Mustaqil ishi mavzu: korxona pul fondlarining shakllanishi va taqsimlanishi hisobi


-savol. Tovar va uning xususiyatlari


Download 225.5 Kb.
bet5/8
Sana21.06.2023
Hajmi225.5 Kb.
#1645408
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu korxona pul fondlarining shakllanishi va taqsimlanishi

2-savol. Tovar va uning xususiyatlari
Ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarilgan mahsulotlar tovarga aylanishi uchun u sotilishi va sotib olinishi kerak, ya‘ni, mahsulotni ishlab chiqarishga sarf qilinadigan xarajatlar qiymat shaklidagi namoyon bo’lishi va uning real ko’rinishi pulda ifodalanishi lozim.
Ya‘ni, tovar-pul (T-P) va pul–tovar (P-T) shakliga aylanishi hamda T-P-T ko’rinishini hosil qilishi lozim. Tovarga iqtisodchi omillar turlicha ta‘rif berganlar. Masalan, Ye.F. Borisov “Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga mo’ljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflikdir”[1]. degan ta‘rifni bergan. Bu ta‘rifdan ko’rinadiki, tovar inson mehnatining mahsulidir deb qaragan. V.I. Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda “ne‘mat” va “tovar” tushunchalariga kengroq ta‘rif berilgan: “Tovar - bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne‘mat”[1].
Tovarga berilgan ta‘rifga asoslanib aytish mumkinki, tovar iqtisodiy kategoriya bo’lib, inson mehnatining mahsuloti, biron-bir naflik va qiymatga ega bo’lgan va sotish-sotib olishga mo’ljallangan mahsulotlar majmuasidir.
Tovar ikki xususiyatga ega: birinchidan, tovar insonning biron-bir ehtiyojini qondiradi; ikkinchidan, tovar boshqa mahsulotga ayirboshlana oladigan buyumdir. Boshqacha aytganda tovar iste‘mol va almashuv qiymatlariga egadir. Tovarning iste‘mol qiymati kishiga foydaliligi va nafligidir. U shaxsiy iste‘mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida insonlarning biron-bir ehtiyojini qondiradi.
Tovarning almashuv qiymati – bu biror turdagi naflikning boshqa turdagi naflikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatdir. Masalan, bitta bolta 20 kg doga ayirboshlash qilinadi.
Tovarda mujassamlashagan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashkil qiladi. Bu qiymat tovarlar ayirboshlaganda ko’rinadi, shuning uchun ham almashuv qiymati-qiymat shakli bo’lib, uning ichki mazmunini tashkil etadi. (ya‘ni iste‘mol qiymatlarini ayirboshlash nisbatini bildiradi).
L. M. Kulikov qiymat va almashuv qiymatini tovarning alohida asosiy xususiyatlari sifatida ajratib ko’rsatadi. Ya‘ni, “qiymat - bu tovar ishlab chiqarish va uni sotish (ko’pincha qisqacha qilib “ishlab chiqarish xarajatlari” deb ataydilar) qanchaga tushganligining ifodasidir.
Tovar ayirboshlaganda (sotilganda) ishlab chiqaruvchi (sotuvchi), tabiiyki, o’z xarajatlarini qoplashni istaydi, biroq bozorda boshqacha nisbatlar tarkib topishi mumikn endi ularni boshqa ko’rsatkich-almashuv qiymati ifodalaydi. Bu bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan nisbatdir.[1] Tovarning o’zi esa ikki tomon-naflilik va qiymatning uzviy esa birligidan iboratdir.
SHu o’rinda aytish mumkinki, ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatining bir qismi bo’lib, miqdor jihatdan undan kamdir.
Tovar qiymatining miqdori ijtimoiy-zaruriy ish vaqti orqali hisoblab chiqiladi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va jadallashuvi darajasi o’rtacha bo’lgan sharoitida biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun bo’lgan ish vaqtidir.
Tovarning ikki xil xususiyatga ega bo’lishiga sabab tovar ishlab chiqaruvchi mehnati tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Bir tomondan, bu - muayyan turdagi aniq mehnatdir. Shuning uchun, iste‘mol qiymatni yaratgan mehnat aniq mehnat deb aytiladi. Ikkinchi tomondan, mehnat - aniq shakldan qat’iy nazar, umuman sarflangan inson ishchi kuchidir, jami ijtimoiy mehnatning bir qismidir va bu mehnat tovar qiymatini yaratadi.
Mehnatning ikki yoqlama xarakteridan kelib chiquvchi tovarning ikki xil xususiyatini chizmada tasvirlab ko’rsatish mumkin.



Aniq mehnat



Ijtimoiy nafligi



Ijtimoiy zaruriy naflik

↓ ↓ ↓

Mehnat





Tovar



Talabga mos miqdordagi tovar

↓ ↓ ↓

Abstrakt mehnat



Ijtimoiy qiymat



Ijtimoiy zaruriy mehnat

Tovar qiymatining miqdorini hisoblashda mehnatning oddiy va murakkab, malakali va malakasiz, aqliy yoki jismoniy turlari hisobga olinadi. Tovar qiymatining miqdorida mehnat yotadi.


Tovarlar qiymatining miqdori mehnat unumdorligiga qarab o’zgaradi.

Download 225.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling