Mustaqil ishi mavzu: korxona pul fondlarining shakllanishi va taqsimlanishi hisobi


Download 225.5 Kb.
bet8/8
Sana21.06.2023
Hajmi225.5 Kb.
#1645408
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu korxona pul fondlarining shakllanishi va taqsimlanishi

Pulning qiymat o’lchovi vazifasini ideal pul bajaradi, ya‘ni tovar egasi fikran ideal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan ifodalaydi. Tovarning narxi talab va taklif muvofiq qilgan taqdirdagina uning qiymatiga mos keladi. Tovarning narxi ularning qiymati, pulning qiymati, talab va taklifning nasbati kabi omillarga bog’liq bo’ladi.
Tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi. Tovarning almashuv qiymatini o’lchash uchun muayyan miqdordagina pul materialini birlik qilib olinadi. Bunday birlik narxlar o’lchovi (masshtabi) deb ataladi. Shuning uchun davlat pul birligi huquqini qonun bilan mustahkamlaydi, bu birlik shu tariqa rasmiy tan olinadi.
Tovar muomalasi jarayonida naqd pul bo’lishi kerak, chunki tovarlarni oldi-sotdi paytida ularning narxlari real pulga aylanadi. Tovarlar va xizmatlarni ayirbosh (oldi-sotdi) qilish jarayonida pul muomala vositasi vazifasini bajaradi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, tovar ayirboshlash, ishlab chiqarish va pulning kelib chiqishi hamda tovar-pul muomalasining rivojlanishi bozor va bozor iqtisodiyotining kelib chiqishiga sabab bo’ldi va bozorning rivojlanishiga shart-sharoit yaratib berdi. Tovarlar sotuvi natijasida olingan pul tushumlarining taqsimlanishi natijasida korxonalarda turli xo‘jalik subyektlari bilan o‘zaro moliyaviy munosabatlar yuzaga keladi. Bunday moliyaviy munosabatlar yaratilgan tovarlarning qiymati nuqtai nazaridan o‘zaro unda ishtirok etuvchilar o‘rtasidagi taqsimot munosabatlari yuzasidan sodir bo‘ladi. Xususan iqtisodiy nazariyada tovar bilan mahsulotning asosiy farqli jihatlari sotish uchun mo‘lljallangan mahsulotlargina tovar harakterini olishi va bundan tovarlar ijtimoiy harakter kasb etishini ta’kidlab utiladi. Shuning uchun ham har qanday ishlab chiqarilgan tovarlar, ularni sotib oluvchilar, mahsulot yetkazib beruvchilar, turli xil xizmat ko‘rsatuvchilar va davlat budjeti o‘rtasida qiymat taqsimot munosabatlari amalga oshiriladi. Buni quyidagi chizma asosida ko‘rib o‘tamiz.Har qanday pul munosabatlari ham moliyaviy munosabatlar hisoblanavermaydi. Masalan, bank kreditlarini olish va ularni qaytarish jarayoni, kreditorlik qarzlarni qaytarish jarayonidagi munosabatlarni moliyaviy munosabatlarga kirita olmaymiz. Moliyaviy munosabatlarning yagona o‘ziga hos belgilari, ularning yaratilgan qiymatni taqsimlash xususiyati bilan belgilanadi. Pul muomaladan chiqarilganda boylik to’plash vazifasini bajaradi. Natural xo’jalik sharoitida boylik to’plash, jamg’arish mahsulot jamg’arish shaklida amalga oshirilgan bo’lsa, tovar xo’jaligining rivojlanishi bilan pul jamg’arish ko’rinishida amal qiladi.
Pul alohida tovar bo’lib, boshqa barcha tovarlarning qiymatini ifodalaydigan uumiy ekvivalent sifatida xizmat qiladi. Bu tovar ham iste‘mol qiymatga va qiymatga egadir.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR:
1.Krasnoperova O. Byudjetniy uchet - Moskva: "GrossMedia Ferlag", 2008.
2.Kondrakov N.P., Kondrakov I.N. Buxgalterskiy uchet v byudjetnix organizatsiyax. -M.: Prospekt, 2006. 3.Ostonakulov M. Buxgalterskiy uchet v shkolax. -T.: TGEU, 2007.
4.Vaxobov A.V. Gosudarstvenniy byudjet - T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2007.
5.Qosimova G. Davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimi. O‘quv qo‘llanma. - T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2008.
Internet saytlari:
1.www.buh.uz
2.www.minfin.uz


Download 225.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling