobdan chiqarilganda paydo bo‘ladi. Shuning uchun ekspulatatsiyadan chiqarilgan asosiy fondlarni almashtirilguncha hisoblangan amortizatsiya ajratmalari vaqtincha bush hisoblanadi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni qo‘shimcha manbai sifatida ishlatilishi mumkin. Korxona tomonidan amortizatsiyani hisoblash usulini tanlash moliyaviy resurlar shakllanishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki bu korxonaning asosiy moliyaviy proporsiyasiga uning sof foydasiga va pul muomalasiga, mabla\ bilan ta’minlashning ichki tuzilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Amortizatsiya hisoblash uchun O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy andozasini 22-28 chi bandlarida ko‘rsatib utilgan. Bunga ko‘ra amortizatsiya hisoblashni quyidagi usullari ajratib ko‘rsatiladi. Amortizatsiyani baravar hisoblash usuli. Ishlab chiqarish usuli. Jadaldashtirilgan amortizatsiya usuli. Amortizatsiyani baravar hisoblash usuli shundan iboratki, asosiy vositalarning eskirishi ularni foydali ishlatish muddati davomida asosiy vositalar qiymatidan bir ulushda hisoblab chiqariladi. Shunga muvofiq amortizatsiya ajratmalarni hisoblab chiqish formulasi kuydagicha: Ak- Asosiy vositalar qiymati. An- Amortizatsiya normasi. Ishlab chiqarish usuli esa har bir aniq yil davvomida asosiy vositani ishlab chiqarishni hisobga olishga asoslangan. Bu usul bo‘yicha eskirishning yillik miqdorini hisoblash uchun asosiy vositani foydali ishlatishning butun muddati uchun umumiy ishlab chiqarishni hisobga olishga asoslangan. Ushbu usul bo‘yicha eskirishning yillik miqdorini hisoblash uchun asosiy vositani foydali ishlashining butun muddati uchun umumiy ishlab chiqarish Yillar yigindisi usuli (akumuliyativ usul) qoldiqning kamayishi usuli aktivning foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya qilinadigan summaning kamayib borishini bildiradi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, baravar ishlab chiqarish usulidagi eskirish me’yori asosiy vositaning qoldik qiymatiga qo‘llaniladi. Uni hisoblanishicha Ap q2 An (Ak * A )( Ap-p- yildagi amortizatsiya summasi. An -asosiy vositalarning boshlan\ich qiymati Ak-k-yilgacha bo‘lgan amortizatsiya summasi yigindisi. Yillar yigindisi usuli mohiyati shundan iboratki har bir yilda amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddatining oxrigacha qolgan amortizatsiya qilinadigan qiymatdagi ulush sifatida aniqlanadi. Bu ulush amortizatsiya ajratmalari tugaguncha qolgan tulik yillarning miqdorini amortizatsiya muddatini tashkil etuvchi yillarning tartib soni miqdorga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. Asosiy vositalarning har xil turlariga amortizatsiya hisoblashning har xil usullarga qo‘llanishga yo‘l qo‘yildi. Bunda asosiy vositalarning bir turiga faqat bir usul qo‘llanishi lozim bo‘ladi. +ushimcha moliyaviy mabla\larni jalb qilish shakllaridan biri bu qimmatli qo\ozlarni chiqarish miqdorini aniq bir yilda ishlab chiqarilishni bilish zarur. Ishlab chiqarish sifatida mahsulotning ishlab chiqarilgan birligi miqdorini, necha soat ishlaganini qabul qilish mumkin. Asosiy vositalardan intensiv foydalanganida, shuningdek fan texnika taraqqiyoti asosiy vositalarning eskirishiga katta ta’sir o‘tkazganda asosiy vositalarning eskirishi jadalashtirilgan amortizatsiya yo‘li bilan hisoblanadi. Jadallashtirilgan amortizatsiya usulining mohiyati shundan iboratki, aylanmadan tashqari aktivlardan foydalanishning dastlabki yillarida ular dastlabki qiymatning asosiy qismi hisobidan chiqariladi. Bunga birinchidan, aylanmadan tashqari aktivlardan eng ko‘p foydalanish jadalligi ular xali fizik va ma’naviy jihatlardan yangi hisoblangan ulardan foydalanishning birinchi yillariga to‘\ri kelishi; ikkinchidan, amortizatsiya qilinadigan obyekti tezlikda ma’naviy eskirgan takdirda uni almashtirish uchun rezerv yaratilishi: uchinchidan, amortizatsiya qilinadigan obektlardan foydalanishning oxirgi yillariga to‘\ri keladigan, ularni tuzatishga sarflanadigan harajatlar ulushini ishlab chiqarish chikimlarni ko‘paytirmasdan ko‘paytirish imkoniyatini ta’minlashi sabab bo‘ladi. Bu usul ikki xil yo‘l bilan hisoblanadi: Amortizatsiyaning ikki baravar ko‘paytirilgan me’yori bilan kamayadigan qoldiq usuli. qimmatli qo\ozlarni chiqarish va sotishda korxona ma’muriyati quyidagi muammoni xal etishi kerak. +aysi qimmatbaho qo\ozni chiqarib sotganda eng yuqori natijani xal eta oladi. Agar korxona o‘z mulkining bir qismidan foydalanish huquqini boshqasiga berishni hohlamasa obligatsiyalarni chiqarish maqsadga muvofiqdir. Obligatsiya aksiyadorlik jamiyati tomonidan uning faoliyatini mabla\ bilan ta’minlash uchun qarz mabla\lari manbai sifatida chiqariladi. Obligatsiyalar chiqarishda qarz oluvchi bilan qarz beruvchi o‘rtasida kontrakt to‘ziladi, kontraktda taraflarning huquq va majburiyatlari belgilanadi. Obligatsiya chiqargan aksiyadorlik jamiyat sharnomaga muvofiq olingan summani va bu bo‘yicha hisoblangan foizlarni belgilangan muddatlarda to‘lashi kerak. Obligatsiya u teng egasiga ovoz berish huquqini bermaydi. /arb mamlakatlarida amaliyotda obligatsiyalarning xillari ko‘p. Masalan, obligatsiyalar ta’minlangan va ta’minlanmagan, boshqa qimmatli qo\ozlarga konvertatsiya qilinishi yoki qilinmasligi, foiz to‘lashning mutlaqo har xil shartlariga ega bo‘lishi mumkin va boshqalar. Obligatsiyalar nominali bo‘yicha, mukofotli yoki diskont bilan sotilishi mumkin. Mukofot ham, diskont ham ushbu qarz mavjud bo‘lishi muddati davomida asta-sekin hisobdan chiqariladi. Ayrim hollarda obligatsiyallar chiqarishda kontraktda qarz oluvchi qarz mavjud bo‘lishi davomida pul mabla\larni davriy ajratmalar ko‘rinishida obligatsiyalar haqini o‘z ulushi uchun maxsus jam\armaga zaxira qilinishi qayd etilgan bo‘ladi. Agarda korxona ishlab chiqarishni kengaytirishi boshqa investorlarning kapitalsiz amalga oshmasa u aksiya chiqarishga qaror qiladi. O‘zbekiston Respublikasining “+immatli qo\ozlar va fond birjasi to‘\risidagi” qonuniga muvofiq mamlakatimizda aksiyani amalda bo‘lishiga ruxsat berilmagan. Korxona aksiya chiqarishda uning turiga e’tibor berishi kerak. Aksiyaning bir necha turlari mavjud. Bir tomonidan aksiyalarni bir aksiyadordan boshqasiga berish usulidan kelib chiqib, ularning egasining nomi yozilgan aksiyalarga va taqdim qilinadigan aksiyalarga bo‘linadi, ikkinchi tomondan, jamiyatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga muvofiq oddiy va imtyozli aksiyalarga bo‘linadi. Egasining nomi yozilgan aksiyalar egalari aksiyadorlar reyestrida albatta ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart bo‘lgan aksiyalardir. +ulaylik nuqtai nazardan olganda aksiyadorlik jamiyati uchun egasining nomi yozilgan aksiyalar eng makbul hisoblanadi. Bu aksiyadorlik sarmoyasi harakati jarayonini va qimmatli qo\ozlarni ayrim aksiyadorlar kulida jamlanishini nazorat qilish hamda ularning chetga chiqib ketishini tartibga solish imkonini beradi. Nomi yozilgan aksiyalar o‘z likvidligiga ko‘ra istalgan vaqtda naqd pulga aylanishi jihatdan aksiyadorga birmuncha ijobiy ta’sir qiladi. Taqdim qilinadigan aksiyalar esa ya’ni egasini biror joyda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan ikkilamchi bozorda erkin sotiladi bu esa uning likvidligini ta’minlaydi. Aksiyalarni ushbu turlari qayta sotilishining har xil mexanizmlari mavjud nomi yozilgan aksiyalarning egasi jamiyatdan uni harid qilishda ro‘yxatdan o‘tkazilgan egasining nomi yozilgan aksiyalarni olish mumkin, ular mavjudligini qayta ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlaydi. Taqdim qilinadigan aksiyalarni qayta sotish qimmatli qo\ozning bir mulkdordan boshqa mulkdorga to‘\ridan-to‘\ri o‘tishdan iborat. Biz yuqorida aksionerlar jamiyatini boshqarishda ishtirok etishi huquqiga qarab ikkiga bo‘lgan edi ya’ni oddiy va imtiyozli aksiyalar. Oddiy aksiyalar unga tegadigan dividend, foydaga qarab har xil bo‘ladi. Uning miqdori qat’iy kafolatlanmaydi, ammo egasiga aksionerlik jamiyatini yiginida ovoz berib, uning ishini xal etishda ishtirok etishi huquqini beradi. Bunday aksiyalarni egalari boshqa qimmatli qo\ozlar egalariga nisbatan ko‘proq o‘z zimmalariga olganliklari tufayli shunday aksiyalar bo‘yicha olinadigan dividendlar yuqoriroq qilib belgilinadi. Imtiyozli aksiya shunday aksiyaki, unga tegadigan dividend foydaga qarab emas balki zayom to‘lagani kabi oldindan belgilangan qat’iy foizlarda beriladi. Agar joriy yilda daromad tegmay qolsa, u holda uning kelajakda olinishi kafolatlanadi. Ammo imtyozli aksiya egalari aksionerlar majlisida ovoz berish huquqiga ega bo‘lmaydilar. Korxona moliyaviy mabla\larning muhim manbalaridan yana biri bu xo‘jalik yurituvchi subyektning doimiy ixtiyorida bo‘ladigan kreditorlik qarzlarida ular asosan qo‘yidagilardir: ish haqi yuzasidan qarzdorlik, mehnatga haq to‘lash fondi bilan bo\liq budjetdan tashqari fondlarga ajratmalar, kelgusi to‘lovlar uchun rezervlar va boshqalar kutilayotgan to‘lovlar uchun rezervlar ishchilarning mehnat ta’tillarini ta’minlash yoki moliyalashtirish uchun mo‘ljanlangan mabla\larni to‘lash orqali shakllantiriladi. Moliyaviy mabla\larni to‘\ri shakllantirishni o‘zigina xo‘jalik subyektlari faoliyatining ijobiyligidan darak bermaydi. Balki har bir korxona moliyaviy mabla\larni shakllantirish bilan birga uni to‘\ri sarflanishini, qaysi yo‘nalishga ishlatilishni xal qilish lozim. Moliyaviy resurlarni ishlatilishi korxona tomonidan ko‘p yo‘nalishlarida amalga oshiriladi. Moliyaviy resurslar ishlab chiqarishni rivojlantirishga, iste’molga hamda zaxirani shakllantirishga yo‘naltiriladi. Takror ishlab chiqarish jarayonini sotish bosqichini rivojlantirishga mo‘lljallangan moliyaviy mabla\lar pul shaklidagi kapitalni ifodalaydi. Kapital -bu aylantirishga kuyilgan pullar bo‘lib aylanish jarayonida o‘zini ko‘paytiruvchi pullar hisoblanadi. Pul aylanishi ularni tadbirkorlikka yunaltirish vositasida, ssudaga berish vositasida, qarzga berish bilan amalga oshiriladi. Kapital quyish shakliga qarab tadbirkorlik va ssuda kapitaliga ajartishimiz mumkin. Tadbirkorlik kapitali turli tashkilotlarga to‘\ri yoki potrfel investitsiyalar sifatida kuyilgan kapitaldir. Bunday kapital quyish foyda olish maqsadida yoki korxonani boshqarish huquqini olish maqsadida amalga oshiriladi. Ssuda kapitali bu qaytaruvchanlik va to‘lovchanlik shartlari asosida qarzga berilgan pul mabla\laridir. Ssuda kapitali tadbirkorlik kapitalidan farkli o‘laroq u korxonaga investitsiya qilinmaydi, balki boshqa investorga foiz evaziga vaqtinchalik foydalanishga beriladi. Ssuda kapitali tovar sifatida namoyon bo‘ladi va uning bahosi u bo‘yicha to‘lanadigan foizlar hisoblanadi. Korxona moliyaviy mabla\lari moliya-bank tizimi tashkilotlari oldidagi moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun ham ishlatiladi. Bularga: budjetga soliqli to‘lovlar, kreditlardan foydalanganlik uchun bank foizlari, avval olingan ssudalarni to‘lanishi, su\urta harajatlari va boshqalar kiradi. Xozirda bozor iqtisodiyoti asosidagi iqtisodiy tizim korxonalari o‘z faoliyatlari hamda mol-mulkini su\urta qilishni zarur qilib kuymokda. Bu esa o‘z navbatida moliyaviy mabla\larni bir qismini su\urta harajatlariga sarflashga olib kelmokda. Moliya-bank tizimi tashkilotlarga to‘lovlarini soliq bo‘yicha imtiyozli bank foizlariii su\urta holati ruy berganda to‘lanadigan su\urta to‘lovi sababini kamayishi korxona moliyaviy mabla\larini o‘zida qolishini taminlaydi. Natijada bo‘sh moliyaviy mabla\ni vujudga keltirishda korxona moliyaviy mabla\larni xayriya maqsadlarga, xomiiylikka, hamda ra\batlantiruvchi va ijtimoiy harakatda bo‘lgan pul fondlarini shakllantirish mumkin. Moliyaviy mabla\larni bunday yo‘nalishga ishlatilishi to‘\ridan -to‘\ri foyda keltirmasa ham ishlab chiqarishni samaradorligini oshirishga, korxona obrusiini oshishiga va sotish jarayonini tezlashishiga ijobiy ta’sir qiladi bu esa foydani oshishiga olib keladi. Xo‘jalik yuritishning bozor mexanizmi asoslariga o‘tib borishi xususiylashtirilgan korxona rahbarlari, aksiyadorlik a’zolari, shuningdek moliyaviy-iqtisodiy xizmatlarning roli kuchli darajada oshadi. Korxonaning me’yordagidek faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun moliyaviy manbalarni izlash moliyaviy mabla\larni eng samarali quyish yo‘nalishlarini aniqlash, qimmatli qo\ozlar portfelini shakllantirishni va moliyaviy menejementning boshqa masalalari korxonalar moliyaviy xizmatchilarining asoiy vazifalariga aylanadi. Korxonalar moliiyaviy xizmati xodimlari va raxbarlari moliyaviy mabla\larni investitsiya qilishnng maqsadlari to‘\risida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari hamda ularni jalb etish bo‘yicha ma’lum qaror qabul qiliishlari kerak. +isqa va o‘rta muddatli mabla\larga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish uchun kredit muassasalarining ssudalarini ishlatish maqsadga muvofiqdir. +o‘shimcha daromad olish maqsadida pul mabla\larini boshqa korxonalarning qimmatli qo\ozlariga qo‘yishda moliya xizmatchilari, agar ular o‘z korxonasiga zarar yetkazishni hohlamasalar balki uni gullab -yashnashiga kumaklashga intilsalar qo‘yidagi talablarga rioya etishlari shart: -boshqa korxonalarni qimmatli qo\ozlarini sotib olayotganda korxona Ortiqcha moliyaviy mabla\larni jalb qilishi kerak, bunda korxonada favqulodda holatlarga mo‘lljallangan pul mabla\lari bo‘lishi kerak. -istalgan korxonani qimmatli qo\ozini sotib olishdan oldin uning faoliyatini moliyaviy natijalarini o‘zgarishini har tomonlama tahliliii qilib va o‘rganib chiqish kerak. -boshqa korxonani aksiyalarini sotib olishda ishonchsiz tekshirib ko‘rilgan ma’lumotlardan foydalanish kerak emas. O‘zining daromadlari to‘\risida hisobot bermaydigan korxonalarni aksiyalarni sotib olmaslik kerak. Korxona bush pul mabla\larini joylashtirishda bir obyektga emas, balki halk xo‘jaligini turli tarmoqlariga yunaltirish zarur bu moliyaviy adashmovchiliklarni oldini oladi. Aksiyalarga pul mabla\lari investitsiya qilingan korxonalarni moliyaviy hisobotlarni muntazam urganib borish zarur. Korxonani aksiyalarning dividendlari pastligi qarabgina ularni sotib olishdan bosh tortish tavsiya etilmaydi. Ba’zan uzoq muddatda stabil harakterga ega bo‘lgan daromadlarni keltiradigan aksiyalarni dividendlari past bo‘lsa sotib olish maqsadga muvofiqdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy mabla\larni taqchiligi ularni tashkil topish manbalarini hamda ishlatilishi yo‘nalishlarini tahlil qilishni taqozo etadi. Korxona moliyaviy mabla\lari tahlil qilinar ekan birinchi navbatda ularni tashkil etishi mabla\larini urganib chiqishi lozim. Biz bilamizki bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning xo‘jalik faoliyati va uning rivojlanishi asosan o‘z-o‘zini moliyalashtirish hisobiga amalga oshiriladi. Korxonaning o‘z mabla\lari va chetdan jalb qilingan mabla\lar korxona moliyaviy mabla\lari manbalari hisoblanadi. Korxona moliyaviy mabla\lari manbalarini dinamikasini tahlil qilishda quyidagi jadvaldan foydalanamiz. 3. Jamiyatimiz taraqqiyotining bosh omillaridan biri milliy daromadni yaratuvchanlik faoliyatida ishtirok etuvchi xo‘jalik subyektlari faoliyatini samaradorligini oshirish va amaldagi iqtisodiy islohotlar ustivor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda tadbirkorlik faoliyatini keng kulamda ra\batlantirish, milliy valyuta barqarorligini ta’minlash, mamlakat milliy iqtisodiyotining eksport potensialini oshirish kabi makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash yo‘nalishidagi islohotlar hisoblanadi. Buning uchun esa turli xil mulk shakllarida faoliyat yurituvchi xo‘jalik subyektlarida tadbrkorlik faoliyatini ra\batlantirish va ularnin ishlab chiqarish jarayoni samarasini o‘sishidan manfaatdorligini oshirish bo‘yicha yetarli moliyaviy iqtisodiy zamin yaratilish lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat asosida faoliyat yurituvchi har qanday xo‘jalik subyektlari moliyaviy iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi bosh omillaridan biri ishlab chiqarilgan mahsulot sotuvi, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar bo‘yicha olingan pul tushumlari hisoblanadi. Mahsulot sotuvidan tushumning iqtisodiy mazmuni, birinchidan, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning iqtisodiy-moliyaviy natijalarini puldagi aks etishi hisoblanadi. Shuningdek mahsulot sotuvidan tushum takror ishlab chiqarish jarayonidagi yaratilgan tovarlarning abstrakt va konkret mehnatini o‘zida aks ettiradi ya’ni takror ishlab chiqarish jarayonining qayta ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, iste’mol boskichlaridagi harajatlarning hamma elementlarini va foydani ya’ni yangidan yaratilgan qiymatni o‘z ichiga oluvchi asosiy moliyaviy kategoriya hisoblanadi. Ma’lumki, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni tayyor mahsulotni iste’molchilarga yetkazib berish bilan tugallanadi. Bozor munosabatlari sharoitida bu jarayen tayyer tovarlarni qiymatini o‘zaro ayirboshlash jarayeni natijasida sotuv qilinishi bilan belgilanadi. Tovarlar sotuvi ishlab chiqarish jarayenining muvaffakiyatli tugallanishini asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi va bir vaqtning o‘zida korxonaning me’yordagidek xo‘jalik faoliyatini yuritishda muhim hisoblanuvchi aylanma mabla\larini aylanishining tugallangan boskichi hisoblanadi. Sotuv qilingan tovarlar iste’molchilarga yuborilgan yeki korxonalar tomonidan turlicha pul shaklida tushumga ega bo‘lgan tayyor tovarlar hisoblanadi. Mahsulot sotuvidan tushum o‘zida sotuv qilingan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar hisobiga korxona hisob raqamiga kelib tushgan pul mabla\lari yigindisini o‘zida aks ettiradi. Mahsulot sotuvidan tushum korxonaning pul daromadlarini asosiy manbai hisoblanadi. Sotuvdan tushum muhim moliyaviy kategoriya sifatida tovarlar yetkazib beruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi pul munosabatlarini o‘zida aks ettiradi. Moliyaviy kategoriya sifatida tushum korxonalar moliyaviy mabla\larining va pul mabla\larining bosh moliyaviy manbai hisoblanadi. Shuningdek moliyaning koorxonalar doirasidagi taqsimot funksiyasini asosiy obyektlaridan biri hisoblanadi. Moliyaviy mabla\lar- mehnatga to‘lovlar fondi va pul qoplamalariga taqsimlanish jarayenida foydalanuvchi yalpi daromad va pul qoplamalaridan iboratdir, pul mabla\lari esa– aylanma mabla\lar va amortizatsiya hisoblanadi. Hozirgi sharoitda iqtisodiy adabiyotlarda sotuv qilingan mahsulot tushunchasi haqida turli xil karashlar mavjud. Xususan, vositachilik– ta’minot- savdo va tayyerlov tashkilotlarda ulgurji baholar bo‘yicha sotuvdan tushumni mahsulot sotuvidan tushum hisoblash mumkinmi?– degan bahsli munozara mavjud. +ator iqtisodchilar sotuv tushunchasi sotuvning asosiy obyekti hisoblangan tovarlarni bevosita iste’molchilarga tushishi bilan bo\liq deb hisoblaydilar. Bu munozara kushilgan qiymat, aksiz soliqlarini to‘lovchilar haqidagi masalani xal qilishda kutariladi. Bu soliqlarning to‘lovchilari iste’molchilar hisoblanadi. Budjetga ularni tovarlar sotuvini kiluvchi korxona, soliq vositachilari keltirib tushiradi. Bizning fikrimizcha, korxonalar moliyasi uchun muhim hisoblangan mahsulot sotuvi tushunchasining mohiyatini aniqlash uchun qo‘yidagilarni ko‘rib utish lozim: Birinchidan- sotuvdan tushum qiymatning tovar shakli bilan pul shaklini o‘zaro almashishi hisoblanadi. Sotib oluvchi tomonidan tovarlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish natijasida tovar pul shakliga almashadi; ikkinchidan-subyektlar mulklari o‘zaro almashadi: tovarlarni to‘lovini sotib oluvchi amalga oshirganga kadar tovarlar mulkiy egaligi ishlab chiqaruvchida bo‘ladi. Tovarlarning to‘lovlari amalga oshirilgandan so‘ng sotib oluvchi mulkchilik subyektiga aylanadi. Bu ikki jarayonning majmuasi, ya’ni mulk va qiymat shaklining o‘zaro almashuvi sotuv qilingan mahsulot tushunchasining iqtisodiy mohiyati hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, tayyer mahsulotning tovarlarni o‘zaro ayriboshlash operatsiyalari uchun foydalaniladigan qismini sotuv qilingan mahsulotga kiritish mumkin emas (Barter operatsiyalari). Bizning fikrimizcha, bunday shartnomalarning amalga oshishi qonunchilik bilan cheklanishi lozim, modomiki, bu mamlakatdagi pul muomalasini buzilishiga olib keladi, mahsulot sotuvidan foyda miqdorini kamaytiradi va soliqqa tortishda chetlashish holatlarini vujudga keltiradi. Mahsulot sotuvdan tushum o‘lchoviga sotuv qilingan mahsulotning miqdori assortiment ko‘rsatkichlari, sotuv qilinadigan mahsulotlarning sifati, hisob kitob tartiblari va baholar ta’sir qiladi. Mahsulot sotuvidan tushumning miqdoriga ishlab chiqarish xajmi bo\liq bo‘ladi va sotuv davrining boshi va oxiridagi sotuv qilinmagan qoldik mahsulotlar ulchamiga bo\liq. Umuman, hozirgi sharoitda ishlab chiqarish jarayonlarini intensivlashtirish va mahsulot ishlab chiqarish birligini yuqori samaradorligini ta’minlash xukumatimiz tomonidan asosiy masala sifatida kuyilishi sharoitda korxonalarda mahsulot sotuvidan tushumni rejalashtirish va uning sifat ko‘rsatikichlarini oshirishning moliyaviy imkoniyatlarini yaratish muhim hisoblanadi. Sotuv qilingan mahsulotlarning assortiment ko‘rsatkichlari tushumga faol ta’sir ko‘rsatadi. O‘z navbatida tushumga ikki tomonlama ta’sir qiladi. Tovarlar bahosini o‘sishi sharoitida mahsulot assortimentlarining ham yuqori bo‘lishi tushum miqdorining oshishiga olib keladi. Bu yerda shuni takidlash lozimki, tushumning miqdor ko‘rsatkichlariga baholarning o‘sishiga to‘\ri proporsional ammo, teng shart sharoitlarda baholarning o‘sishi mahsulot sotuvini xajmini pasaytiradi. Natijada korxonalarning yetarli darajadagi pul tushumlari shakllanmaydi. Bu holat albatta, birlamchi darajadagi to‘lanishi zarur bo‘lgan joriy majburiyatlarni qaytarish imkoniyatini pasaytiradi va korxonaning moliyaviy holati yomonlashishi mumkin. Sotuv qilingan mahsulotning sifati ham tushum o‘lchoviga ikki tomonlama ta’sir etadi. Tayyer mahsulot bahosiga uning sifati va iste’mol xususiyati ta’sir qiladi. Mamlakatdagi to‘lov hisob kitob tartiblari ham sotuvdagi tushumga ta’sir etadi. Mahsulot sotuvidan tushumning iqtisodiy mohiyati nuqtai nazardan ikki elementdan tashkil topadi. Birinchisi, yalpi daromad ikkinchisi pul jam\armalari. Mahsulot sotuvidan tushum taqsimot munosabatlarining bosh moliyaviy ko‘rsatkichlari sifatida o‘ziga hos xususiyat kasb etib bunday xususiyatlar turli mulk shakllarida va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yurituvchi korxonalar nuqtai nazardan turkumlanadi. Xususan, moddiy ishlab chiqarish korxonalarida asosiy faoliyatning moliyaviy natijasi sifatida olingan foydaning bosh moliyaviy manbai ishlab chiqarilgan tovarlar sotuvidan tushgan tushum hisoblanadi. Xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi xo‘jalik subyektlarida esa ko‘rsatilgan xizmatlar hisobiga olingan pul tushumlari asosiy faoliyatning moliyaviy natijalarini moliyaviy manbai hisoblanadi. Umuman olganda moliyaviy nuqtai nazardan bu ikki xo‘jalik subyektida mahsulot sotuvidan tushumning shakllanishi bir mazmunni anglatadi ya’ni avanslangan kapitalning foydaliligi, samaradorliligini belgilab beruvchi bosh moliyaviy ko‘rsatkich hisoblanadi. Ammo, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining texnik iqtisodiy asoslari nuqtai nazardan korxonalarda mahsulot sotuvidan tushumning shakllanish yo‘nalishlari farklanadi. Masalan, moliyaviy sektor institutlarida mahsulot sotuvidan tushgan tushum emas balki operatsion daromadlar sifatida hisoblanadi. Mahsulot sotuvidan tushum moliyaviy kategoriya sifatida taqsimot munosabatlarining asosiy manbai hisoblanadi. Mahsulot sotuvidan tushum moliyaning asosiy harakterli belgilaridan bo‘lgan pul fondlarini shakllantirishdagi asosiy moliyaviy manbalardan biri hisoblanadi. Har qanday qiymat taqsimot munosabatlari umumiy ekvivalent ya’ni pullar vositasida amalga oshiriladi. Shuningdek taqsimlash xarakteridan iborat bo‘lgan pul munosabatlari ham moliyaviy munosabatlarni o‘zida aks ettiradi -moliyaviy bozorlardan jalb qilingan mabla\lar; -moliya bank tizimidan qayta taqsimlash natijasida kelib tushgan mabla\lar. Korxonaning xususiy va unga tenglashtirilgan mabla\lari qatoriga foydaning hamma turlari, amortizatsiya, mahsulot sotuvidan tushgan tushum, barqaror passivlar, chiqarib yuborilgan mulklarni sotishdan tushgan tushumlar va boshqalar hisoblanadi. Moliyaviy bozorlardan jalb qilingan mabla\larga xususiy aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qo\ozlarni sotishdan tushgan tushum va kredit investitsiyalari kiritiladi. +ayta taqsimlash tartibidagi pul mabla\lariga su\urta to‘lovlari, dividendlar va foizlar, pay badallari, budjet subsidiyalari va boshqalar kiritiladi. Bizning fikrimizcha, moliyaviy mabla\lar kategoriyasini bu usulda yoritish nisbatan kamchiliklarga egadir. Chunki, moliyaviy mabla\larga ta’rif berilganda moliyaviy majburiyatlarni bajarishga yo‘naltirigan pul daromadlari va tushumlari ham kiritilgan. Moliyaviy mabla\larning manbalari sifatida esa asosan xususiy va unga tenglashtirilgan mabla\lar hisoblanmokda. Ma’lumki, korxonaning oldidagi budjetga to‘lovlar (soliqlar) va ajratmalar, budjetdan tashqari fondlarga ajratma shaklidagi to‘lovlarning nafaqat foydadan to‘lanadi. Balki, ularning ma’lum qismi, tannarxni tarkibiga ham kiritiladi. Shuning uchun ham korxonaning xususiy moliyaviy mabla\larini shakllanish manbalari yalpi foyda emas balki yalpi daromad hisoblanadi. Korxonalar doirasida shakllantiriladigan moliyaviy mabla\larning ulchami, zaruriy kapital kuyilmalarni moliyalashtirish, aylanma mabla\larni ko‘paytirish, hamma turdagi moliyaviy majburiyatlarni amalga oshirish, ijtimoiy harakterdagi extiyojlarni ta’minlash imkoniyatlarini aniqlaydi. Korxonalarda mahsulot sotuvidan tushgan tushumning tarkibiy elementi sifatida moliyaviy mabla\lar fond va nofondli ko‘rinishlarda foydalaniladi. Chunki, moliyaviy mabla\larni bir qismi hisobiga turli xil pul fondlari shakllantiriladi, shuningdek uning ma’lum bir qismi, korxonaning majburiyatlarini bajarish uchun yo‘naltiriladi. Amaliyotda, pul mabla\lari, pul moliyaviy mabla\lar, pul fondlari tushunchalari guyoki bir xildagidek qabul qilinadi. Ammo, ularning o‘rtasida jiddiy farklanishlar ham mavjud. Pul mabla\lari- moliyaviy mabla\larga nisbatan kengrok ma’noga ega bo‘lgan tushunchadir. Moliyaviy mabla\lar esa korxona pul mabla\larining faqatgina aylanmada bo‘lgan qisminigina anglatadi. Pul fondlari esa moliyaviy mabla\lardan fondli shakllardagi yo‘nalishlarda foydalanish natijasida shakllantirilgan foyda hisoblanadi. Download 225.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling