Mustaqil ishi mavzu: korxona pul fondlarining shakllanishi va taqsimlanishi hisobi


-savol. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari


Download 225.5 Kb.
bet7/8
Sana21.06.2023
Hajmi225.5 Kb.
#1645408
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu korxona pul fondlarining shakllanishi va taqsimlanishi

4-savol. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari
Biron bir tovarning qiymati uni boshqa tovarga ayirboshlash orqali aniqlanadi (T-T). Bir qarashda ikki tovar bir-biriga ayirbosh qilinganda, ular bir xil rol o’ynaydigandek ko’rinadi. Aslida esa ularni roli esa turilichadir ya‘ni, bir tovar o’z qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa birinchi tovarning qiymatini o’zida ifodalab, ekvivalent rolini pul tovari bajara oladi. Qiymat shakllarini rivolanishi bosqichlari pulning paydo bo’lishida muhim rol o’ynagan. Qiymatning bir qancha shakllari amal qilgan.
1. Oddiy yoki tasodifiy;
2. To’la yoki kengaytirilgan;
3. Umumiy va pul shaklidir.
Oddiy hamda kengaytirilgan shakllarda umumiy o’lchov bosh sifatida tovarni tovarga almashtirish yoki bir tovar bir necha tovarga ayirbosh qilingan bo’lsa, keyinchalik umumiy ekvivalent rolini nodir metallar bajara boshlagan.
Nodir metallar, jumladan oltin bu vazifani bajarishining sabablari bor:
1. Sifat jihatdan bir xil o’lchamga keltirish mumkinligi;
2. Uzoq muddat saqlash mumkinligi;
3. O’zining tarkibiy tuzilishining o’zgartirmasligi;
4. Yumshoqligi, tez bo’linishi va yana yaxlit holga keltirish mumkinligi;
5. Bo’linganda ham o’z qiymatini saqlab qola olishi;
6. Tabiatda nisbatan kamyobligi;
7. Ozgina miqdordagi va og’irlikdagi nodir metallning qiymati ancha yuqoriligi.
Qiymat shakllarini rivojlanib, takomillashuvi natijasida barcha tovarlar uchun umuiy ekvivalent rolini o’ynovchi tovarlar ichidan maxsus tovar-pul ajralib chiqqan.
SHunday qilib, pul - bu umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi maxsus tovardir. Pul paydo bo’lgandan keyin tovarlar dunyosini ikkiga bo’lish mumkin bo’ldi. Bir tomondan, naflilikning ifodasi bo’lgan tovarlarga, ikkinchi tomondan, qiymatning moddiylashgan ifodasi bo’lgan pul tovariga ajraladi.


tovarlar
Tovarlar dunyosi
pullar
Pulning mohiyatini u bajaradigan asosiy vazifalardan ko’rish mumkin:
1. Qiymat o’lchovi;
2. Muomala vositasi;
3. Boylik to’plash vositasi;
4. To’lov vositasi.

Download 225.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling